1-MASHG’ULOT.
AVTOMOBIL TEXNIKASI UCHUN YOQILG'I-ENERGETIK RESURSLARI.
Amaliy mashg’ulotning rejasi:
1.
Respublikamizda neft va gaz zaxiralari
2.
Neft haqida umumiy ma’lumotlar
3.
Neft mahsulotlarini olinish usullari
4.
Nazorat uchun test savollari
Amaliy mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarning Respublikamizda neft va gaz
zaxiralari,neft haqida umumiy ma’lumotlar va neft mahsulotlarini olinish
usullaridoir nazariy bilimlarini mustahkamlash, , ko’nikma va malakalaini tarkib
toptirish.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Xozirgi kunda Respublikamizda yonilg`i va moylash materiallarining asosiy
manbai bo`lgan neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va neft kimyo sanoatini
rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda.
Doimiy o‘sib borayotgan avtomobilar sonini ko‘payishi atrof-muhitga va
inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, 1 ta
avtomobil 1 soatlik ish jarayonida 50-70m
3
chiqindi gazlarni hosil qiladi va ularning
tarkibida 200 dan ortiq zararli kimyoviy birikmalar mavjud (uglerod oksidi, azot
oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, ikki oksidli uglerod, oltingugurt gazi, qurum,
qo‘rg‘oshin birikmalari, benzopirin va hokazo.)
Olimlarning aniqlashicha, havoning ifloslantiruvchi moddalarning umumiy
miqdorini 55%i avtotransport vositalarining chiqin-dilariga to‘g‘ri kelib, uning
90%i esa CO gazidir. Avtomobillarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun
dvigatelning ish rejimini aniq tanlashni, ularda ishlatiladigan yonilg‘ va moylash
materiallaridan to‘gri foydalanish usullarini bilish kerak. Chunki, avtomobil
transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsu-lotlarining
sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog‘liq. Bundan tashqari
energiya ressurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib
kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam
harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg‘i, moylash
materiallari va maxsus suyuq-liklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi,
dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona
foydalanish haqidagi fan -
Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini
o‘qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon
beradi.Ma’lumki, neft va gaz faqat yoqilg’i energetika manbai sifatida emas, balki
kimyo sanoatining xom ashyosi sifatida ham juda katta ahamiyatga molikdir.
Chunonchi, tabiiy gaz va neft bilan birga chiqadigan yo’ldosh gazlardan etan,
etilen, polietilen, etil spirti, atsetilen, propan, propilen, polipropilen, qatlamik
massalar, butan, butilen, izobutan, butadiyen, sinetik kauchuk, benzol, atseton, turli
eritmalar: fenol, fenol formaldegid qatronlari, fenolformaldegid, qatlamifikatorlar,
sun’iy tolalar, oltinguturt, qorakuya va yana ko’plab mahsulotlar olinadi. Hozirgi
kunda gazlardan olinayotgan mahsulotlarning turlari kundan-kunga ortib bormoqda.
Gaz mahsulotlaridan olinayotgan mahsulotlar oyna va po’latning, jun va
ipakning, yog’och va donning o’rnini bosmokda. 1 tonna sintetik kauchuk olish
uchun 2 tonna etil spirti yoki 9 tonna don, yoki 22 tonna kartoshka, yoki 30 tonna
qand lavlagi kerak bo’ladi. Ushbu mahsulotlarni 5 tonna suyultirilgan gazdan ham
olish mumkin, uning tannarxi esa boshqa mahsulotdan olinganga nisbatan ancha
farq qiladi. Bunday qulaylik boshqa moddalar olishda ham kuzatiladi. Chunonchi,
ammiak olishda 1000m
3
gaz ishlatilganda 76 rubl, metanol olishda 95 rubl, atsitelen
olishda 20 rubl foyda keltirishi mumkin (1991 yilgacha bo’lgan ma’lumot). Gaz
kondensatlaridan ham xalq xo’jaligi uchun ko’plab foydali mahsulotlar (benzol,
toluol, ksilol), och rangli yoqilg’ilar (benzin, ligroin), sintetik kauchuk uchun
mahsulot (izobutan, izopropan) olinadi.
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega.
1870 - 1872 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 ga yaqin neft manbalari ma’lum edi.
Respublikamizda qazib olinayotgan neftning hajmi o’z-o’zini ta’minlash uchun
yetarli emas edi. O’tgan asrning saksoninchi yillarida o’rtacha 6,0 mln. tonnagacha
neft keltirilar edi.
Hozirgi kunda respublikamizda neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va neft
kimyo sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor beril-moqda. O‘zbekistonda neftni
qayta ishlash 1885 yildan boshlangan. Mustaqillikka erishilgandan beri
respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yonilg‘i
ta’minoti mustaqilligiga erishildi. Mustaqilligimiz yillarida respublikamizda neft
sanoatining rivojlanishini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin. O’zbekiston xududi
quyidagi 5 ta neft-gaz beruvchi regionlarga bo’linadi:
1.Qoraqalpog‘iston (Ust-Yurt); 2.Buxoro; 3.Janubiy–G’arbiy Hissor; 4.
Surxon-daryo vodiysi («Xovdach», «Uchqizil», «Kokayda», «Qoshg‘ar») ; 5.
Farg’ona vodiysi (Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Sho‘rsuv,
Chimyon). Ushbu regionlarda hozircha neft va gazni 187 koni ochilgan.
Ulardan 91 tasi – gaz va gaz-kondensat konlari bo’lib, qolgan 96 tasi – neft –
gazli, neftgazokondensatli va neft konlaridir. Ochilgan konlarning 47% i ishlab
chiqarishga joriy qilingan, 35% i – o’zlashtirish uchun tayyorlab qo’yilgan,
qolganlarida esa razvedka ishlari davom etayapti.
Respublikamiz hududida Oltiariq (1906)va Farg‘ona (1958) neftni qayta
ishlash zavodlari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1972), Sho‘rton gaz
kompleksi (oltin-gugurtdan tozalash qurilmalari bilan birga) (1980) va Buxoro
neftni qayta ishlash zavodi (1997) qurilib ishga tushirildi. Farg’ona va Olti-ariq
zavodlari – yoqilg’i-moy yo’nalishida bo’lib, qayta ishlash quvvatlari mos xolda
yiliga 5,5 va 3,2 mln. tonnani tashkil qiladi. Ushbu zavodlarda Markaziy Osiyo
regionida analogi yo’q neft mahsulotlarining keng assortimenti ishlab chiqariladi.
Neft mahsulotlari xalqaro standartlarga to’la mosdir. Хususan, chiqarilayotgan dizel
yoqilg’isi eksportga yo’naltirilgan mahsulotdir.
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi 2000 yilda gidrodesulfurlash qurilmasi
ishga tushirish bilan birga rekonstruksiya qilindi, polietilen olish bo’yicha
Markaziy-Osiyo regionidagi eng yirik korxona – yangi Sho’rton gaz kimyo
majmuasi (2001 y) qurib ishga tushirildi. Farg’ona NQIZ da boshqa davlatlarga
eksport qilinadigan moylarning yangi turlari bo’lmish nafaqat transmissiya, motor
moylari ham ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Buxoro NQIZ da xalqaro standartlarga javob beruvchi yuqori sifatli benzin,
dizel yoqilg’isi, aviakerosinlar ishlab chiqariladi.
O’zbekiston gaz sanoati yarim asrlik tarixga ega. Qizil-Qum cho’lidagi birinchi
Setalan-tepa gaz koni 1953 yilda ochilgan. 1962 yili Gazli gaz konini ishga
tushirilishi bilan Ural sanoat ob’ektlari va o’tmishdagi Sovet Ittifoqining Yevropa
qismini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Buxoro-Ural va o’rta Osiyo – markaz
transkontinental gaz o’tkazgich quvurlar yotqizildi.
2001 yilda Sho’rton gaz kimyo majmuasini ishga tushirish bilan nafaqat
O’zbekistonda, Markaziy Osiyo regionida ham yangi sohaga asos solindi. Bu yerda,
asosiy mahsulot – etilen bilan bir qatorda, kriogen texnologiyani ishlab chiqarishga
qo’llash hisobiga tabiiy gaz tarkibidan propan – butan fraksiyasi ajratib olindi.
Natijada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini respublikada 2 martadan ortiq
ko’paytirish imkonini berdi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ishlab turgan gazni
qayta ishlash zavodlarida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini
qo’llash asosida ham oshirildi. Respublikada neftni istiqbolli resurslari fondi uchun
76 ta, gaz uchun esa – 90 ta maydon kirgan.
Neft mahsulotlarining tarkibi asosan: 82÷87% uglerod C; 11,0÷ 14,5% vodorod H;
0,01 ÷ 5,0% oltingugurt S; 0,001 ÷ 1,8%kislorod O va azotdan iborat. Massa
bo‘yicha uglevodorodlarningumumiy miqdori 97÷98%ni tashkil
etadi.Uglevodorodlarning tarkibidagi uglerod miqdori C1(metan)dan C4 (butan)-
gacha bo‘lganlari atmosfera bosimida gaz holatdabo‘ladi. Uglevodorodlarning C5
dan C17 gachasi oddiy sharoitdasuyuq holda , C5 dan C9 gachasi kondensat va C10
dan C17 gachasineftning asosiy qismini tashkil etadi. Tarkibida C17 dan yuqori
bo‘lgan uglevodorodlar oddiy sharoitda qattiq holdagi moddabo‘ladi.Neft
mahsulotlari tarkibidagi barcha uglevodorodlarningkimyoviy strukturasi bo‘yicha
quyidagi 3 xil guruhga bo‘linadi:
1. Parafin uglevodorodlar.
2. Naften uglevodorodlar.
3. Aromatik uglevodorodlar.
Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborilishidanoldin plast suvlari
bilan mineral tuzlardan tozalanadi.Quduqlardan chiqayotgan neft o‘z tarkibida
erigan gazbilan birga har xil miqdorda qatlam suvi, mexanik moddalar
(
asosan qum
zarrachalari) ni ham birga olib chiqadi. Shuninguchun neftni NQIZ ga jo‘natishdan
oldin erigan gaz, suv vamexanik moddalardan tozalash kerak. Gazni neftdan ajratib
olishuchun gaz ajratgichlardan foydalaniladi. Gazni to‘liqroq ajratibolish uchun
ba’zan maxsus isitgichlardan ham foydalaniladi.Isitgichlardan o‘tgan neftning
harorati oshishi natijasida uningtarkibidagi erigan gaz hamda eng yengil
uglevodorodlar ajralibchiqadi va ajratib olingan gaz gazni qayta ishlash
zavodlariga(GQIZ) yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchiga jo‘natilishi mumkin.Erigan
gaz, suv va mexanik moddalardan tozalangan neft NQI3larida qayta ishlash uchun
qabul qilanadi.Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud.
Neftni qayta ishlashning fizikaviy usuli
Neftni haydash jarayoni, shu jumladan, eng yengil va tiniqneft mahsulotlarini
(benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi) olishjarayoni atmosfera bosimi ostida bajariladi.
Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past(oktan soni 40-50)
bo‘lgan benzin olinadi. Neftni haydab olinganbenzin miqdori xalq xo‘jaligining
o‘sib borayotgan ehtiyojlariniqondira olmaydi.Benzin miqdori va sifatini oshirish
maqsadida hozirgi vaqtdaqayta ishlashning ikkinchi usuli - kimyoviy usul
qo‘llaniladi.Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va
tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlarta’sirida o‘zgartirib,
yuqori sifatli benzinlar olinadi.
Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat:
1) Kreking (Parchalash);
2) Reforming (Sifatini yaxshilash).
Do'stlaringiz bilan baham: |