1-mashg’ulot. Avtomobil texnikasi uchun yoqilg'i-energetik resurslari. Amaliy mashg’ulotning rejasi



Download 224,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi224,12 Kb.
#497115
  1   2
Bog'liq
1-amaliyot



1-MASHG’ULOT.
AVTOMOBIL TEXNIKASI UCHUN YOQILG'I-ENERGETIK RESURSLARI. 
Amaliy mashg’ulotning rejasi: 
1.
Respublikamizda neft va gaz zaxiralari 
2.
Neft haqida umumiy ma’lumotlar 
3.
Neft mahsulotlarini olinish usullari 
4.
Nazorat uchun test savollari
Amaliy mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarning Respublikamizda neft va gaz 
zaxiralari,neft haqida umumiy ma’lumotlar va neft mahsulotlarini olinish 
usullaridoir nazariy bilimlarini mustahkamlash, , ko’nikma va malakalaini tarkib 
toptirish. 
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni: 
Xozirgi kunda Respublikamizda yonilg`i va moylash materiallarining asosiy 
manbai bo`lgan neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va neft kimyo sanoatini 
rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda.
Doimiy o‘sib borayotgan avtomobilar sonini ko‘payishi atrof-muhitga va 
inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, 1 ta 
avtomobil 1 soatlik ish jarayonida 50-70m
3
chiqindi gazlarni hosil qiladi va ularning 
tarkibida 200 dan ortiq zararli kimyoviy birikmalar mavjud (uglerod oksidi, azot 
oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, ikki oksidli uglerod, oltingugurt gazi, qurum, 
qo‘rg‘oshin birikmalari, benzopirin va hokazo.)
Olimlarning aniqlashicha, havoning ifloslantiruvchi moddalarning umumiy 
miqdorini 55%i avtotransport vositalarining chiqin-dilariga to‘g‘ri kelib, uning 
90%i esa CO gazidir. Avtomobillarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun 
dvigatelning ish rejimini aniq tanlashni, ularda ishlatiladigan yonilg‘ va moylash 
materiallaridan to‘gri foydalanish usullarini bilish kerak. Chunki, avtomobil 
transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsu-lotlarining 
sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog‘liq. Bundan tashqari 
energiya ressurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib 
kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam 
harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg‘i, moylash 
materiallari va maxsus suyuq-liklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, 
dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona 
foydalanish haqidagi fan -
Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini 
o‘qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon 
beradi.Ma’lumki, neft va gaz faqat yoqilg’i energetika manbai sifatida emas, balki 
kimyo sanoatining xom ashyosi sifatida ham juda katta ahamiyatga molikdir. 
Chunonchi, tabiiy gaz va neft bilan birga chiqadigan yo’ldosh gazlardan etan, 
etilen, polietilen, etil spirti, atsetilen, propan, propilen, polipropilen, qatlamik 
massalar, butan, butilen, izobutan, butadiyen, sinetik kauchuk, benzol, atseton, turli 


eritmalar: fenol, fenol formaldegid qatronlari, fenolformaldegid, qatlamifikatorlar, 
sun’iy tolalar, oltinguturt, qorakuya va yana ko’plab mahsulotlar olinadi. Hozirgi 
kunda gazlardan olinayotgan mahsulotlarning turlari kundan-kunga ortib bormoqda. 
Gaz mahsulotlaridan olinayotgan mahsulotlar oyna va po’latning, jun va 
ipakning, yog’och va donning o’rnini bosmokda. 1 tonna sintetik kauchuk olish 
uchun 2 tonna etil spirti yoki 9 tonna don, yoki 22 tonna kartoshka, yoki 30 tonna 
qand lavlagi kerak bo’ladi. Ushbu mahsulotlarni 5 tonna suyultirilgan gazdan ham 
olish mumkin, uning tannarxi esa boshqa mahsulotdan olinganga nisbatan ancha 
farq qiladi. Bunday qulaylik boshqa moddalar olishda ham kuzatiladi. Chunonchi, 
ammiak olishda 1000m
3
gaz ishlatilganda 76 rubl, metanol olishda 95 rubl, atsitelen 
olishda 20 rubl foyda keltirishi mumkin (1991 yilgacha bo’lgan ma’lumot). Gaz 
kondensatlaridan ham xalq xo’jaligi uchun ko’plab foydali mahsulotlar (benzol, 
toluol, ksilol), och rangli yoqilg’ilar (benzin, ligroin), sintetik kauchuk uchun 
mahsulot (izobutan, izopropan) olinadi. 
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. 
1870 - 1872 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 ga yaqin neft manbalari ma’lum edi. 
Respublikamizda qazib olinayotgan neftning hajmi o’z-o’zini ta’minlash uchun 
yetarli emas edi. O’tgan asrning saksoninchi yillarida o’rtacha 6,0 mln. tonnagacha 
neft keltirilar edi.
Hozirgi kunda respublikamizda neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va neft 
kimyo sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor beril-moqda. O‘zbekistonda neftni 
qayta ishlash 1885 yildan boshlangan. Mustaqillikka erishilgandan beri 
respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yonilg‘i 
ta’minoti mustaqilligiga erishildi. Mustaqilligimiz yillarida respublikamizda neft 
sanoatining rivojlanishini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin. O’zbekiston xududi 
quyidagi 5 ta neft-gaz beruvchi regionlarga bo’linadi: 
1.Qoraqalpog‘iston (Ust-Yurt); 2.Buxoro; 3.Janubiy–G’arbiy Hissor; 4. 
Surxon-daryo vodiysi («Xovdach», «Uchqizil», «Kokayda», «Qoshg‘ar») ; 5. 
Farg’ona vodiysi (Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Sho‘rsuv, 
Chimyon). Ushbu regionlarda hozircha neft va gazni 187 koni ochilgan.
Ulardan 91 tasi – gaz va gaz-kondensat konlari bo’lib, qolgan 96 tasi – neft – 
gazli, neftgazokondensatli va neft konlaridir. Ochilgan konlarning 47% i ishlab 
chiqarishga joriy qilingan, 35% i – o’zlashtirish uchun tayyorlab qo’yilgan, 
qolganlarida esa razvedka ishlari davom etayapti. 
Respublikamiz hududida Oltiariq (1906)va Farg‘ona (1958) neftni qayta 
ishlash zavodlari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1972), Sho‘rton gaz 
kompleksi (oltin-gugurtdan tozalash qurilmalari bilan birga) (1980) va Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodi (1997) qurilib ishga tushirildi. Farg’ona va Olti-ariq 
zavodlari – yoqilg’i-moy yo’nalishida bo’lib, qayta ishlash quvvatlari mos xolda 
yiliga 5,5 va 3,2 mln. tonnani tashkil qiladi. Ushbu zavodlarda Markaziy Osiyo 
regionida analogi yo’q neft mahsulotlarining keng assortimenti ishlab chiqariladi. 
Neft mahsulotlari xalqaro standartlarga to’la mosdir. Хususan, chiqarilayotgan dizel 
yoqilg’isi eksportga yo’naltirilgan mahsulotdir. 
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi 2000 yilda gidrodesulfurlash qurilmasi 
ishga tushirish bilan birga rekonstruksiya qilindi, polietilen olish bo’yicha 


Markaziy-Osiyo regionidagi eng yirik korxona – yangi Sho’rton gaz kimyo 
majmuasi (2001 y) qurib ishga tushirildi. Farg’ona NQIZ da boshqa davlatlarga 
eksport qilinadigan moylarning yangi turlari bo’lmish nafaqat transmissiya, motor 
moylari ham ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 
Buxoro NQIZ da xalqaro standartlarga javob beruvchi yuqori sifatli benzin, 
dizel yoqilg’isi, aviakerosinlar ishlab chiqariladi. 
O’zbekiston gaz sanoati yarim asrlik tarixga ega. Qizil-Qum cho’lidagi birinchi 
Setalan-tepa gaz koni 1953 yilda ochilgan. 1962 yili Gazli gaz konini ishga 
tushirilishi bilan Ural sanoat ob’ektlari va o’tmishdagi Sovet Ittifoqining Yevropa 
qismini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Buxoro-Ural va o’rta Osiyo – markaz 
transkontinental gaz o’tkazgich quvurlar yotqizildi. 
2001 yilda Sho’rton gaz kimyo majmuasini ishga tushirish bilan nafaqat 
O’zbekistonda, Markaziy Osiyo regionida ham yangi sohaga asos solindi. Bu yerda, 
asosiy mahsulot – etilen bilan bir qatorda, kriogen texnologiyani ishlab chiqarishga 
qo’llash hisobiga tabiiy gaz tarkibidan propan – butan fraksiyasi ajratib olindi. 
Natijada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini respublikada 2 martadan ortiq 
ko’paytirish imkonini berdi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ishlab turgan gazni 
qayta ishlash zavodlarida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini 
qo’llash asosida ham oshirildi. Respublikada neftni istiqbolli resurslari fondi uchun 
76 ta, gaz uchun esa – 90 ta maydon kirgan. 
Neft mahsulotlarining tarkibi asosan: 82÷87% uglerod C; 11,0÷ 14,5% vodorod H; 
0,01 ÷ 5,0% oltingugurt S; 0,001 ÷ 1,8%kislorod O va azotdan iborat. Massa 
bo‘yicha uglevodorodlarningumumiy miqdori 97÷98%ni tashkil 
etadi.Uglevodorodlarning tarkibidagi uglerod miqdori C1(metan)dan C4 (butan)-
gacha bo‘lganlari atmosfera bosimida gaz holatdabo‘ladi. Uglevodorodlarning C5 
dan C17 gachasi oddiy sharoitdasuyuq holda , C5 dan C9 gachasi kondensat va C10 
dan C17 gachasineftning asosiy qismini tashkil etadi. Tarkibida C17 dan yuqori 
bo‘lgan uglevodorodlar oddiy sharoitda qattiq holdagi moddabo‘ladi.Neft 
mahsulotlari tarkibidagi barcha uglevodorodlarningkimyoviy strukturasi bo‘yicha 
quyidagi 3 xil guruhga bo‘linadi: 
1. Parafin uglevodorodlar. 
2. Naften uglevodorodlar. 
3. Aromatik uglevodorodlar. 
Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborilishidanoldin plast suvlari 
bilan mineral tuzlardan tozalanadi.Quduqlardan chiqayotgan neft o‘z tarkibida 
erigan gazbilan birga har xil miqdorda qatlam suvi, mexanik moddalar
(
asosan qum 
zarrachalari) ni ham birga olib chiqadi. Shuninguchun neftni NQIZ ga jo‘natishdan 
oldin erigan gaz, suv vamexanik moddalardan tozalash kerak. Gazni neftdan ajratib 
olishuchun gaz ajratgichlardan foydalaniladi. Gazni to‘liqroq ajratibolish uchun 
ba’zan maxsus isitgichlardan ham foydalaniladi.Isitgichlardan o‘tgan neftning 
harorati oshishi natijasida uningtarkibidagi erigan gaz hamda eng yengil 
uglevodorodlar ajralibchiqadi va ajratib olingan gaz gazni qayta ishlash 
zavodlariga(GQIZ) yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchiga jo‘natilishi mumkin.Erigan 
gaz, suv va mexanik moddalardan tozalangan neft NQI3larida qayta ishlash uchun 
qabul qilanadi.Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. 


Neftni qayta ishlashning fizikaviy usuli 
Neftni haydash jarayoni, shu jumladan, eng yengil va tiniqneft mahsulotlarini 
(benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi) olishjarayoni atmosfera bosimi ostida bajariladi. 
Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli 
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past(oktan soni 40-50) 
bo‘lgan benzin olinadi. Neftni haydab olinganbenzin miqdori xalq xo‘jaligining 
o‘sib borayotgan ehtiyojlariniqondira olmaydi.Benzin miqdori va sifatini oshirish 
maqsadida hozirgi vaqtdaqayta ishlashning ikkinchi usuli - kimyoviy usul 
qo‘llaniladi.Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va 
tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlarta’sirida o‘zgartirib, 
yuqori sifatli benzinlar olinadi. 
Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat: 
1) Kreking (Parchalash); 
2) Reforming (Sifatini yaxshilash). 

Download 224,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish