Materiallar
(o’git)
|
|
Asosiy ishlab chiqarish (paxtachilik)
|
|
Dt Kt
|
|
Dt Kt
|
|
B.s.- 60000
|
|
|
B.s.- 25000
|
|
|
|
1) 50000
10000
2)
|
|
1) 50000
10000
2)
|
|
|
|
Oborot-40000
|
|
Oborot-40000
|
|
|
O.s.- 20000
|
|
|
O.s.- 65000
|
|
|
1- operatsiya noto’g’ri, xato yozilgan summa;
2- operatsiya «Qizil storno» usulida xato yozilgan summa o’chirildi;
3- operatsiya to’g’ri summani aks etgirilishi.
Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin xo‘jalik muomalasining summasi yozilishi kerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi.
-
Materiallar
(o’git)
|
|
Asosiy ishlab chiqarish (paxtachilik)
|
|
Dt Kt
|
|
Dt Kt
|
|
B.s.- 60000
|
|
|
B.s.- 25000
|
|
|
|
1) 30000
2) 10000
|
|
1) 30000
2) 10000
|
|
|
|
Oborot-40000
|
|
Oborot-40000
|
|
|
O.s.- 20000
|
|
|
O.s.- 65000
|
|
|
12-ma’ruza: BUXGALTERIYA HISOBINING SHAKLLARI VA ULARNING TAVSIFI
Reja:
1. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, jurnal-order, bosh jurnali.
2. Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan va soddalashtirilgan shakllarii.
Tayanch iboralar:
Buxgalteriya hisobining shakli, memorial-order shakli, jurnal-order shakli, bosh jurnal shakli, soddalashtirilgan shakl, avtomatlashtirilgan shakl, 1:C buxgalteriya shakli, afzalliklari, kamchiliklari.
1. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, jurnal-order, bosh jurnal shakllari.
Buxgalteriya hisobining shakli deb, hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishning rivojlanishi bilan buxgalterlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgarmoqda va kengaymoqda.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy shakllariga memorial-order, jurnal-order va avtomatlashtirilgan shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining mohiyati xo‘jalik muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib, buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar bosh buxgalter tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga memorial-orderni tuzishga asos bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi.
Alohida faktlarni ro‘yxatga olish uchun zarur qaydnomalar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hujjatlar guruhiga asosan ham tuzilishi mumkin.
№1-MEMORIAL-ORDER
Kassa muomalalari
2017 yil yanvar oyi
-
Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni)
|
Korrespodensiyalanuvchi schotlar
|
Summa
|
Debet
|
Kredit
|
2 yanvar uchun kassa hisoboti
|
5110
|
5010
|
120000
|
4 yanvar uchun kassa hisoboti
|
6710
|
5010
|
80500
|
.... va h.k.
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
200500
|
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida qayd qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |