1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja



Download 0,83 Mb.
bet33/63
Sana23.03.2022
Hajmi0,83 Mb.
#506807
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi bo\'yicha ma\'ruza materiallari

Kalkulyatsiya birligi deb, kalkulyatsiyalash obyektining o’lchoviga aytiladi. Tayyor mahsulot to’g’risida so’z yuritilganda, kalkulyatsiya birligi ishlab chiqarish rejalarida natural ifodasida yoki tegishli mahsulot turining standartida ko’rsatilgan o’lchov birligi bilan mos keladi.
Ayrim tarmoqlarda kalkulyatsiyalash obyekti va kalkulyatsiya birligi mos kelmasligi mumkin. Masalan, qayta ishlash sanoatida hisob birligi 1 kg mahsulot bo’lsa, kalkulyatsiya birligi esa 1 t yoki 1 s mahsulot bo’lishi mumkin.
Bir xildagi oraliq mahsulotlarni kalkulyatsiyalashda shartli yiriklashtirilgan kalkulyatsiya birliklari (100 juft poyafzal, 1000 shartli banka va sh.o’.) qo’llaniladi.
Yiriklashtirilgan kalkulyatsiya birliklarini qo’llash reja va hisobot kalkulyatsiyalarini tuzishda analitik ishlar hajmini keskin kamaytiradi.
Yakuniy mahsulotning muayyan turlarini kalkulsiyalash uchun natural birliklar qo’llaniladi. Boshqa kalkulyatsiya birliklari ham ishlatiladi.
Joriy xarajatlarni guruhlash elementlar va kalkulyatsiya moddalari bo’yicha amalga oshiriladi.
Xarajatlarni elementlar bo’yicha guruhlash zarurati korxona tomonidan hisobot davrida nima va qancha sarflandi degan savolga javob beradigan axborotlarni olish zaruratidan kelib chiqadi.
«Xarajatlar tarkibi .... to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bo’yicha guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilgan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati.

Xarajatlarni elementlar bo’yicha guruhlash xalq xo’jaligini rejalashtirishda qo’llaniladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va uni tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlarni elementlar bo’yicha guruhlash ahamiyati xalq xo’jaligi darajasida o’z ahamiyatini biroz yo’qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida uning hisobot davrida butun ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning alohida turlari bo’yicha qancha sarflanganligini aniqlashga imkon yaratadi. Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida korxona va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyati ustidan muayyan mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki xizmat turlarini bajarish bo’yicha kundalik nazorat o’rnatish qiyin. Bu masala xarajatlarni moddalar bo’yicha guruhlash yordamida hal yetiladi.
Buning uchun tarmoqlar va ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda xarajat moddalarining namunaviy ro’yxati ishlab chiqilib, yagona uslubiy yondoshuv ta’minlanadi.
Xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi xarajat elementlari deyiladi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat elementlariga bo’linadi:

  1. Moddiy xarajatlar.

  2. Mehnat haqi xarajatlari.

  3. Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar.

  4. Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi (amortizatsiyasi).

  5. Boshqa xarajatlar.

Xarajatlarni turlariga ko’ra guruhlanishi xarajat moddalari deyiladi.
Dehqonchilik tarmog’idagi xarajatlar quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo’yicha hisobga olinadi:

  1. Mehnat haqi ajratmalari bilan birga.

  2. O’g’itlar.

  3. Asosiy vositalar amortizatsiyasi.

  4. Urug’lik va ko’chat materiallari.

  5. Ish va xizmatlar.

  6. Yoqilg’i va moylash materiallari.

  7. Sug’urta to’lovlari.

  8. Umum ishlab chiqarish xarajatlari.

  9. Boshqa xarajatlar.

Chorvachilik tarmog’i bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi 8 ta xarajat moddalari bo’yicha guruhlanadi:
1. Mehnat haqi ajratmalari bilan birga.
2. Yem-xashak
3. Asosiy vositalar eskirishi.
4. Ish va xizmatlar.
5. Yoqilg’i-moylash materiallari.
6. Sug’urta to’lovlari.
7. Umum ishlab chiqarish xarajatlari.
8. Boshqa xarajatlar.
Tarmoq va ishlab chiqarish xususiyatlariga ko’ra xarajat moddalarining namunaviy ro’yxati o’zgarishi mumkin. Bu alohida korxonalarning xarajatlarini solishtirish, buxgalteriya hisobi uslubiyatini soddalashtirishga imkon yaratadi.
«Xarajatlar tarkibi ... to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq korxona qaysi xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, qaysilarini kiritmaslik kerakligini aniqlaydi. Ushbu nizomga muvofiq korxona quyidagi toifa xarajatlarni mahsulot tannarxiga to’liq hajmda kiritadi:

  • bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

  • bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

  • boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish