7-ma’ruza: AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNI INVENTARIZATSIYA QILISH
Reja:
1. Inventarizatsiya haqida tushuncha va uning turlari
2. Inventarizatsiyani o’tkazish, natijalarini aniqlash va rasmiylashtirish tartibi
Tayanch iboralar:
Inventarizatsiya, inventarizasiya turlari, rejali inventarizasiya, rejadan tashqari inventarizasiya, moddiy javobgar shaxs, 19-BHMA.
1. Inventarizatsiya haqida tushuncha va uning turlari
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning 16-moddasi “Aktivlar va majburiyatlarni inventarizasiya qilish”ga muvofiq “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizasiyadan o’tkazish orqali tasdiqlanadi. Inventarizasiya obyektlari, uni o’tkazish tartibi va muddatlari inventarizasiya bo’yicha buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi”.
Buxgalteriya hisobining oldiga qo’yiladigan muhim talablardan biri uning ko’rsatkichlarining realliga (to’g’riligi)ni ta’minlashdir. Bu talabga javob berganda buxgalteriya hisobining ma’lumotlarn haqikatga to’la -to’kis muvofiq bo’ladi.
Hisob ma’lumotlari ba’zilarda haqiqatga to’g’ri kelavermaydi. Bu quyidagi sabablar bilan sodir bo’lishi mumkin:
Tabiiy sabablar - materiallarning og’irligi yoki sifati, havoning harorati yoki namligining o’zgarishi, kemiruvchi hashoratlar, mikroblar va boshqalar tomonidan buzilishi, ularni saklash, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish paytida zurish, parlanish, to’kilish va shu kabilar natijasida ko’rilgan yo’qotishlardan iborat;
Moddiy qiymatliklarni qabul kilish yoki berishdagi noaniqliklar kam o’lchash, xato hisoblash, kam tortish natijasida mablag’ning boshqa miqdori yoki sifati (hajm, nav)ni hayd etilishidir. Moddiy boyliklarning bir navini (sifatini) boshqasi bilan aralashish xillarni almashtirish (peresortisa) deb nomlanadi;
Hisobdaga xatolar - dastlabki hujjatlardaga xato yozuvlar, hisoblab chiqishdagi arifmetik xatolar, schyotlarda hujjat ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va shu kabilardan iborat;
Suiste’molliklar - o’g’riliklar, kam tortish yoki kam o’lchash, pullar va boshqalarni berishdagi kam hisoblash hamda mablag’larni to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirib olishdan iborat.
Haqiqiy qoldiqlarni inventarizatsiya (inventarizatsiya) qilish deb nomlanadigan maxsus ro’yxatga olish yo’li bilan aniqlanadi.
Inventarizatsiya o’tkazish tartibi 19-BHMA «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» bilan belgilanadi.
Inventarizatsiya - bu xo’jalik aktivlari va majburiyatlarini haqiqatda mavjudligini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash jarayoniga aytiladi. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usulining elementlaridan biridir.
Shunday qilib, inventarizatsiya qilish hujjatlashtirishning majburiy qo’shimchasidir. Faqat shu usullarning har ikkalasi - hujjatlashtirish va inventarizatsiya qilishning yordamidagina barcha xo’jalik hodisalari to’la-to’kis aks ettirilishi ta’minlanadi.
Mablag’larni to’la qamrab olishligiga qarab inventarizatsiya qilish ikki turga, ya’ni to’la va qisman inventarizatsiya qilishga bo’linadi.
To’la inventarizatsiya qilish beistisno barcha xo’jalik mablag’larini o’z ichiga oladi. U qoidaga ko’ra, yillik hisobotdan oldin, keyingi yilning 1 yanvaridagi holatda tuziladi. Lekin uning juda murakkabligi va ko’p mehnat talabligi tufayli mablag’larning ayrim turlarining inventarizatsiyasini oldinroq o’tkazsa ham bo’laveradi. Misol uchun, asosiy vositalarni 1 noyabrdan, kapital sarflarni 1 dekabrdan, tovarlar, tayer mahsulot, ishlab chnqarish zahiralarini 1 oktyabrdan oldin emas va hokazo.
Qisman inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining biror turini o’z ichiga oladi, Misol uchun, faqat materiallarni yoki faqat mol yetkazib beruvchilar bilan hisob - kitoblarni. Ular to’la inventarizatsiyadan tashqari, yil davomida bir necha marta hisob ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash, o’g’riliklarga va talofatlarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida o’tkazilishi kerak.
19-BHMAga ko’ra, hisobot yilida o’tkaziladigan inventarizatsiyalar soni, ularni o’tkazish sanasi, ularning har birida tekshiriladigan mulklar va majburiyatlar ro’yxati, inventarizatsiya o’tkazish majburiy bo’lmagan boshqa hollarda, fermer xo’jaliklarining o’zi tomonidan belgilanadi. Inventarizatsiya o’tkazish quyidagi hollarda majburiydir: fermer xo’jaliklari mulki ijaraga berilganda; sotilganda; moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda (ishlarnn qabul qilish-topshirish kuniga); o’g’irliklar va suiste’molliklar hamda qimmatliklarning buzilishi holatlari aniqlanganda; yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin. Imoratlar, inshootlar va boshqa harakatsiz vositalarning inventarizatsiyasi har ikki-uch yilda bir marta, kutubxona obyektlariniki esa besh yilda bir marta o’tkazilishi mumkin.
Asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, tayyor mahsulot va shu kabilarning inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta o’tkazilishi kerak (to’la inventarizatsiya o’tkazilganda). Boshqa mablag’larning inventarizatsiyasini tez - tez o’tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, debitor va kreditorlar bilan hisob -kitobning inventarizatsiyasi bir yilda kamida ikki marta, byudjetga to’lovlar bo’yicha hisob - kitobni har chorakda kamida bir marta, pul mablag’larini har oyda bir marta, banklar bilan hisob - kitobni har oyning birinchi kuniga o’tkazish lozim.
Inventarizatsiya o’tkazish o’zining harakteriga ko’ra rejali va to’satdan (rejadan tashqari) o’tkaziladigan inventarizatsiyaga bo’linadi.
Rejali inventarizatsiya, uning maqsadga muvofiqligi va yaxshiroq o’tkazilishidan kelib chiqqan holda, oldindan belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. To’satdan (rejadan tashqari)o’tkaziladigan inventarizatsiya fermer xo’jaliklari rahbarining farmoyishi bilan bilan tabiiy ofatlar (o’t ketishi, suv toshqini)lardan keyin hamda moddiy javobgar shaxslar almashganida o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |