1. Aferezis – keyingi so`z boshidagi unlinking tushirilishi: ne uchun→nechun.
2. Apokopa – so‘z oxiridagi tovushning tushirib qoldirilishi: do‘st →do‘s, farzand →farzan, Toshkent →Toshken, Samarqand →Samarqan.
3. Eliziya – unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlanadigan so‘zning qo‘shilishi natijasida birinchi so‘z oxiridagi unlining tishishi: yoza oldi →yozoldi, bora oldi →boroldi kabi.
4. Epenteza – so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi: sinf→sinif, fikr →fikir, aql →aqil kabilar.
5. Epiteza – so‘z oxirida tovush orttirilishi: otpusk→ otpuska, kiosk →kioska, tank →tanka kabi.
6. Geminatsiya – so`zdagi bir undoshning ikkilantirilishi: maza→mazza, achi+q→acchiq, isi+q→issiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |