3. Dissimilyatsiya (ingl. dissimilation - noo‘xshashlik deganidir) hodisasiga ko‘ra ikkita aynan yoki qisman bir xil fonemadan biri o‘zgarib, noo‘xshash fonemaga aylanadi: zarur→zaril, mabodo→nabodo, bebosh→bevosh (yozilishi: zarur, mabodo, bebosh).
Dissimilyatsiya ham o`zgarishning yo`nalishiga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv dissimilyatsiyada keyingi tovush o`zgarishga uchraydi: birorta → bironta; b) regressiv dissimilyatsiyada oldingi tovush o`zgarishga uchraydi: to`qson → to`xson.
4. Metateza (ingl. metathesis – o`rin almashish deganidir36) hodisasiga ko‘ra so‘z tarkibidagi tovushlar o‘rin almashadi: daryo→dayro, ahvol→avhol, tuproq→turpoq, yomg‘ir→yong‘ir (yozilishi: daryo, ahvol, tuproq, yomg‘ir)
2.Pozitsion o‘zgarishlar
So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rniga ko‘ra o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishlar deyiladi. Bunga quyidagi hodisalar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |