2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1) hozirgi zamon davom fe’li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).
2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz.
3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi.
3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar.
2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |