Temir yo‘l transporti. Ushbu transport turi ommaviy tashishlar uchun qulay, iqlimiy sharoitlar va yil fasllaridan qat’i nazar kechayu-kunduz birday ishlaydi. Temir yo‘llarning tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishdagi o‘rni katta. Yuk aylanishi bo‘yicha temir yo‘l transportiga mamlakatdagi barcha yuk aylanmasining 55% dan ortiqrog‘i to‘g‘ri keladi. Respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalaridagi o‘rni katta bo‘lib, eksport-import yuklarini tashishning 80% dan ortiqrog‘i temir yo‘llar orqali bajariladi.
Temir yo‘llar neft va neft mahsulotlarini, ko‘mir, qora va rangli metallar, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar, paxta tolasi, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoat qurilishi va boshqa ommaviy yuklarni tashishda muhim o‘rin egallaydi. Transport turlarining yuk va yo‘lovchilarni tashishda respublikada tutgan o‘rni quyidagi jadv.2.1 da keltirilgan.
Jadval 2.1
O‘zbekistonda yuk tashish ko‘rsatkichlarining transport turlari bo‘yicha taqsimlanishi
Tartib
№
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2005 yil ko‘rstakichlari
|
Transport turlari bo‘yicha taqsimlanishi,%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Jami tashiladigan yuklar mingtonna hisobida, shu jumladan:
temir yo‘l transporti
havo yo‘llari
quvur (tranzitsiz)
avtomobil transporti
|
715806
45800
5,7
71500
668500
|
100
0,06
0,001
0,01
0,93
|
2
|
Jami yuk aylanmasi, milliard tonna-kilometr,
shu jumladan:
temir yo‘l transporti
havo yo‘llari
quvur transporti
avtomobil transporti
|
32,5
18,1
0,1
0,2
14,1
|
100
55,69
0,31
0,61
43,39
|
3
|
Jami tashilgan yo‘lovchilar, mln kishi hisobida,
shu jumladan:
temir yo‘l transporti
havo yo‘llari
avtomobil transporti
|
3846
15,1
0,9
3830,0
|
100
0,39
0,02
99,59
|
4
|
Jami yo‘lovchilar aylanmasi, mln yo‘lovchi-kilometr hisobida,
shu jumladan:
temir yo‘l transporti
havo yo‘llari
avtomobil transporti
|
46600
2600
4600
39400
|
100
5,58
9,87
84,55
|
Temir yo‘llarda tashish tannarxi arzon bo‘lib, avtomobil transportiga nisbatan 3-5 barobar, havo transportiga nisbatan 12-15 barobar kam. Temir yo‘llarda mehnat sarfi avtomobil va havo yo‘llariga nisbatan ancha kam, ammo temir yo‘llarni qurish bilan bog‘liq boshlang‘ich kapital harajatlari yuqori, metall sarfi katta, harakat miqdrlariga bog‘liq bo‘lmagan sarf-xarajatlar (binolar va inshootlarni ta’mirlash, xodimlar ta’minoti va boshqalar) miqdori katta.
Yuklarni temir yo‘llar orqali uzoq masofalarga tashish iqtisodiy tomondan qisqa masofalarga tashishdan ko‘ra afzal bo‘lib, tashishning boshlang‘ich va manzil oxiridagi jarayonlari ulushi katta. Temir yo‘llarning boshqa transport turlariga nisbatan atrof-muhitga, ekologik holatga salbiy ta’siri va tashish jarayonining energetik sarflari kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |