1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatishni joyi va axamiyati. Asosiy atamalar va tushunchalar



Download 126,5 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi126,5 Kb.
#390368
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza


1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatishni joyi va axamiyati. Asosiy atamalar va tushunchalar
1.1. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatishni joyi va axamiyati.
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari bilan bog'liq bo'lgan aloqa muhandislari faqat telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini qanday ishlashini bilishdan tashqari shuningdek telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari ishga layoqatsiz bo'lib qolgan holatda nimalar qilish kerakligini bilishi kerak.

Buning uchun muhandis ishga layoqatsiz holat paydo bo'lishini aniqlashi va uni oldini olish bo'yicha yaxshi tayyorgarlikga ega bo'lishi zarur.

Telekommunikatsiya tizimlarida raqamli tizimlar keng tarqalmoqda, ular quyidagilardan iborat:

1. Tarmoq elementlari (uzatish tizimlari SDH (Synchronous Digital Hierarchy - Sinxron raqamli ierarxiya), raqamli avtomatik telefon stansiyalar (ATS), qabul qilish serverlari, marshrutizatorlar, terminal jihozlari va h.k);

2. Tarmoq funksiyasini qo'llab-quvvatlash tizimlari (tarmoqni boshqarish, trafik nazorati va h.k);

3. Biznes jarayonlarni qo'llab-quvvatlash tizimlari va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari (billing tizimlari).

Raqamli tizimlarni texnik ekspluatatsiyaga topshirishning asosiy maqsadi ular o'z funksiyalarini sifatli bajarishdan iborat. Zamonaviy raqamli tizimlarni tuzish uchun, KIS, EKIS va MPTga asoslangan element baza ishlatiladi, ular raqamli tizimlarning samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini beradi – unumdorligini va ishonchliligini oshiradi, tizimlarning funksiyalarini kengaytiradi. Shu bilan bir vaqtda zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarida KIS, EKIS va MPTlardan keng foydalanishga o'tishda, afzalliklar bilan birgalikda birinchi navbatda nazorat va diagnostika jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan, ularga ekspluatatsiya jarayonida xizmat ko'rsatishda bir qator jiddiy muammolarni yaratdi. Bu muammolar ekspluatatsiyaga topshirilgan raqamli tizimlar soni va murakkabligi malakali xizmat ko'rsatuvchi xodimlar sonidan tezroq ko'paymoqda. Ixtiyoriy raqamli tizim ishonchliligi chekli bo'lganligi sababli, unda rad etishlar paydo bo'lishida ularni tez topish, qidirish, nosozliklarni bartaraf etish va ishonchlilikning berilgan ko'rsatkichlarini tiklash zaruriyati paydo bo'ladi. Texnik diagnostikaning an'anaviy usullari yuqori malakali xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bo'lishini yoki murakkab diagnostik ta'minot mavjudligini talab etish alohida ahamiyatga egadir. Raqamli tizimlarning umumiy ishonchliligini o'sishi bilan rad etishlar soni va nosozliklarni topish, bartaraf etish, operator aralashuvi kamayishini ko'rsatib o'tish lozim. Boshqa tomondan, raqamli tizimlarning ishonchliligi o'sishi bilan birgalikda xizmat ko'rsatuvchi xodimlarda nosozliklarni bartaraf etish ko'nikmalari ma'lum darajada yo'qolish tendensiyasi kuzatilmoqda. Raqamli tizim ishonchliligining o'sishi bilan nosozliklarni topish aniqligi va tezligi kamaymoqda, chunki xizmat ko'rsatuvchi xodimlar yuqori murakkablikdagi raqamli tizimlar nosozliklarini topish va lokalizatsiyalash tajribasiga juda sekin erishmoqdalar.

Umuman, rad etishlar paydo bo'lgan tizimlarni tiklashga sarflangan vaqtning 70-80 % ishdan chiqqan elementlarni qidirish va lokalizatsiyalash vaqtiga sarflangan texnik diagnostika o'tkazish vaqtidan iborat bo'ladi. Ekspluatatsiya amaliyoti shuni ko'rsatadiki, shu kunda muhandislar raqamli tizimlarni texnik ekspluatatsiya masalalarini talab etilgan darajada yechimini topishga har doim ham tayyor emaslar. Shuning uchun ham raqamli tizimlar murakkabligining o'sishi va ular o'z funksiyalarini sifatli bajarilishini ta'minlash muhimliligi, ularni texnik ekspluatatsiyasini ilmiy asoslarda tashkil etishni talab etmoqda. Bunda raqamli tizimlarni texnik ekspluatatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan muhandislar, faqat raqamli tizim ishlashini emas, balki tizim ishlamaslik holatini va ishga yaroqsiz holati paydo bo'lishini ham bilishlari lozim.

Raqamli tizimlarni ishlashga yuqori darajada tayyorligini ta'minlovchi asosiy omil, nosozliklarni tezkor qidirish va lokalizatsiyalash imkonini beruvchi diagnostika vositalarining mavjudligidir. Buning uchun, nosozliklar va ishga yaroqsiz holatlarni aniqlash, oldini olish bo'yicha muhandislar yaxshi tayyorgarlikga ega bo'lishlari lozim, ya'ni texnik diagnostika maqsadi, bajaradigan vazifalari, tamoyillari, usullari va vositalari bilan tanishgan bo'lishi kerak. Muhandislar ularni tanlash, qo'llash va ekspluatatsiya sharoitlarida samarali foydalana bilishi kerak [3,11].

Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarida diagnostika holatiga ega bo'lgan raqamli tizimlarning ekspluatatsiya texnik xarakteristikalarini yaxshilashning samarali usullaridan biri, ularni ekspluatatsiya qilishda texnik diagnostika qilish, nazorat vositalari va usullaridan foydalanishdir. Texnik diagnostika qilish, tizimlarning soz va nosoz holatlarini belgilangan aniqlik bilan ajratib borish imkoniyatini yaratadigan bilimlar sohasidan iborat bo'lib, undan maqsad, nosozliklarni lokalizatsiyalash va tizimni soz holatini tiklashdan iboratdir. Tizimli yondoshish nuqtai-nazaridan nazorat va texnik diagnostika qilish vositalarini texnik hizmat ko'rsatish, ta'mirlash tizim qismlarining tarkibiy qismi sifatida, ya'ni texnik ekspluatatsiya qilish tizimi sifatida qabul qilish mumkin.




Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish