Tuzuklik holati - ob’ektning, u me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik (loyiha) xujjatlarining barcha talablariga muvofiq keladigan holati.
Nuqsonli xolat - ob’ektning me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik (loyiha) xujjatlarini hattoki bir talabiga muvofiq kelmaydigan holati.
Ishga yaroqlilik holati - berilgan vazifalarning bajarilish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametr qiymatlari, me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik (loyiha) hujjatlari talablariga muvofiq keladigan paytdagi ob’ekt holati.
Ishga yaroqsizlik holati - berilgan vazifalarning bajarilish qobiliyatini tavsiflovchi, hattoki bir parametr qiymatini me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik (loyiha) xujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan paytdagi ob’ekt holati.
Chegaraviy holat - ob’ektning undan bundan keyin foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan, yoxud uning ishga yaroqlilik qobiliyatini tiklash mumkin bo‘lmagan va yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan xolati.
Chegaraviy holat mezoni - konstruktorlik (loyiha) xujjatlarida belgilangan ob’ektning chegaraviy holati belgisi yoki belgilar yig‘indisi.
Tayyorgarlik - berilgan vaqt mobaynida yoki berilgan vaqt oralig‘idagi vaqtning istalgan onida ob’ektning xar qanday talab etilgan vazifani bajara olish xolati, bunda tashkil resurslar zarur bo‘lsa, ular ta’minlanadi deb faraz qilinadi.
Tayyorgarlik koeffitsienti (TK) - ob’ektning, uni mo‘ljallanishi bo‘yicha qo‘llash ko‘zda tutilmaydigan, rejalashtiriladigan davrlardan tashqari ihtiyoriy vaqt onida ishga yaroqli xolatda bo‘lish ehtimolligi.
Buzilmaslik - ob’ektning muayyan vaqt yoki ishlash muddati mobaynida ishga yaroqlilik holatini to‘xtovsiz saqlash xususiyati.
Ta’mirga yaroqlilik - ob’ektning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘li bilan ishga yaroqliliq xolatini saqlab turish va tiklashga moslashganlikda ifodalanuvchi xossasi.
Shikastlanish - ishga yaroqlilik xolatini saqlagan xolda ob’ektning sozlik xolati buzilishidan iborat xodisasi.
To‘xtab qolish - operatorning muhim bo‘lmagan aralashuvi bilan bartaraf etiluvchi o‘zini - o‘zi bartaraf etuvchi rad etish yoki bir martalik rad etish.
Buzilish - ob’ektning ishga yaroqligidagi buzilishdan iborat bo‘lgan hodisa.
Kritikbuzilish - xodimlar uchun xavfli deb yoki katta miqdorda moddiy zarar etkazishi mumkin deb hisoblanadigan rad etish.
Asta-sekin buzilish - oldingi tekshiruv yoki nazoratda tahmin qilinishi mumkin bo‘lgan, ob’ektning berilgan tavsiflarining vaqt o‘tishi davomida asta-sekin o‘zgarishi natijasidagi rad etish.
To‘satdan buzilish - oldingi tekshiruv yoki nazoratda ro‘y berishi taxmin qilinmagan rad etish.
To‘liq buzilish - ob’ektni to‘liq ishga yaroqsizlik xolatiga olib keluvchi to‘satdan rad etish.
Buzilishmezoni - me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik (loyiha) xujjatlarida belgilangan, ob’ektning ishga yaroqsiz xolati belgisi yoki belgilar yig‘indisi.
Buzilish joyini izlash - maxsulotning ishga yaroqsiz xolatini keltirib chiqargan rad etilgan maxsulot qismini aniqlash.
Ishlash muddati - ob’ekt ishining davomiyligi yoki hajmi.
Buzilishgacha ishlash muddati - ob’ektdan foydalanishdan boshlab birinchi rad etishgacha ishlash muddati.
Buzilishlarning jadalligi - vaqt birligi (soat) ichidagi o‘rtacha buzilishlar soni.
To‘liq ishga yaroqsizlik, ishlashga to‘sqinlik qiluvchi shikastlanish - ob’ektning barcha talab etilgan vazifalarni bajarishga to‘liq yaroqsizligi bilan tavsiflanadigan ishga yaroqsizligi.
Tiklanish - ishga yaroqsizlik bartaraf etilgandan so‘ng ob’ektning talab qilingan vazifani bajara olish qobiliyati tiklanishidan iborat xodisa.
Ishga yaroqlilikiing tiklanish vaqti - faol ta’mirlash vaqtining ishga yaroqlilikni tiklash amalga oshiriladigan qismi.
O‘rtacha tiklanish vaqti - ishga yaroqlilik xolatini tiklash vaqtining matematik kutilmasi.
Texnik holatning nazorati - maxsulot texnik holatining turini aniqlash.
Texnik ko‘rik - asosan sezgi a’zolari, hamda zarurat tug‘ilganda nomenklatura ro‘yxati tegishli hujjatlarda belgilangan nazorat vositalari yordamida amalga oshiriladigan nazorat.
Texnik nazorat - ob’ektning belgilangan texnik talablarga mosligini tekshirish.