1.2. Asosiy atamalar va tushunchalar
Texnik ekspluatatsiyaning asosiy tushunchalari va atamalarini ko‘rib chiqamiz [51].
Texnik ekspluatatsiya ob’ekti - telekommunikatsiya tarmoqlarining elementlari va qismlari.
Ekspluatatsiya - tashqi shartlar o‘zgarishiga moslashish zaruratini hisobga olgan holda ob’ekt talab etilgan vazifalarni bajara olishi uchun mo‘ljallangan barcha texnik va tegishli ma’muriy amallar kombinatsiyasi.
Texnik ekspluatatsiya tizimi - uslublar, algoritmlar, texnik vositalar majmui, telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqarilishini ta’minlovchi foydalanish xodimlarining yig‘indisi.
Ekspluatatsion nazorat - maxsulotdan foydalanish vaqtida amalga oshiriladigan nazorat.
Texnik ekspluatatsiya - barcha texnik va tegishli ma’muriy amallar, shu jumladan ob’ektning, u talab qilingan vazifani bajara oladigan xolatini saqlab turish yoki tiklash maqsadida xolatini kuzatishlar majmui.
Texnik ekspluatatsiya imkoniyati - agar texnik foydalanish belgilangan vositalar va tadbirlarga rioya qilingan xolda amalga oshirilganda, elementning, unga xizmat ko‘rsatilishiga yoki u talab qilingan vazifani bajara olishi mumkin bo‘lgan xolatining tiklanishiga layoqati.
Texnik ekspluatatsiyani tashkil qilish - berilgan shartlarda texnik foydalanish talablari bo‘yicha tashkil etish va berilgan texnik foydalanish siyosatiga muvofiq xolda mazkur element uchun zarur bo‘lgan vositalarni taqdim etish imkoniyati.
Texnik ekspluatatsiyani tekshirish - birlikdan texnik foydalanish tavsiflariga qo‘yilgan maqsadlarga erishilganmi yoki erishilmaganligini aniqlash uchun mo‘ljallangan tadbir.
Texnik ekspluatatsiyani tajribaviy tekshirish - muvofiqlik sinovi ko‘rinishida o‘tkaziladigan texnik foydalanishni tekshirish.
Texnik ekspluatatsiya modeli - istiqbolni belgilash, birlikga tegishli texnik foydalanish tavsiflarni baxolash uchun yoki shunga o‘xshash maqsadlarga xizmat qiluvchi matematik model.
Texnik ekspluatatsiya istiqbolini belgilash - berilgan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishning shartlarida uning kichik birliklari ishonchliligi va texnik foydalanish tavsiflari extimoli bo‘lgan raqamli qiymatlarini aniqlash.
Texnik ekspluatatsiya dasturi - texnik ekspluatatsiya tavsiflari uchun mo‘ljallangan maqsadlarga bu birliklarda erishilganligiga va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishni engillashganligiga ishonch xosil qilish uchun mo‘ljallangan birliklarning xayoti davomidagi insoniy va moddiy resurslar, usullar, vazifalar va javobgarliklarni o‘z ichiga oluvchi to‘liq reja.
Texnik ekspluatatsiyaning ta’minlanganligi - muayyan texnik foydalanish tizim doirasida buyurtma bo‘yicha ob’ektdan texnik foydalanish uchun talab etiladigan resurslarni ta’minlash qobiliyati.
Normal ekspluatatsiya davri - berilgan vaqt onida boshlanadigan va rad etishlar jadalligi maqbul bo‘lmay qolgan yoki rad etish natijasida ob’ekt ta’mirga layoqatsiz deb xisoblangan onda tugallanadigan davr.
Texnik xizmat ko‘rsatish markazi - shikastlanishlar to‘g‘risidagi bildirishnoma ro‘yhatga olinadigan va bu shikastlanishlarni bartaraf etish uchun chora ko‘riladigan texnik foydalanish tizimidagi bo‘linma.
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiya - ma’lum maqsadda o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajariladigan elementar operatsiyalarning ketma-ketligi.
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elementar operatsiya - ma’lum aralashuv darajasida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni ajratish mumkin bo‘lgan maqsadli operatsiyalarning har biri.
Nazorat qilinuvchi texnik xizmat ko‘rsatish - analitik texnikani muntazam ravishda qo‘llash bilan talab etiladigan xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashga imkon beruvchi usul, u profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni minimumgacha qisqartirish yoki tuzatuvchi xizmat ko‘rsatishni qisqartirish uchun markazlashtirilgan kuzatuv vositalarini yoki tanlovni qo‘llaydi.
Foydalanish vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanishga tayyorlash vaqtidagi, shuningdek, bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan texnik xizmat.
Saqlash vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - saqlashga tayyorlash vaqtidagi, saqlashdagi, shuningdek bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan texnik xizmat
Tashish vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - tashish uchun tayyorlash vaqtidagi tashishda, shuningdek bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan texnik xizmat.
Davriy texnik xizmat ko‘rsatish - foydalanish xujjatlarida belgilangan ishlash muddati qiymatlari yoki vaqt oraliqlaridan keyin bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish.
Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish - maxsulotlarni kuz-qishgi yoki baxor-yozgi sharoitlarda foydalanishga tayyorlash uchun bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish.
Davriy nazorat bilan texnik xizmat ko‘rsatish - texnik xolat nazorati normativ - texnik hujjatlarda belgilangan davriylik va hajmda bajariladigan, qolgan operatsiyalarning hajmi esa texnik xizmat ko‘rsatishning boshlanish vaqtidagi maxsulotning texnik holati bilan aniqlanadigan texnik xizmat ko‘rsatish.
Uzluksiz nazorat bilan texnik xizmat ko‘rsatish - maxsulotga talab qilingan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qiluvchi texnikaviy turdagi operatsiya.
Tuzatuvchi texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash - ob’ektning ishga yaroqsizlik xolati tan olingandan so‘ng bajariladigan va ob’ekt talab qilingan vazifani bajarishi mumkin bo‘lgan xolatga uni qaytarishga yo‘naltirilgan texnik xizmat ko‘rsatish.
Kechiktirilgan texnik xizmat ko‘rsatish - ishlar ob’ektning ishga yaroqsizligi tan olingandan so‘ng darrov boshlanmasdan, balki belgilangan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq keyinga qoldiriladigan tuzatuvchi texnik xizmat ko‘rsatish turi.
Rejali texnik xizmat ko‘rsatish - belgilangan jadvalga muvofiq bajariladigan profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish.
Oldini oluvchi texnik xizmat ko‘rsatish - ma’lum vaqt oraliqlaridan so‘ng yoki oldindan belgilangan mezonlarga muvofiq, bajariladigan va rad etish yoki ob’ekt ish faoliyatining yomonlashuvi extimolligini kamaytirishga yo‘naltirilgan texnik xizmat ko‘rsatish.
Avtomatik texnik xizmat ko‘rsatish - inson aralashuvisiz bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish.
Masofadan turib texnik xizmat ko‘rsatish - xodimlarning ob’ektga jismoniy yaqinlashuvisiz bajariladigan ob’ekt texnik xizmati.
Texnik xizmat ko‘rsatishning uzluksiz usuli - muayyan texnologiya izchilligi va ritm bilan ixtisoslashtirilgan ish joylarida texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Texnik xizmat ko‘rsatishning markazlashtirilgan usuli - tashkilot yoki korxonaning bir bo‘linmasi vositalari va xodimlar orqali texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Texnik xizmat ko‘rsatishning nomarkazlashtirilgan usuli - tashkilot yoki korxonalarning bir necha bo‘linmasi vositalari va xodimlari orqali texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |