1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatishni joyi va axamiyati. Asosiy atamalar va tushunchalar



Download 126,5 Kb.
bet2/5
Sana03.06.2022
Hajmi126,5 Kb.
#631232
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya

1.2. Asosiy atamalar va tushunchalar
Texnik ekspluatatsiyaning asosiy tushunchalari va atamalarini ko‘rib chiqamiz [51].
Texnik ekspluatatsiya ob’ekti - telekommunikatsiya tarmoqlarining elementlari va qismlari.
Ekspluatatsiya - tashqi shartlar o‘zgarishiga moslashish zaruratini hisobga olgan holda ob’ekt talab etilgan vazifa­larni bajara olishi uchun mo‘ljal­langan barcha texnik va tegishli ma’muriy amallar kombinatsiyasi.
Texnik ekspluatatsiya tizimi - uslublar, algoritmlar, texnik vositalar majmui, telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqarilishini ta’minlovchi foydalanish xodimlarining yig‘indisi.
Ekspluatatsion nazorat - maxsulotdan foydalanish vaqtida amalga oshiriladigan nazorat.
Texnik ekspluatatsiya - barcha texnik va tegishli ma’muriy amallar, shu jumladan ob’ektning, u talab qilingan vazifani bajara oladigan xolatini saqlab turish yoki tiklash maqsadida xolatini kuzatishlar majmui.
Texnik ekspluatatsiya imkoniyati - agar texnik foydalanish belgilangan vositalar va tadbirlarga rioya qilingan xolda amalga oshirilganda, elementning, unga xizmat ko‘rsatilishiga yoki u talab qilingan vazifa­ni bajara olishi mumkin bo‘lgan xolatining tiklanishiga layoqati.
Texnik ekspluatatsiyani tashkil qilish - berilgan shartlarda texnik foyda­lanish talablari bo‘yicha tashkil etish va berilgan texnik foydala­nish siyosatiga muvofiq xolda mazkur element uchun zarur bo‘lgan vositalarni taqdim etish imkoniyati.
Texnik ekspluatatsiyani tekshirish - birlikdan texnik foydalanish tavsiflariga qo‘yilgan maqsadlarga erishilganmi yoki erishilmaganligini aniqlash uchun mo‘ljallangan tadbir.
Texnik ekspluatatsiyani tajribaviy tekshirish - muvofiqlik sinovi ko‘rinishida o‘tkaziladigan texnik foydalanishni tekshirish.
Texnik ekspluatatsiya modeli - istiqbolni belgilash, birlikga tegishli texnik foydalanish tavsiflarni baxolash uchun yoki shunga o‘xshash maqsadlarga xizmat qiluvchi matematik model.
Texnik ekspluatatsiya istiqbolini belgilash - berilgan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishning shartlarida uning kichik birliklari ishonchliligi va texnik foydalanish tavsiflari extimoli bo‘lgan raqamli qiymatlarini aniqlash.
Texnik ekspluatatsiya dasturi - texnik ekspluatatsiya tavsiflari uchun mo‘ljallangan maqsadlarga bu birliklarda erishilganligiga va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishni engillashganligiga ishonch xosil qilish uchun mo‘ljallangan birliklarning xayoti davomidagi insoniy va moddiy resurslar, usullar, vazifalar va javobgarliklarni o‘z ichiga oluvchi to‘liq reja.
Texnik ekspluatatsiyaning ta’minlanganligi - muayyan texnik foydalanish tizim doirasida buyurtma bo‘yicha ob’ektdan texnik foydalanish uchun talab etiladigan resurslarni ta’minlash qobiliyati.
Normal ekspluatatsiya davri - berilgan vaqt onida boshlanadigan va rad etishlar jadalligi maqbul bo‘lmay qolgan yoki rad etish natijasida ob’ekt ta’mirga layoqatsiz deb xisoblangan onda tugallanadigan davr.
Texnik xizmat ko‘rsatish markazi - shikastlanishlar to‘g‘risidagi bildirishnoma ro‘yhatga olinadigan va bu shikastlanishlarni bartaraf etish uchun chora ko‘riladigan texnik foydalanish tizimidagi bo‘linma.
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiya - ma’lum maqsadda o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajariladigan elementar operatsiyalarning ketma-ketligi.
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elementar operatsiya - ma’lum aralashuv darajasida tex­nik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni ajratish mumkin bo‘lgan maqsadli operatsiyalarning har biri.
Nazorat qilinuvchi tex­nik xizmat ko‘rsatish - analitik texnikani muntazam ravishda qo‘llash bilan talab etiladigan xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashga imkon beruvchi usul, u profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni minimumgacha qisqartirish yoki tuzatuvchi xizmat ko‘rsatishni qisqartirish uchun markazlashtirilgan kuzatuv vositalarini yoki tanlovni qo‘llaydi.
Foydalanish vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanishga tayyorlash vaqtidagi, shuningdek, bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan texnik xizmat.
Saqlash vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - saqlashga tayyorlash vaqtidagi, saqlashdagi, shuningdek bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan tex­nik xizmat
Tashish vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish - tashish uchun tayyorlash vaqtidagi tashishda, shuningdek bevosita uning tugashidan so‘ng ko‘rsatiladigan texnik xizmat.
Davriy texnik xizmat ko‘rsatish - foydalanish xujjatlarida belgilangan ishlash muddati qiymatlari yoki vaqt oraliqlaridan keyin bajariladigan texnik xizmat ko‘rsa­tish.
Mavsumiy texnik xiz­mat ko‘rsatish - maxsulotlarni kuz-qishgi yoki baxor-yozgi sharoitlarda foydalanishga tayyorlash uchun bajariladi­gan texnik xizmat ko‘rsatish.
Davriy nazorat bilan texnik xizmat ko‘rsatish - texnik xolat nazorati normativ - texnik hujjatlarda belgilangan davriylik va hajmda bajariladigan, qolgan operatsiyalarning hajmi esa texnik xizmat ko‘rsatishning boshlanish vaqtidagi maxsulotning texnik holati bilan aniqlanadigan texnik xizmat ko‘rsatish.
Uzluksiz nazorat bilan texnik xizmat ko‘rsatish - maxsulotga talab qilingan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qiluvchi texnikaviy turdagi operatsiya.
Tuzatuvchi texnik xiz­mat ko‘rsatish, ta’mirlash - ob’ektning ishga yaroqsizlik xolati tan olingandan so‘ng bajariladigan va ob’ekt talab qilingan vazifani bajarishi mumkin bo‘lgan xolatga uni qaytarishga yo‘naltirilgan texnik xizmat ko‘rsatish.
Kechiktirilgan texnik xizmat ko‘rsatish - ishlar ob’ektning ishga yaroqsizligi tan olingandan so‘ng darrov boshlanmasdan, balki belgilangan tex­nik foydalanish qoidalariga muvofiq keyinga qoldiriladigan tuzatuvchi texnik xizmat ko‘rsatish turi.
Rejali texnik xizmat ko‘rsatish - belgilangan jadvalga muvofiq bajariladigan profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish.
Oldini oluvchi texnik xizmat ko‘rsatish - ma’lum vaqt oraliqlaridan so‘ng yoki oldindan belgilangan mezonlarga muvofiq, bajariladigan va rad etish yoki ob’ekt ish faoliyatining yomonlashuvi extimolligini kamaytirishga yo‘naltirilgan texnik xizmat ko‘rsatish.
Avtomatik texnik xiz­mat ko‘rsatish - inson aralashuvisiz bajariladi­gan texnik xizmat ko‘rsatish.
Masofadan turib tex­nik xizmat ko‘rsatish - xodimlarning ob’ektga jismoniy yaqinlashuvisiz bajariladigan ob’ekt texnik xizmati.
Texnik xizmat ko‘rsatishning uzluksiz usuli - muayyan texnologiya izchilligi va ritm bilan ixtisoslashtirilgan ish joylarida texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Texnik xizmat ko‘rsatishning markazlashtirilgan usuli - tashkilot yoki korxonaning bir bo‘linmasi vositalari va xodimlar orqali texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Texnik xizmat ko‘rsatishning nomarkazlashtirilgan usuli - tashkilot yoki korxonalarning bir necha bo‘linmasi vositalari va xodimlari orqali texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.

Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish