Bog'liq 1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya
Ekspluatatsiya xodimlari tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish usuli - mazkur maxsulotdan mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanilganda, unda ishlovchi xodimlarning texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli. Ixtisoslashtirilgan xodimlar tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish usuli - texnik xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan xodimlar tomonidan texnik xizmat ko‘rsatishni bajarish usuli.
Foydalanish joyidan tashqarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash - ob’ektning foydalanish joyi xisoblanmaydigan joyda bajariladigan ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish.
Texnik xizmat ko‘rsatish darajasi - o‘ziga xos aralashuv darajasida o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiya. Texnik xizmat ko‘rsatish va kuni - qo‘lda yoki avtomat birlikda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiya ravishda bajariladigan vaqt oralig‘i, shu jumladan texnik muddatlar va moddiy muddatlar.
Texnik xizmat ko‘rsatish sikli - me’yoriy-texnik xujjatlar talablariga muvofiq holda, davriy texnik xizmat ko‘rsatishning muayyan ketma-ketlikda bajariladigan barcha belgilangan turlari eng kam qaytariladigan vaqt oralig‘i yoki maxsulotning ishlash muddati.
Ta’mirlash - ob’ekt (mahsulot)ningishgayaroqliligiyokisozliginitiklashvamahsulotningresurslariyokiuningtarkibiyqismlarinitiklashbo‘yichaoperatsiyalarmajmui. Ta’mirlash tizimi - tashkiliy-texnikaviy tadbirlar, texnik vositalar, normativ-texnikaviy va ta’mirlash xujjatlari, foydalanish va ta’mirlash xodimlarining majmui. Kapital ta’mir - sozlikni tiklash va maxsulot resursi to‘liq yoki to‘liq yaqin tiklashi uchun uning istalgan, shu jumladan tayanch qismlarini o‘zgartirish yoki tiklash bilan bajariladigan ta’mirlash.
O‘rtacha ta’mir - sozlikni tiklash va sozlikni qisman tiklash hamda cheklangan nom ro‘yxatli tarkibiy qismlarni almashtirish yoki tiklash hamda normativ texnik xujjatlarda belgilangan xajmda bajariladigan tarkibiy qismlarning texnik xolatini nazorat qilish bilan maxsulot resurslarini qisman tiklash uchun bajariladigan ta’mir.
Joriy ta’mir - maxsulotning ishga yaroqliligini ta’minlash yoki tiklash uchun bajariladigan, hamda ayrim qismlarni almashtirish va (yoki) tiklashdan iborat ta’mir. Rejali ta’mir - normativ-texnik xujjatlar talablariga muvofiq xolda amalga oshiriladigan ta’mir. Rejadan tashqari ta’mir - maxsulotlarni etkazib berish oldindan belgilanmasdan amalga oshiriladigan ta’mir. Tartibga solingan ta’mir - maxsulotning ta’mir boshlangan vaqtdagi texnik xolatidan qat’iy nazar, foydalanish xujjatlarida belgilangan xajmda va davriylikda amalga oshiriladigan rejali ta’mir. Texnik holat bo‘yicha ta’mir - texnik xolatni nazorat qilish normativ-texnik xujjatlarda belgilangan xajmda va davriylikda bajariladigan, ta’mirning xajmi va boshlanish vaqti esa maxsulotning texnik xolati bilan belgilanadigan ta’mir. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ta’mirlash usuli - ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajariladigan ta’mir usuli.
Texnik holat - ma’lum vaqt onida mazkur ob’ektga texnik xujjatlar bilan belgilangan, belgilar bilan tavsiflanadigan ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonida o‘lchagan ob’ekt xususiyatlarining majmui.