Tarbiya — biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolati mavjud bo'lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi,davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar.
O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin bo'lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’lim-tarbiya ishlariga befarq qaramagan. O'rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik uruglarining unishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli bo'lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zunnunov va boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyaIaridan keng foydalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-mulohazalari va pand-u nasihatlari g'oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab, shunday degan edi: „Adab xulqni chiroyli qilish, so`z va fe’lni soz qilishdir. Adab saqlash - muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘I hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi. Odam o‘z ini bir xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin“.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. „Ta’lim so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish -tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi“, deydi u. Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi.
Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida ,,qattiq“ yoki ,,yumshoq“ usullardan foydalanish kerak, deb hisoblaydi:
1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi.
2. Tarbiyalanuvchilar o‘z boshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim, degan fikrni bildiradi.
Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tushunadi. U tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi. Tarbiya beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o`rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog`i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga
muallimlar adab bersinlar, toki sendan o'g'lingning ko‘nglida gina qolrnmasin".
Do'stlaringiz bilan baham: |