Asqar Zunnunovning flkricha, tarbiyada bilim va tajribaga ega bo‘lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o'qituvchi bolalarni bilimli, go'zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir. Ammo ularning bolalarga beradigan tarbiyasi tarbiyaning asosiy zamini bo‘lgan oila, tarbiya ilmidan xabardor ota-ona. ayniqsa, iffat, sharm-hayo, or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan, baxt-saodat mujassam bo'lgan ona tarbiyasi darajasida bo‘lmaydi.
Shu o`rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, „Farzandlarirnizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak". Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy o'rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat sivosatining ustuvor sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, awalo, yuksak ongli, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilari o‘zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Tarbiya —vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchaiik, inson voyaga yetgach, bilimning bu ikki turi biri-birini toldiradi.
Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan imunosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo`lgan bilimlarni uzluksiz egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo'rlik qilish bilan, ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e'tibor bermoq zarur. Davlatning gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-odobga bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir. Tarbiya, asosan, bizning dilimizga jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘stirish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi. Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir. Tarbiyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur etishgina emas, balki bu yaxshi ishlardan huzurlanishga ham o'rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak.
Tarbiya bizni yo`ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim. Nazarimizda bolalarning a’zoyi badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yaxshilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak. Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirrnog‘i lozim, u insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir. Zero, o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni voyaga yetkazish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim o'zgarishni daviat tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi. Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir. Tarbiya ikki negizga — axloq va oqiliikka tayanmog‘i lozim; birinchisi yaxshi fazilatni o'stirsa, ikkinchisi o'zgalar illatidan himoya qiladi. Biz tarbiyalayotgan insonda axloqiy soflik, ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik uyg‘unlashib ketmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |