1-ma’ruza. Taqsimlangan masalalar, tizimlar va algoritmlar. Reja



Download 83,72 Kb.
bet4/11
Sana25.02.2023
Hajmi83,72 Kb.
#914412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Taqsimlangan masalalar, tizimlar va algoritmlar. Reja

Ofis kompyuterlari qatoriga mobil aloqa vositalari, ofisdagi ishchi stansiyalar va shaxsiy kompyuterlar, modemlar kiradi.
Aloqa tizimi qatoriga ma’lumot uzatish kommunikatsiya vositalari kiradi.
Tarmoqli operatsion tizimlar kompyuterlardagi amaliy dasturlardan foydalanish imkoniyatini beradi va kommunikatsiya vositalari yordamida o’zining kompyuterdagi resurslarni umumiy foydalanish uchun taqdim etadi.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) asosan kerakli ma’lumotni qidirib topish va undan unumli foydalanish uchun mo’ljallangan. MBBT keyingi ishlash bosqichni ta’minlaydi.
Tizimli servislar MBBTga tayangan holatda foydalanuvchiga taqdim etiladi. Ularning qatoriga Internet bilan ishlash xizmati (WWW), elektron pochta xizmati, “klient-server” texnologiyasi kiradi.
Bulardan yuqori qatlamlarda maxsus dasturiy va texnika vositalari qo’llanadi. Bularni qatorida loyihalash, hisob-kitob va matematik dasturiy paketlar (1S, AutoCAD, Matlab) bo’lishi mumkin.
Korporativ tarmoqning asosiy ko’rsatgichlari:

  • tarmoq arxitekturasi;

  • tarmoqning topologiyasi va qo’llanayotgan texnologiyalar;

  • ma’lumolar bazalarini tashkil qilish va ularning hajmi;

  • tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligi;

  • abonentlar soni va foydalanish interfeysi;

  • ma’lumotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish texnologiyalari.




  1. Markazlashgan va taqsimlangan tizimlar



Taqsimlangan tizimlar deb elementlarning yoki elementlar guruhlarining o’zaro joylashuv predikatlari tizim funksionalligi nuqtai nazardan demakki tizim tahlili va sintezi nuqtai nazaridan muhim rol o’ynovchi tizmlarga aytamiz.
Taqsimlangan tizimlar uzluksiz va diskret bo'lishi mumkin.
Uzluksiz taqsimlangan tizimlar cheksiz sonli elementlar bilan ifodalanadi va shuningdek, har qanday elementning har qanday kichik atrofida (joylashish predikatlari ma'nosida) kamida yana bitta element mavjud.
Uzluksiz taqsimlangan tizimga misol qilib gaz gorelkasi bilan bir nuqtada qizdirilgan po'lat taxta tunukani olish mumkin. Tizimning elementlari bo’lib koordinatalari bilan aniqlanadigan taxta tunukaning "nuqtalari" xizmat qiladi. Taxta tunukaning har bir nuqtasi muayyan bir vaqtda haroratning qiymati bilan ifodalanadi va barcha taxta tunuka ma'lum bir harorat maydoni bilan tasvirlanadi. Yaqin joylashgan nuqtalarning harorati bu nuqtalarning issiqlik manbalaridan uzoqligiga qarab bir-biridan kam farq qiladigan qiymatlarga ega. Vaqt o'tishi bilan, taxta tunuka harorati, nuqtalarning koordinatalari, po’lat taxtaning issiqlik uzatish qiymati atrofdagi muhitga qarab, ma'lum chegaralargacha oshib boradi.
Tizim deganda elementlar to’plami va ular orasidagi aloqalar tushiniladi. V orqali elementlar to’plamini belgilaymiz. U holda R2VV binar munosabat elementlar orasidagi juft-juft aloqalarni aniqlaydi. Agar ba’zi-bir xVvayV elementlar uchun (x, y) juftlik R2 ga qarashli ya’ni (x, y) R2 bo’lsa, u holda tizimda x dan y ga aloqa mavjud hisoblanadi. Agar (x, y) R2 bo’lsa, u holda bunday aloqa yo’q bo’ladi. Juftlikda elementlar tartibi muhim bo’lib, aloqalar yo’naltirilgan, simmetrik bo’lmagan bo’lishi mumkin.
Tizimda elementlarning nafaqat juft-juft, balki uchtalik elementlar aloqalari ham bo’lishi mumkin. Bunday aloqalar R3VVV = V3 uchtalik munosibatlar orqali tavsiflanishi mumkin. Masalan, bunday uchtalik elementlar aloqasiga “bola va uning ota-onasi” misol bo’la oladi.
Umumiy holda tizimda R4V4 , R5V5.,…, RnVn munosabatlar bilan tavsiflanadigan aloqalar ham berilishi mumkin. Bu yerda n – tizimdagi elementlar soni.
Har bir munasabat bilan uni anglatadigan ma’lum bir ma’no bog’langan, masalan, “xy dan keyin keladi” , “xy ga signal jo’natadi”, «xy va z larning bolasi» ba hokazo. Boshqacha qilib aytganda, munosabatlar o’rniga (yoki ular bilan birgalikda) ularga mos keluvchi P2 , P3 , P4 ,…, Pn predikatlarni qarab chiqish qulayroqdir. Bularga qo’shimcha sifatida V to’plam elementlariining xususiyatlarini anglatuvchisi sifatida P1 predikatni ham qarash mumkin.
Tizimda binar munosabatlar bir nechta bo’lishi mumkinligini alohida ta’lidlab o’tamiz. Masalan, avtomobil dvigateli silindrida gaz (benzin-havo aralashmasi) yonib, porshenni harakatga keltiradi, shu bilan bir vaqtda uni isitadi ham.Ya’ni “xy ni harakatga keltiradi” munosabati va “xy ni isitadi” munosabati o’rinli bo’ladi. Tizimni tadqiq qilish maqsadiga qarab bir munosabatlar muhimroq, qolganlari ikkinchi darajali deb qaraladi.
Tizimda nafaqat binar, ternar va boshqa munosabatlar ham bir nechta bo’lishi mumkin. Umumiy holda tizimni S = {V, {Pi, j}} tuzilma orqali tavsiflash mumkin, bundagi i indeks munosabatning ‘ar’ligini (binar, ternar va hk. yoki predikatdagi o’rinlar sonini), j indeks esa bir xil “ar”liklar ichidagi munosabatlarni ajratish uchun ishlatiladi.
P1, j predikatlardan ba’zilari tizim elementning joylashish o’rnini bildirishi mumkin. Masalan, uning geografik koordinatalarini, fazoviy koordinatalarini (suniy yo’ldosh aloqasida), binodagi joylashuvini (local tarmoqdagi kompyuter) va hk. bildirishi mumkin. Bir xil joylashish o’rinlariga (biror-bir yaqinlashish, ruxsat etilganlik chegarasida) ega bo’lgan elementlar qism to’plamiga sayt deb ataymiz. Xuddi shunga o’xshab, ba’zi-bir P2, j predikatlar elementlarning o’zaro joylashishini anglatishi mumkin, masalan tizimning bir elementidan boshqa elementiga signalning uzatish masofasi, vaqti, axborotni yoki mahsulotni uzatish qiymati bo’lishi mumkin. O’zaro joylashuv uchtali, to’rtalik elementlar uchun ham muhim bo’lishi mumkin va ular shunga mos predikatlar bilan ifoda etiladi.
Diskret taqsimlangan tizimlar elementlarining bir-biridan ajralib turishi, aniq chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. O'zaro munosabatlarning turlaridan biri bu "qo'shni elementlar bo'lish" binar munosabatidir. Ikki qo'shni element o'rtasida boshqa elementlar yo'q. Bu ularning orasiga uchinchi elementni qo’shish mumkin emas degani emas. Ammo keyin birinchi ikki element qo'shni bo'la olmaydi.
Keyingi matnlarda asosan diskret tizimlar ko'rib chiqiladi.

Download 83,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish