1-ma’ruza So‘z boshi. O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi


O‘zbekiston patent idorasi haqida



Download 31,89 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2022
Hajmi31,89 Kb.
#512093
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma’ruza

3. O‘zbekiston patent idorasi haqida
O‘zbekiston Patent idorasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 iyundagi 209-sonli qaroriga asosan takshil etilgan bo‘lib, shu qaror Bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.
Nizomning umumiy qoidalariga asosan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari to‘g‘risida”, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikavi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi o‘rinlarda – Patent idorasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Patent idorasi sanoat mulkini, shu jumladan ixtirolarga, sanoat namunalariga, foydali modellarga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari (keyingi o‘rinlarda – sanoat mulki ob’yektlariga) huquqlarni muhofaza qilish sohasida, shuningdek seleksiya yutuqlarini, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni (keyingi o‘rinlarda – EHM uchun dasturldar deb ataladi), ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish borasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Patent idorasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Patent idorasi o‘z faoliyatini davlat organlari, ixtirochilar va rasionalizatorlarning jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, faoliyati intellektual mulk muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Patent idorasining asosiy vazifalari va funksiyalariga quyidagilar kiradi:
- sanoat mulki ob’yektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
- sanaot mulki ob’yektlari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza xizmati ko‘rsatish;
- rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga oid patent hujjatlarining davlat fondini va ma’lumotlar bankini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-texnika, badiiy konstruktorlik va boshqa ijodiyotlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.
Bundan tashqari Patent idorasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: huquqiy muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi va uni ro‘yobga chiqarishda bevosita ishtirok etadi; qonun hujjatlarini tayyorlashda qatnashadi, shuningdek o‘z vakolatlari doirasida zarur normativ hujjatlar qabul qiladi; ro‘yxatdan o‘tkazishga oid buyurtmanomalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazadi; berilgan buyurtmanomalarning belgilangan talablariga muvofiqligini tekshirish natijalariga ko‘ra rasmiy ro‘yxatdan yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi, shuningdek muhofaza qilish hujjatlarini beradi, tegishli davlat reyestrlarini yuritadi; muhofaza qilish va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi; davlat ilmiy-texnika ekspertizasini o‘tkazishda qatnashish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etadi; foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi lisenziya shartnomalarini, shuningdek, ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi yoki ularning kafolati to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar va lisenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yuritadi;
Patent idorasining byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi; davlat patent tizimini rivojlantirishning muhim istiqbolli muammolarini ishlab chiqish va hal etish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy jamolarni tashkil qiladi; huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi kadrlarni tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Patent idorasining xalqaro faoliyati mavjuddir.
Patent idorasi:
- itellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
- o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari (bitimlari)dan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi;
- tegishli xalqaro tashkilotlar, patent idoralari va chet mamlakatlarning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va shartnomalar tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib boradi hamda Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoat mazkur shartnomalarni imzolaydi;
- intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanishni tashkil qiladi. Shuningdek, patent idorasining huquqlari, Patent idorasining javobgarligi, Patent idorasining faoliyatini tashkil etish ham ushbu Nizomda batafsil ko‘rsatilgan.
Patent idorasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Direktor boshqaradi. Direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Patent idorasida hay’at tuziladi, uning tarkibiga Direktor (hay’at raisi) va unng o‘rinbosarlari, shuningdek Patent idorasining boshqa rahbar xodimlari kiradi. Hay’at 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Hay’at maslahatlashuv organi hisoblanadi, u o‘zining muntazam ravishda o‘tkaziladigan majlislarida Patent idorasi va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining muhim masalalarini ko‘rib chiqadi.
Apellyasiya kengashi tarkibiga Patent idorasi direktori, uning o‘rinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.
Hozirgi vaqtda Patent idorasining quyidagi bo‘limlari mavjud:
· Kadrlar bo‘limi.
· Moliya bo‘limi.
· Ekspert bo‘limi.
· Xalqaro aloqalar va patent kooperasiyasi bo‘limi.
· Axborot texnologiyalari bo‘limi.
· Intellektual mulk ob’yektlarini ta’minoti bo‘limi.
· Intellektual mulk ob’yektlarining rasmiy ekspertizasi bo‘limi.
· Ixtirolar va foydali modellarning davlat ilmiy-texnika ekspertizasi bo‘limi.
· Sanoat namunalari, tovar belgilari va tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini davlat ekspertizasi bo‘limi.
· Intellektual mulk ob’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muhofaza hujjatlarini berish bo‘limi.
· Patent – axborot tahlili markazi (PATM).
· Patent hujjatlari davlat fondi.
· Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi.
· Xavfsizlik xizmati bo‘limi.
· Istiqbolli va tezkor rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘lim.

Download 31,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish