2. Intellektual mulk muhofazasida patent va uning fan, ijod, ilmiy texnikaviy rivojlanishdagi roli
Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, intellektual mulk asosini fan-ijod, texnika va ishlab chiqarish bo‘lib, bular bir-biriga chambarchas bog‘langan. Eng yangi ilmiy ijod mahsulidan uning amaliyotga tadbiq etilishigacha bo‘lgan yo‘lni tashkil tadi.
Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, xalq xo‘jaligi ishlab chiqarish va xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga asoslangan holda, muntazam ravishda fan va texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llab borish bilan olib boriladi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda, mamlakatdagi ixtirochilikga bo‘lgan munosabat o‘ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi natijasida olingan iqtisodiy samara ilmiy-texnikaviy rivojlanishning hal qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo‘lgan ixtiro – patentlarning yangi texnologiya, texnika sifatida xalq xo‘jaligiga tadbiqi yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish sur’atini jadallashtiradi.
Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va bo‘lajak intellektual mulkning muhofazasiga yurtimizga katta e’tibor berilayaptiki, bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan, mustaqillik yillarida qabul qilingan qonun va qoidalar buning isboti bo‘la oladi.
Intellektual mulk strukturaviy tarkibi bo‘yicha u asosan sanoat mulki, nosanoat mulki va fan adabiyot sanoat asarlari vaulardan foydalanish bo‘yicha bo‘linadi.
Yurtimizda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar qatori intellektual mulkning muhofazasi huquqiy asoslari yaratilgani, mulk sohiblarining barcha huquqlari, qabul qilingn qonun va qoidalar orqali to‘la muhofazalanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bu borada juda muhim ishlar bajarildi. Jumladan: “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqish joylarining nomlari to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi, shulardan kelib chiqqan holda, intellektual mulklarni sohibiga aylanish uchun talabnomalar berish, uni ko‘rib chiqish va Davlat ro‘yxatidan o‘tish qoidalarining yaratilishi misol bo‘la oladi. Shu bilan birga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi vakolatli Davlat Patent idorasini tashkil etilishi va shu orqali sanoat mulki, jumladan ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy namunalarini, shuningdek seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar, ma’lumotlar ba’zalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |