1.3. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi Raqamli iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlari ajralib turadi: - elektron tijorat - bu virtual do'konlarda internet orqali amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlarning do’konlarsiz savdosining yangi turi;
- elektron marketing - bu korxonaning (tashkilotning, kompaniyaning) axborot-tahliliy va ekspert-tadqiqot faoliyati ob'ekti bo'lgan elektron vositalardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan kompaniyaning marketing faoliyati majmui;
- elektron banking - mijoz tomonidan masofadan uzatiladigan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari (ya'ni, bankka tashrifisiz), ko'pincha kompyuter va telefon tarmoqlaridan foydalangan holda;
- elektron sug'urta xizmatlari - internet orqali buyurtma berish mumkin bo'lgan sug'urta xizmatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |