1 - MA’RUZA
QURILISH JARAYONLARI VA ULARGA KO‘RSATILUVCHI TALABLAR
Reja:
1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
2. Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
4. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, kurilish texnologiyalarining mexnat resurslari
5. Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish. Qurilishda mehnat muhofazasi.
1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari
Jamiyat rivojining zamonaviy ilmiy-texnologik darajasi bir tomondan, qurilish ishlab chiqarishiga,
odatda, yuqori talablar qo‘yadi, ikkinchi tomondan, uni takomillashtirishda va yangilanishiga yangi
imkoniyatlarni ochib beradi.
Qurilish ishlab chiqarish asosiga hozirgi vaqtda qo‘yilayotgan prinsiplar quyidagilardir: tizimlilik;
havfsizlik; moslashuvchanlik; resurstejamkorlik; sifat; samaradorlik.
Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri
bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta
miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib
chiqishni anglatadi.
Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy-rejaviy, konstruktiv,
tashkiliy-texnologik echim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi
va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi prinsipdan iborat bo‘lib, shu jumladan favqulodda va
ekstremal holatlar yuzaga kelganda1.
Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni
amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik
va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda
pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.
Resurstejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik,
mexnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan prinsipni ifoda
etadi.
Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek
ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi
norma (me’yor) lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi.
Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi
resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga
mosligini miqdoriy baholashdan iborat.
Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
Binoni yoki inshootni barpo etishning ishlab chiqarish jarayoni qurilish texnologiyalarining
integratsiyasini ifodalaydi. Qurilish texnologiyalari qurilish ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi,
ularning texnik-iqtisodiy darajasi qurilishning samaradorligi va zamonaviyligini ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qurilish texnologiyasi atamasi deganda ijrochilar (mexnat resurslari) vositasida boshlang‘ich tabiiy
va sun’iy material (material elementlar) larga ishlov berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi
vaziyatini (konstruksiya) o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan
harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim.
Qurilish maxsuloti – bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan muddatda
topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura-rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik echimlar
bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, seksiyalari); v) ma’lum
vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlarning hajmlari (m2, m3, dona).
Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. Sanoat ishlab
chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik, masalan, konveyer liniya, umumiy
ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek yagona (umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu
manipulyatorlar, avtomatlar, robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng foydalanishga
imkon beruvchi asos hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish maxsuloti qo‘zg‘almas va barqaror (ishchilar,
mexnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga va massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish,
odatda uzoq vaqtni egallaydi.
Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir necha qurilish va ishlab
chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport
vositalarining katta miqdori, juda ko‘p miqdordagi konstruksiyalar buyumlar, detallar, materiallar,
mexanizmlardan foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga ega.
Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan ifodalanuvchi yuzlab
texnologik jarayonlar va opretsiyalar bajariladi.
Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar ta’sirida bo‘ladi. Bu
erda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi,
ijrochilarda zarur moddiy-texnik resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt oraliqlarida keskin va
tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini
bartaraf etish esa vaqt, mexnat va mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi.
Qurilishga quyilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan xususiyatlar qulaylik,
ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va
nihoyat quruvchining muhandis hamda ishchi mexnatini ijodiy qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z
ta’sirlarini oshiradi.
Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlar
Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tizimi katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Qurilishda mavjud bo‘lgan tizim ishtirokchilar zanjiri ko‘rinishida ifoda etilishi
mumkin, uning bir tomonida kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar), ikkinchi tomonidan – yaratilgan qurilish
maxsuloti turadi. Investitsiyalarning xususiyatiga ko‘ra ular davlat (byudjet) va xususiylarga ajratiladi.
Byudjet investitsiyalarining taqsimlanishi mahalliy vakolatli tashkilotlar orqali yoki Davlat arxitektura
qurilish qo‘mitasi orqali amalga oshiriladi. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish aniq bir qurilish maxsulotini
yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi. Davlat yoki xususiy investor
buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish maxsulotini yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik
munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari –
loyihani g‘oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi-
quruvchi – loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi
ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari
bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi.
Buyurtmachi-quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar
tayyorlash hisoblanadi.
Investitsiyaga qadar tayyorgarlik deganda loyihani texnik, tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy, hamda
asoslanishini shakllaydigan tadbirlar majmui tushuniladi1.
Bevosita loyihalash jarayoni uchun buryurtmachi tanlab oladigan asosiy ishtirokchilar bosh
loyihachi va bosh pudratchi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning vakolatini loyihaviy va qurilish-montaj
ishlarining ayrim turlarini bajarishga davlat litsenziyasiga ega bo‘lganligi, shuningdek shunga o‘xshash
ob’ektlarni qurish tajribasiga ega bo‘lish tasdiqlaydi.
Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini bajarishga qodir
bo‘lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – subpudratchi sanitariya-texnika, elektromontaj va
boshqa ishlarni bajaruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishadi.
Investitsion bosqichdan oldingi ishlarning ketma – ketligi va o‘zaro aloqasi investitsion
jarayonning goh bir, goh boshqa ishtirokchisi tomonidan navbatma – navbat xal qilinadigan masalalarning
berk doirasi (1.1-rasm) ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Bunday masalalar qatoriga quyidagilar kiradi:
tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga pudrat savdolarini e’lon qilish;
tender taklifini tayyorlash va taqdim etish;
tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash, pudratchi bilan bitim tuzish to‘g‘risida muzokaralar
o‘tkazish;
qurilishga tayyorlanish, buyurtmalarni joylashtirish;
loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, texnologik hisob-kitoblar;
smeta va hisob-kitoblarni tekshirish, e’tirozlar va kelishmovchiliklarni ko‘rsatish;
to‘lov hujjatlari kalьkulyasiyalarni tuzish vatuzatishlar kiritish;
Loyihalashni boshlanishi, kontrakt (shartnomalar)
Investitsiyadan oldingi tayyorgarlik masalalarining ketma-ketligi va o‘zaro aloqasi: 1 – tender
hujjatlarini tayyorlash va qurilishga savdo e’lon qilish;
2 – ofertani tayyorlash va taqdim etish; 3 – tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash; 4 –
qurilishga tayyorgarlik, buyurtmalarni joylashtirish; 5 – loyiha-smeta hujjatlarini tuzish; 6 – hujjatlarni
baholash, kelishmovchiliklarni bog‘lash; 7 – loyiha smeta hujjatlariga tuzatish kiritish
Ob’ektni barpo qilish bosqichida qurilish ishtirokchilari soni ortadi. 1.2-rasmda taqdim etilgan
sxemada buyurtmachining va investitsion – qurilish jarayonining asosiy ishtirokchilarini birgalikdagi
harakatlarining mumkin bo‘ladigan variantlari yaqqol ko‘rinib turibdi.
A sxema uncha katta bo‘lmagan ob’ektlarni qurish uchun, shu jumladan qurilishning xo‘jalik usuli
uchun xosdir, bunda barcha investitsion xavflarni buyurtmachi o‘z zimmasiga oladi.
B va V sxema, odatda, tipovoy (namunaviy) ob’ektlarni (masalan, turar-joy, sanoat binolari va
boshq.) barpo etishda qo‘llaniladi, bunda ham barcha investitsion qarorlarni buyurtmachi asoslaydi.
G sxema yirik loyihalar uchun foydalaniladi, bunda buyurtmachi kapital qurilishini boshqarish
boshqarmasiga ega va qurilish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarining bitim (shartnoma) tuzish shakli
qo‘llaniladi, unga muvofiq investitsion havflar ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
D sxema yirik miqyosdagi investitsion loyihaga mos keladi, bunda loyihani boshqarishni bosh
pudratchi-quruvchi amalga oshiradi va u buyurtmachi bilan birga bir tomondan, bosh loyihachi va bosh
pudratchi bilan ikkinchi tomondan birgalikda loyihani amalga oshirishdagi havflarni o‘z zimmasiga oladi.
E sxema – mamlakatimiz qurilish bozorida faqat keyingi yillarda yirik investitsion loyihalarni
amalga oshirishni boshqarishning qurollaridan biri sifatida foydalana boshlanib, ob’ektlarni barpo qilishni
davomiyligini tubdan pasaytirishga va investitsion-qurilish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon
beradi.
Umumqurilish ishlari odatda pudrat yoki xo‘jalik usullarida bajariladi. Pudrat usulida ishlarni
qurilish va montaj tashkilotlari shartnoma asosida bajarishadi.
Bunday usul qurilish va montaj tashkilotlarida doimiy ishchi kadrlari bo‘lishiga, ularning
malakalari oshirilishiga, qurilish ishlab chiqarishni takomillashtirishga, qurilish mashinalari va kranlari
bilan, ilg‘or elektrlashtirilgan asboblar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.
Tarkibida qurilish-remont bo‘limiga ega yirik kup qirrali firma yoki tashkilot, ob’ektni barpo etish,
ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ishchilarni yollashga, zarur qurilish mexanizmlari va jihozlarini ijaraga
olishga, ishlab chiqarish bazasini yaratishi yoki kengaytirishi mumkin. Qurilishda xo‘jalik usullarining
qo‘llanilishi, odatda, qurilish-montaj ishlarining uncha katta bo‘lmagan xajmlarida, pudratchi qurilish
tashkilot larining faoliyat ko‘rsatish joylaridan uzoqda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lib va umuman cheklangan
holda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |