1 ma’ruza qurilish jarayonlari va ularga ko‘rsatiluvchi talablar reja


Qurilish texnologik jarayonning vertikal ajratilishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.04.2023
Hajmi0,55 Mb.
#926923
1   2   3   4
Qurilish texnologik jarayonning vertikal ajratilishi 
Qurilish jarayoni bosqichlari 
Jarayonning mazmuni 
Misol 
Ishchi ta’sir (Ish harakat) 
Elementar ishchi usuli; mexnat 
qurollari 
va 
buyumlarini 
tayyorlash 
Kran 
ilmog‘ini 
yig‘ma 
elementni ildirishga uzatish 
Operatsiya 
Texnologik jihatdan bo‘linmas 
element; mexnat buyumlarining 
miqdoriy va sifat tavsiflaridan biri 
yoki bir nechtasining o‘zgarishi 
Yig‘ma elementni ko‘tarish 
Oddiy jarayon 
Tashkiliy va texnologik bo‘linmas 
element; 
”Konstruksiya”ni bir 
qismini yaratish 
Yig‘ma 
elementni 
loyiha 
holatiga urnatish 
Kompleks texnologik jarayon 
“Konstruksiyani”yaratish 
Binoning er osti qismini yig‘ma 
elementlardan qurish 
Murakkab qurilish jarayoni 
Ob’ektni yaratish 
Bir qavatli sanoat binosini barpo 
etish 
Ob’ektlararo qurilish jarayoni 
Ob’ektlar majmui (kompleks) ni 
yaratish 
Bir necha ob’ektni bir vaqtda 
qurish 
Qurilish jarayolarini murakkablik darajasiga ko‘ra bo‘linishidan tashqari ularni quyidagi belgilari 
bo‘yicha ham guruhlash mumkin: 
mexanizatsiyalash darajasi bo‘yicha: 


mexanizatsiyalashgan jarayon mexanizmlar yordamida bajariladi (ekskavator bilan kotlovan 
qazish, yig‘ma konstruksiyalarni kran bilan montaj qilish); 
dastaki jarayon mexanizatsiyalashgan asbob (vibrator, kraskopulьt) yoki mexanizatsiyalashmagan 
asbob (belkurak, bolta, arra) yordamida amalga oshiriladi; 
yarim mexanizatsiyalashtirilgan jarayon shu bilan tavsiflanadiki, uni bajarishda mashinalar bilan 
birga qo‘l mexnatidan ham foydalaniladi; 
vazifasiga ko‘ra: 
asosiy jayonlar, bajarilishi natijasida bino va inshootlarning elementlari va qismlari yaratiladi. Bu 
jarayonlar qurilish ishlab chiqarish maxsulotini olishni ta’minlaydi va qurilish jarayonlarining moddiy 
elementlariga ishlov berish, shaklini o‘zgartirish va yangi sifatlar berishdan iborat bo‘ladi; 
yordamchi jarayonlar (tayyorgarlik) asosiy jarayonlarni me’yorida bajarish uchun zarur bo‘lgan 
g‘isht terish uchun havozalar qurish, transheyalarning devorlarini to‘sish, montaj qilishdan oldin 
konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish, montaj qilinayotgan konstruksiyalarni yordamchi osma 
moslamalar bilan jihozlash; 
tayyorlov jarayonlariga qum, shag‘alni qazib olish, qorishmani, betonni tayyorlash, qolip 
(opalubka), armatura elementlarini va h.k. larni tayyorlash. Ular qurilayotgan ob’ektni yarimfabrikat 
maxsulotlar, detallar va buyumlar bilan ta’minlaydi. Bu jarayonlar odatda karьerlarda, ixtisoslashtirilgan 
korxonalar: tovar beton zavodlarida, armatura va yog‘ochga ishlov berishssexlarida va h. k. da bajariladi; 
transport jarayonlari, qurilish maydoniga talab etiladigan moddiy resurslar va yuklarni eltib berish 
uchun zarur. Gorizontal transport tashqi (yuklarni qurilish maydoniga etkazish uchun) va ichki (yuklarni 
maydon doirasida ko‘chirish uchun) ga bo‘linadi. Vertikal transport materiallarini ishlar amalga 
oshiriladigan zona (hudud)ga uzatishni ta’minlaydi. Transport jarayonlariga odatda ortish-tushirish va 
omborga joylash ishlari kiradi. Qurilish maydonidan gruntni ko‘chirish va unga keltirish bo‘yicha kichik 
guruhni ajratish mumkin (samosvallar, skreperlar, bulьdozerlar); 
jarayonlarni bajarish xususiyatiga ko‘ra: 
uzluksiz jarayonlar, keyingi jarayonlarini amalga oshirishga darhol kirishishga imkon beruvchi 
jarayonlar – g‘isht terish, ayrim konstruksion elementlarni montaj qilishni; 
uzlukli jarayonlar, keyingi jarayonlarni bajarish oldidan majburiy texnologik tanaffuslarni talab 
etuvchi jarayonlar betonning kerakli mustaxkamligini olgunga qadar kutish, suvoqning qurishini kutib 
turish; 
ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra): 
etakchi jarayonlar, bino va inshootni barpo etishning yakuniy muddatlarini belgilab beruvchi; 
qo‘shma jarayonlar,faqat etakchi jarayonlar bilan paralel ravishda bajariladigan (montaj va 
tutashuv joylarini bekitish, g‘isht terish va suvash, umumqurilish va maxsus ishlar). Qo‘shib olib 
beriladigan jarayonlar qurilishning muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi etakchi jarayonga aylanishiga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, jarayonlarni birga qo‘shib bajarish qurilishning davomiyligini ancha 
qisqartirishga imkon beradi. 


Bajarilayotgan jarayonlar tarkibi doimiy hisoblanmaydi va aniq sharoitga bog‘liq holda – mashina 
va uskunalarning mavjudligiga, yil fasliga, iqlim va geologik sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. 
Bino va inshootlarni barpo etishda bajariladigan ishlar majmuini uch guruhga birlashtirish mumkin: 
Umumqurilish ishlari bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov berilayotgan materiallariga 
ko‘ra er ishlari, qoziq ishlari, g‘isht-tosh ishlari, montaj, beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa 
ishlarga bo‘linadi. 
Maxsus ishlarga suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv, ventilyasiya, elektromontaj, texnologik 
konstruksiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h. k. larni barpo qilish kiradi. 
Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z 
nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, 
ular qurilishning asosiy ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi. 
YOrdamchi ishlar qurilishni materiallar, yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan va transport hamda ortish-tushirish ishlariga ajratiladi. 
Qurilish ishlari majmualari ham davrlar yokissikllar bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Tayyorgarlik 
davrida qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi, bunga 
eski binolarni buzish, rejalash, vaqtinchalik yo‘llarni qurish, quruvchilar uchun maishiy xonalar qurish, 
vaqtincha kommunikatsiyalarni o‘tkazish kiradi. 
Er osti qismini yoki nolьssiklini barpo etish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: er ishlari (kotlovan 
qazish, tasmali poydevorlar va asosiy magistrallardan binoga kommunikatsiyalar tortish uchun transheyalar 
qazish, ularni to‘ldirib chiqish), yig‘ma yoki monolit temir-beton konstruksiyalardan poydevorlar, erto‘la 
devorlari, ichki pardevorlar, kolonnalar, orayopmalarni barpo etish, beton ishlariga tayyorgarlik va h. k., 
gidroizolyasion ishlar (polni va er osti qismi devorlarini izolyasiyalash), binoga zarur kommunikatsiyalarni 
kiritish (binoga transheyalar orqali kommunikatsiya quvurlarini o‘tkazib, ularni binoning erto‘la qismida 
tarqatish). 
Qurilishning ikkinchi bochqichida (binoning er usti qismini barpo etishda) odatda: yig‘ma yoki 
monolit qurilish konstruksiyalarni montaj qilish yoki barpo qilish, tashqi va ichki devorlar panellarini 
montaj qilish, deraza va eshik bloklarini o‘rnatish, tom yopish ishlari, ventilyasiya tizimlarini qurish, issiq 
va sovuq suv quvurlarini (stoyaklarini) o‘rnatish bo‘yicha sanitariya-texnik ishlarini, gaz ta’minoti 
quvurlarini yotqizish (o‘rnatish), elektr ta’minoti tizimi quvurlarini va taqsimlagichlarni o‘rnatish va h. k. 
ishlar bajariladi. 
Uchinchi yakuniy bosqich pardozlashssikli deb ataladi, bu davrda barcha pardozlash ishlari 
bajariladi: oyna solishlarni tugallash, plitka o‘rnatish va suvoqchilik ishlari, pardozlash (devorlarni, 
shiplarni, duradgorlik buyumlarini, quvurlarni bo‘yash va pardozlash), barcha turdagi pollarni o‘rnatish, 
sanitariya-texnika asboblarini va elektrotexnik armaturani o‘rnatish. 
Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, kurilish texnologiyalarining mexnat resurslari 
Qurilish ko‘p miqdordagi moddiy (material) elementlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan yoki karьerlardan qazib olinadigan qurilish materiallari; 


zavod sharoitlarida yoki bevosita qurilish maydonida tayyorlanadigan yarim fabrikatlar (chala 
tayyor maxsulotlar: beton aralashmasi, qorishmalar); 
qurilish sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan qurilish konstruksiyalari, detallar va buyumlar; 
sanoatning turli tarmoqlari korxonalari etkazib beradigan bino va inshootlar konstruksiyalarining 
turli xil mahsulotlari, materiallari, elementlari. 
YArim tayyor fabrikatlar, detallar va buyumlarni tayyorlash asosan sanoat korxonalarida amalga 
oshiriladi. Ammo, qurilish maydonining xususiyatlariga bog‘liq holda yarim tayyor mahsulotlar va ayrim 
buyumlar bevosita maydonda, ob’ekt oldidagi poligonda yoki ustaxonada tayyorlanishi mumkin. 
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), SHaharsozlik me’yorlari va qoidalari(SHNK) Davlat 
standartlari ( Davlat standarti DST va tarmoq standartlari TST) hamda texnik shartlar (TSH) qurilish 
maydoniga etkazib kelinayotgan materiallar va buyumlar muvofiqligini tartibga soluvchi hujjatlar bo‘lib 
hisoblanadi. Qurilish maydoniga etkazilgan buyumlar ular xossalarining muvofiqligini kafolatlovchi texnik 
pasportga ega bo‘lishi kerak. Buyumlarni markirovkalash (belgi qo‘yish) – maxsulotlarni tayyorlovchi, 
tayyorlangan sana, buyumning nomi va markasi kabi qo‘shimcha axborot olish uchun zarur. 
Qurilishdagi ishchilarning kasblari va malakalari 
Qurilish jarayonlarining xilma xilligi ularni bajarish uchun zarur bilimga va amaliy tajribaga ega 
turli kasbdagi ishchilarni jalb etishni talab etadi. 
Ishchilarning kasblari – bu ularning doimiy faoliyati bo‘lib, ular bajaradigan ishlarning (montajchi, 
betonchi, bo‘yoqchi) turi va xususiyati bilan belgilanadi. 
Mutaxassislik (ixtisos) – mazkur ish turi bo‘yicha yanada tor ixtisoslik (montajchi-yuqorida 
ishlovchi, temir beton yoki metall konstruksiyalar montajchisi). Turli xil qurilish ishlari va jarayonlarini 
bajarish uchun tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni turli malakaga ega ishchilar kerak. 
Malaka – ma’lum bir murakkablikdagi ishni bajarish uchun bilim va malakalarning mavjudligi. 
Malakaning ko‘rsatkichi razryad hisoblanib, u har bir kasbning va razryadning malaka tavsiflariga muvofiq 
o‘rnatiladi. 
Qurilishda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi (YATMM) da qurilishda 
qabul qilingan 6 razryadli to‘rni hisobga olib, 179 ta kasbni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada u yoki bu 
ishni bajarishning bilimi va malakalariga nisbatan turli kasb ishchilariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. 
Bajariladigan qurilish jarayonlarining murakkabligiga mos holda asosiy kasblar ishchilari uchun oltita 
malaka razryadi belgilangan: 
1 razryad – etarlicha mexnat malakalariga ega bo‘lish va mexnat havfsizligi qoidalarini bilish; 
2 razryad – ayrim kasbiy malakalarga ega bo‘lishi zarur; 
3 razryad – bilim va malakalarning ma’lum kasbiy darajasiga ega bo‘lishi zarur; 
4 razryad – o‘rtacha murakkablikdagi jarayonlarni bajarish uchun maxsus va nazariy tayyorgarlik 
hamda katta kasbiy stajga ega bo‘lishi talab etiladi; 
5 razryad –murakkab jarayonlarni bajarish uchun yuqori malaka va bilimlar, zveno yoki brigada
boshlig‘i bo‘lib ishlash uchun tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi zarur; 
6 razryad – nihoyatda murakkab jarayonlar. 


YAngi razryad berish – ishlab chiqarish sinovlari natijasi, malaka komissiyasining bayonnomasi 
bilan (u bajarayotgan ishga quyilgan malaka talablariga amal qilgan holda), qurilish tashkiloti bo‘yicha 
buyruq bilan va mexnat daftarchasiga yozib qo‘ygan holda yangi guvohnoma berish bilan 
rasmiylashtiriladi. Taqdim etilayotgan razryadga muvofiq zarur bilimlardan tashqari ishchi bajarilayotgan 
jarayonning o‘ziga xos xususiyatini, uni ishlab chiqarish texnologiyasini, mexnat muhofazasi qoidalarini, 
ichki mehnat tartibi qoidalari, qo‘shni qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha ishlar sifatiga talablarni bilishi 
kerak. Qurilish ishchi kadrlari kasb – hunar kollejlarida, o‘quv punktlarida va kombinatlarda, qurilish 
maydonlarida o‘qitish va malakasini oshirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
Texnik va tarifli me’yorlash (normalash) 
Ishchi mexnat faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi mexnat unumdorligi hisoblanadi. 
Qurilishdagi ishchilarning mexnat unumdorligi bajarilayotgan ishlarning mahsulot miqdori va mehnat sarfi 
bilan belgilanadi. Qurilish ishchilarining mehnat unumdorligi birlik vaqt (soat, smena) davomida 
tayyorlangan mahsulot miqdori (m, m2, m3, dona, tonna) bilan yoki birlik mahsulotni tayyorlash uchun 
sarflangan ish vaqti mexnat sarfi (odam-soat, odam-smena) bilan aniqlanishi mumkin. Mahsulot miqdori 
– vaqt birligi (soat, smena va h.k.) ichida ishlab chiqarilgan maxsulot; Mexnat sarfi unumdorlikni 
baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Birlik maxsulotga mexnat sarfi qanchalik kam 
bo‘lsa, mexnat unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bir qurilish jarayonining mexnat sarfi miqdori 
texnik me’yorlash (normalash) bilan tartibga solinadi. 
Texnik me’yorlash – birlik qurilish maxsulotiga ishchi yoki mashina vaqti xarajatlari va materiallar 
sarfining texnik jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish. Bunday me’yorlar qurilish jarayonlarini 
sinchiklab o‘rganish yo‘li bilan o‘rnatiladi va ishchilar mexnatiga haq to‘lashning asosi hisoblanadi. Bu 
me’yorlarga ko‘ra qurilish, montaj, ta’mirlash – qurish ishlari uchun umumiy (yagona) me’yorlar va narxlar 
(UMvaN) tuziladi. 
Mehnat sarfi miqdoriy jihatdan texnikaviy me’yorlash orqali belgilanadi. Mehnat sarfining me’yori 
vaqt me’yori va mahsulot miqdorining me’yori ko‘rinishida ifodalanadi. Bu ko‘rsatgichlar «Umumiy
me’yorlar va narxlar» to‘plamida (UMvaN) (ENiR) har bir ish turi uchun keltirilgan. 
Vaqt me’yori (Nv) deb, birlik sifatli mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan ish vaqtiga aytiladi; 
o‘lchov birligi: odam-soat, mash-soat. 
Ishlab chiqarish mahsulot me’yori (Nm) deb birlik vaqt ichida tayyorlanadigan sifatli mahsulot 
miqdoriga aytiladi. 
Nv va Nm o‘zaro quyidagicha bog‘langan: 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish