1-Ma’ruza. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. Reja. Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifalari va mohiyati


Pedagogik texnologiya tamoyillari



Download 109 Kb.
bet7/9
Sana04.04.2022
Hajmi109 Kb.
#527947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Ma\'ruza (Lot)

3. Pedagogik texnologiya tamoyillari.
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida, «Pedagogika» va «Texnologiya» fanlar ulashuvida paydo bo’lgan, pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi. Har bir mustaqil fan o’z mohiyatiga ko’ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi o’zining tamoyillariga ega bo’ladi, pedagogik texnologiya tamoyillari, «Pedagogika» va «Texnologiya» fanla­rining negizini tashkil etuvchi qoidalar yig’indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, mazmunining tahliliga ko’ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan:

  • ilmiylik,

  • loyihalanish,

  • tizimlilik,

  • maqsad yo’naltirilganlik,

  • faoliyat yondashuvi,

  • boshqariluvchanlik,

  • qayta takrorlanish,

  • samaradorlik.

Ushbu barcha tamoyillar o’zaro bog’liq bo’lib, biri birini talab etadi va to’ldiradi. Bu tamoyillar asosida o’quv jarayoni tashkil etiladi, ya’ni uning tayyorgarligi va o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko’rinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi.
1. Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil har qanday o’quv predmeti, o’quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko’rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o’quv dasturlar, o’quv qo’llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o’quv rejalari va o’quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg’ulot o’tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o’rganiladigan predmetlar xarakterining asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadilar. Ilmiy axborotni ifoda etilish aniqligi va qat’iyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga, juda katta e’tibor qaratishni talab etadi.
2. Loyihalanish tamoyili
Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili – bu o’quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini – o’quv jarayoni grafigi; ishchi o’quv reja; fanning ishchi o’quv dasturi; fanning, bo’limlarning, tayanch iboralarining o’quv maqsadlari toifalari; o’qitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni baholash – oldindan yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida o’quv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya etilishi, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydi. Ishlab chiqarish texnikaviy sohada, loyihalanish bazaviy hisoblanadi, ya’ni binolar va inshootlar, mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari oldindan loyihalanadi.
Mazkur tamoyilning ahamiyatini, shu bilan baholash mumkin-ki, uning asosida pedagogik texnologiyaning ta’rifini keltirib chiqarish mumkin:
3. Tizimlilik tamoyili
Pedagogik texnologiya, o’quv jarayonining barcha elementlarini qamrab olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan ifodalanadi. O’quv jarayonining barcha elementlari, ularning o’zaro bog’liklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o’quv jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati – talabalarni o’qitishga rag’batlantiradi.
Bu yerda, o’quv jarayoni va o’qitish jarayoni tushunchalarini aniq ta’riflash zarurligini qayd etmoq, joizdir. Agar bu tushunchalarni ishlab chiqarish sohasi bilan solishtiradigan bo’lsak, ular ishlab chiqarish jarayoni va texnologik jarayon tushunchalari bilan mos keladi.
O’quv jarayonini tayyorlash qismida – o’quv jarayoni grafigi va ishchi o’quv reja ishlab chiqiladi, mashg’ulotlar jadvali tuziladi, fanning ishchi o’quv dasturi, o’quv uslubiy materiallar va boshqalar ishlab chiqiladi. O’qitish jarayoni qismida – bilimlar, malakalarga ega bo’lish va ular sifatini baholash amalga oshiriladi.
Tizimlilik tamoyilining bazaviy ekanligi, pedagogik texnologiyaning o’qitishning boshqa yondashuvlaridan farq etuvchi asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dalil xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan pedagogik texnologiyaga fan sifatida berilgan ta’rifda to’laligicha o’z isbotini topdi.

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish