1-Ma’ruza. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. Reja. Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifalari va mohiyati


Tizim deb, tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi



Download 109 Kb.
bet6/9
Sana04.04.2022
Hajmi109 Kb.
#527947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Ma\'ruza (Lot)

Tizim deb, tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi. Misol uchun, avtomobil dvigateli bir nechta tizimlardan iborat bo’lib, har bir tizim bir nechta elementlardan tashkil topgan. Moylash tizimini ko’rib chiqadigan bo’lsak, uni tashkil etuvchi elementlardan birortasi ishlamay qolsa yoki yomon ishlasa, dvigatelning ishqalanuvchi qismiga moy yetib bormaydi va natijada dvigatel ishdan chiqadi. Ko’rinib turibdiki, tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementiga va o’z navbatida har bir element bir-biriga chambarchas bog’liq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo’lsak, uni tashkil etuvchilari, ya’ni elementlariga quyidagilar kiradi: ta’lim maqsadi, o’quv maqsadlari (kutilayotgan natijalar), ta’lim beruvchi, tahsil oluvchi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi, ta’lim shakli, ta’lim vositalari, nazorat va baholash. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o’tilgan elementlardan birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g’ri tanlangan bo’lsa, tizim ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayonining oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.
Pedagogik texnologiyaning an’anaviy uslublardan asosiy farqi, uning to’la-to’kis tizimlar nazariyasi qonuniyatlaridan kelib chiqqanligidadir.
Pedagogik texnologiyaning avvalgi uslublardan afzalligi, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko’rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarni tizimga keltirib, ta’lim bosqichlarini loyihalab, ta’lim jarayonini nazorat qilish va ta’lim natijalarini baholash kabi qismlarini o’zaro uzviy bog’lab tizimga keltirib turib, uning loyihasini tuzishidadir.
Uning an’anaviy uslublardan keyingi farqi, u talabalarning o’zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishiga emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonining yakunida amaliy ishlarni bajarishiga yo’naltirilganligidadir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, metodika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda uslublar yaratishda zamonning eng ilg’or usullaridan biri – har bir narsa va hodisaga tizim sifatida yondashish zarur. Aks holda faoliyat an’anaviy tus olib, kechagi kunni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday pedagogik faoliyat davomida pedagogik texnologiya tamoyillari markaziy o’rinda turishi kerak. Shundagina pedagogik faoliyat zamonga mos bo’lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini sharaf bilan bajarish mumkin.



Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish