1-Ma’ruza. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. Reja. Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifalari va mohiyati



Download 109 Kb.
bet2/9
Sana04.04.2022
Hajmi109 Kb.
#527947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Ma\'ruza (Lot)

Birinchi yo’l: o’zlashtirish mezonini pasaytirish, hozirgi paytda shundan foydalanayapti, shuning uchun ham hozirgi paytda o’quv materialini, o’quv fanini 60% o’zlashtirgan talaba o’zlashtirgan deb hisoblanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti kadrlarning saviyasi va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar chegarasini belgilaydi. Agar bu minimal talablar 60% ga o’zlashtirilsa, har bir fan bo’yicha talaba o’zlashtirishining umumiy integral bahosi qancha bo’ladi degan savol tug’iladi. Tabiiyki bu yo’lning istiqboli yo’qdir.
Ikkinchi yo’l: professor-o’qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali ajoyib professor va dotsentlar asosida tuzish. Ularning har biri o’ziga xos o’qitish usullari va yo’llari tufayli tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo’lgan talabalarni to’la o’zlashtirishni ta’minlaydilar. Haqiqatda, bir guruhda kirishdagi bali 80 dan 200 gacha bo’lgan talabalar o’qishi mumkin. Bu yo’l – haqiqatdan uzoq, ideallashtirilgan yo’ldir.
Talabalarning hammasi iqtidorli bo’lmaganidek, professor-o’qituvchilar tarkibining hammasi ham iqtidorli, oliy darajali bo’la olmaydi.
Uchinchi yo’l: o’quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’lib, ular o’qish va o’rgatishning asosiy elementlarini o’rnatib, o’zida oliy darajadagi pedagog olimlarning o’qitishdagi uslub va yo’llarini mujassamlashtirgan bo’ladi.
Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo’lmagan oddiy ishchi tayyor texnologiya bo’yicha oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarganidek, oddiy o’qituvchi, pedagogik texnologiyani qo’llab, ajoyib natijalarga erishadi. Pedagogik texnologiyaning qimmati va ahamiyati aynan shu bilan belgilanadi.
Ommaviy o’qitish sharoitida talabalarning to’la o’zlashtirishga erishishini ta’minlaydigan yagona to’g’ri yo’l – shu yo’ldir. Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish texnologik jarayoniga o’xshab ko’zlangan (rejalashtirilgan) natijalarga erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyalarning o’zi nima va u an’anaviy ta’limdan nima bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo’llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo’q, mazmunining yagona talqini ham ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar.
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy XVII asrdayoq ta’limning «Vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashni boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibdagi o’qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, hamma narsa toshlari to’g’ri muvozanatlangan soatdek, faqat ana shunday mahorat yaratilgan asbobda erishish mumkin bo’lgan bexatolik bilan ilgarilaydi» - deb aytgan.
Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish – texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko’zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
T.S.Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 1970-yilarning boshlarida AQShda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalardir.
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi, YuNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo’llab-quvvatlandi va hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o’zlashtirilmoqda, qo’llanilmoqda. Ko’pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubi Koreyada pedagogik texnologiya bo’yicha tajriba-sinov tarzida o’qitayotgan 50 ming boladan 75 foizida an’anaviy o’qitishda faqat eng yaxshi o’quvchilar erishadigan natijalar qo’lga kiritilgan. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish