1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo`linadi



Download 1,17 Mb.
bet31/65
Sana18.04.2022
Hajmi1,17 Mb.
#559389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
1. Maruza -

Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo`linadi:
1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi;
2. Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi.
Qadimgi zuluklar kenja sinfi ga qiidor zuluklar (Acanthobdella) turkumi kiradi. Bu turkumga faqat 2 ta tur kirib, ular losos baliqlarida parazitlik qiladi. Tana uzunligi 3 sm gacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, jumladan, bosh tomonidan 2 segmentdan 6 segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan yirik qilchalari boiadi. Ularning gavdasi 30 ta segmentdan tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida og‘iz so‘rg‘ichi yo‘q, faqat dum tomonida kichik orqa so‘rg‘ichi bo`ladi.
Qiidor zuluklaming asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan losossimon baliqlaming suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi, qonini so‘rib ovqatlanadi. Ularning bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga xizmat qiladi. Qiidor zuluklami rus zoologi N.A.Livanov har tomonlama o‘rgangan. Bu olimning ko‘rsatishicha, qiidor zuluklaming ichki organlari da ham oz qilli halqalilar va zuluklaming xususiyatlari saqlangan, ya’ni bularda ham ikkilamchi tana bo‘shlig‘i mavjud.
Qiidor zuluklar Osiyo va Yevropaning shimoliy qismida, ayrim daryo va katta k o i havzalarida tarqalgan. Ular baliqlarda bahoming oxiri va yoz oylarining boshida paydo bo‘la boshlaydi. Bu vaqtda ularning har birining og‘itligi 5-10 mg atrofida bo`ladi. Kuz oxiriga kelib, ular voyaga yetadi (og‘irligi 200 mg atrofida bo`ladi) va o‘z xo‘jayinlarini tashlab ko‘paya boshlaydi. Acanthobdella peledina shimoliy oikalarda va Sibir koilarida, Acanthobdella ivanovi esa Kamchatka koilarida baliqlarda parazitlik qiladi.
Haqiqiy zuluklar kenja sinfi o‘z navbatida 2 ta turkumga - xartumli zuluklar va ja g`i zuluklarga bo`linadi. Xartumli zuluklar fRhvnchobdelida) turkumiga kiruvchilar - xartumchaga aylangan tomog‘i boiishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli hayvonlarga, ayniqsa, baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so‘rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi. Odatdagi oddiy baliq zulugi - Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda parazitlik qiladi.
Bizning havzalarimizda ko‘pincha chig‘anoqli zuluk - klepsina (Glossosiphoniacoinplanata) uchraydi. Odatda ularning uzunligi 3 sm atrofida boiib, chuchuk suv molluskalarhimg har xil turlarini (shiliiqlami, g‘altaksimonlami va boshqa shilliqqurtlami) tutib yeydi. Chig‘anoqli zuluklarda nasi uchun qayg‘urish kuchli rivojlangan. Ular pillalarini gavdasining qorin tomoniga yopishtirib oladi va bu vaqtda ona zuluk kam harakat qiladi.
U biron o‘simlikka so‘rg‘ichlari bilan yopishib, gavdasini tebrantirib turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham, ona zuluk o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Odatda yosh zulukchalar o‘z so‘rg‘ichi chuvalchangi bilan oziqlanayotgan soxta ot bilan onasining qorin tomoniga yopishganicha bir necha kun qoladi va so‘ngra onasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga о‘tadi. Ayrim xartumli zuluklarda haqiqiy jabrasi bo`ladi.
Xartumli zuluklaming ayrim turlari qushlarda parazitlik qiladi. 5 sm gacha keladigan bu zuluklar suvda suzuvchi qushlaming o g iz bo‘shlig‘i va nafas yoilariga yopishib, qon so'rib yashaydi. Ayrim havzalarda ular g‘oz, o‘rdak va boshqa xonaki qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Ba’zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va, hatto, odamlarda ham parazitlik qiladi. Xartumli zuluklar 3 tadan 5 tagacha pilla qo'yishi mumkin. Bitta zuluk 65 tadan 611 tagacha tuxum qo‘yadi.
Jag‘li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilar ko‘pchiligida og‘iz bo‘shlig‘ida jag‘ apparati boiishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi zuluklarda 5 juft ko‘z va qo‘shilish organi bor. Ular asosan qon so‘rib, ba’zida esa mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag‘lari kichrayib ketgan.
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) ja g ii zuluklar turkumining eng muhim vakilidir. Uning og‘iz bo‘shlig‘ida 3 tajagi boiib, har bir jag‘ida 100 ga yaqin xitinli tishlari boiadi. 25-30 sm gacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDHning janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, Qozogiston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy Ukrainaning turli suv havzalarida ko‘plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil umurtqali hayvonlaming qoni bilan ovqatlanadi. Lekin uning asosiy ozuqa manbai bu baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi.
Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi va bir yilda bir marta yoz oylarida pilla qo‘yadi. Laboratoriya sharoitida esa jinsiy voyaga yetgan zuluklami 12-18 oy ichida o‘stirish mumkin va ular yilning turli fasllarida har 6-8 oy ichida pilla qo‘yishi mumkin. Tibbiyot zulugining pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum boiadi. Bitta tibbiyot zulugi 10 sm3 qon so‘rishi va shundan so‘ng 1,5-2 yil ovqatlanmay yashashi mumkin.XIX asr oxirlarigacha tibbiyot zulugi xalq tabobatida turli kasalliklami, ya’ni ko‘zning ichki bosimi ortib ketishiga aloqador ko‘z kasalliklarini (glaukoma) davo qilishda, miyaga qon quyilganida, gipertoniyada, yomon yaralar chiqqanida ko‘p qoilanilgan. Masalan, 1940-yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan tabobatda foydalanishgan. Hozirgi paytda ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim kasalliklarga qarshi, ya’ni qon bosimini pasaytirish maqsadida keng qoilaniladi. Shuning uchun ham tibbiyot zulugini faqat tabiiy suv havzalaridangina ushlash bilan qanoatlanmasdan, balki ular alohida pitomniklarda ham ко ‘ paytirilmoqda.
Jag`li zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi (Haemopis sanguisuga) ham kiradi. Uning jagiari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. U yirtqich:ik bilan hayot kechirib, asosan chuvalchanglar, molluskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o'z pillalarini qirg‘oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko‘mib qo‘yadi. U Markaziy Osiyoning tog‘li hududlaridagi tiniq suvli ко‘I va soylarda uchraydi. Jagii zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu zararli zuluk Afrikada, Janubi sharqiy Yevropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda ko‘p tarqalgan. Shu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og‘iz bo‘shlig‘i yoki halqumiga o‘tib, yopishib qon so‘radi va hayvonlarga katta zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, Markaziy Osiyoda 30 % gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan zararlanadi.
Odam hovuzdan cho‘kkalab suv ichganida ba’zan suv bilan odamning halqumiga yoki qizilo‘ngachiga ot zulugi o ‘tib yopishadi va qon so‘radi. Ular girudin moddasi ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi boiadi. Umuman, bu zuluklar odamning burun bo‘shlig‘ida, traxeyasida ham parazitlik qilganligi fanga ma’lum. Ularning, ayniqsa, traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so‘rgan sayin shishib kattalasha boradi va odajnning bo‘g‘ilib qolishiga sabab boiadi. Bunday paytda zuluklar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi yoki 10 % li osh tuzining kuchli eritmasiga tomoqni chayqash y o ii bilan tushiriladi. Ot zulugining jaglari juda kichkina, rangi sargish, och zangori tusda, ikki yon tomonida sarg‘ish-qizil yo`li bor, dum so‘rg‘ichi juda katta.
Jagii zuluklar turkumiga yana tropik nam o‘rmonlarida, quruqlikda yashovchi qonxo‘r ja g ii zuluk - Haemodipsa ceylonica ham kiradi. Ular, ayniqsa, Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 sm li bu zuluklar daraxtga yopishgan holda odam va hayvon o‘tishini poylaydi hamda ko‘pincha ularga tashlanib, qonini so‘rib azob beradi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish