HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDES) tipi, ZULUKLAR HlRUDINEA) sinfiga 450 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir qismi esa dengizlarda yashaydi. Umurtqali hayvonlarda vaqtincha ektoparazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Ular asosan qon so‘rib yoki mayda hay
vonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari quruklikda yashashga ham moslashgan. Masalan, tropik nam o‘rmonlarda, quruklikda - Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda 3-5 sm li qonxo‘r ja g ii zuluklar daraxtga yopishgan holda hayvon yoki odam o‘tishini poylaydi va ko'pincha ularga tashlanib, azob beradi.
Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o‘rmalab yoki suvda suzib yashaydi. Ulaming tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so‘rg‘ichi bo‘lib, uning o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa juda yaxshi rivojlangan orqa so‘rg‘ichi joylashgan. Orqa so‘rg‘ichining yelka tomonida anal teshigi bor. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan ana shu so‘rg‘ichlarining boiishi, ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining boimasligi (qillar faqat primitiv turlaridan — qildor zuluklardagina saqlangan) bilan keskin farq qiladi. Bundan tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to‘g‘ri kelmaydi,ya’ni tashqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan. Zuluklaming turli vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha tashqi segmentlar to‘g‘ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to‘g‘ri keladi). Zuluklaming tashqi halqalanishi tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan boiib, bu qalinlashib ketgan teri-muskul qopchigining egiluvchanligini ta’minlaydi.
Zuluklar tanasining uzunligi 1 sm dan 30 sm gacha boradi. Laboratoriya sharoitida 1,5 yil davomida 44 sm ga yetadigan zuluk o‘stirilgan. Zuluklar harakatlanganida, oldin orqa so‘rg‘ichi bilan biror narsaga yopishib olib, gavdasini oldinga cho‘zadi, shunda oldingi o g iz so‘rg‘ichi bilan boshqa narsaga yopishib oladi. Bu vaqtda orqa so‘rg‘ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga qarab tortilib, ilmoq kabi egiladi. Shu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Ular suzganda butun gavdasi bilan toiqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa va qorin tomonlari bukiladi.
Zuluklaming haqiqiy ichki segmentlari doimiy boiib, ulaming soni 33 ta boiadi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). Bunda gavdasining oldingi 4 ta segmenti og‘iz so‘rgichini tashkil qiladi, 22 ta segmenti gavda bo`limini va 7 ta oxirgi segmentlari qo4shilib orqa so‘rg‘ichini hosil qiladi.
Zuluklar turli usulda ovqatlanishi munosabati bilan ulaming ovqat hazm qilish sistemasi bir qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Zuluklaming oldingi
so‘rg‘ichi tubida ulaming og‘zi joylashgan. Ogizdan so‘ng ovqat hazm qilish organining oldingi boiimi boshlanadi. Bu boiim ektoderma bilan qoplangan bo`lib, u og‘iz bo‘shlig‘i, muskulli tomoq va kalta qizilo‘ngachdan iborat.
Xartumli va jagii zuluklaming o g iz bo‘shlig‘i va tomogi har xil tuzilgan. Masalan, xartumli zuluklaming og‘iz bo‘shlig‘i orqa tomonga qarab o ‘sgan va xuddi qinga o‘xshab tomoqni o‘rab, sermuskul tomoq xartumchasiga aylanadi. Bu xartumchalar alohida muskullar vositasida tashqariga chiqarilishi va ichkariga tortilishi mumkin. Bunday zuluklar xartumlari bilan turli hayvonlaming, masalan, molluskalaming yupqa terisini teshib, ichiga kirib, oziqni so‘rib ovqatlanadi. Jagii zuluklarning (tibbiyot zulugi) og‘iz bo‘shlig‘ida esa uchta bo‘ylama muskulli valiklari bor. Bu valiklaming qirralari bir-biriga qaragan boiib, jag‘ hosil qiladi. Qattiq xitinlashgan va muskulli jagiaming ustki tomonida o‘tkir - arrasimon tishchalar bor. Zuluklar ana shu jag‘lari bilan odam va hayvonlaming terisini jarohatlaydi. Tibbiyot zulugi shu xilda qon so‘rib ovqatlanadi.
Zuluklaming tomog‘iga ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘ining chekkasidan bir juft bez ochilgan. Bu bezlar ishlab chiqargan modda (so‘lak) gemofilin yoki girudin deyiladi. Girudin moddasi odam qoniga ta’sir etib, uni ivib qolishdan saqlaydi. Shu sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.
Qon so‘ruvchi zuluklaming jig‘ildoni juda rivojlangan bo‘lib, u tarmoqlanib yonbosh juft o ‘simtalar hosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o‘rta ichagida 10-11 juft yonbosh o‘simtalari boiib, bu o‘simtalaming oxirgi bir jufti yaxshi rivojlangan va u ikki уonga joylashgan holda gavdaning keyingi uchigacha cho‘ziladi.
Oshqozonning (o‘rta ichakning) bu o‘simtalarida zaxira qon ivimagan holda uzoq vaqt saqlanadi va ichakning pastki boiimlariga tushib turadi hamda hazm boiadi.
Zuluklarda oziq (qon) asosan keyingi ichakda hazm boiadi va so‘riladi. Keyingi ichak dum tomonida joylashgan ektodertnadan hosil boigan kalta to‘g‘ri ichakka qo‘shiladi va anal teshik bilan keyingi so‘rg‘ichning tepasida ochiladi. Zuluklar 2-3 yilda voyaga yetadi va 15-20 yil umr ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |