1-ma’ruza o`tish jarayonlari umumiy ma’lumotlar



Download 396,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.07.2022
Hajmi396,55 Kb.
#740422
  1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза 1-1



1-MA’RUZA 
 
O`TISh JARAYoNLARI 
Umumiy ma’lumotlar 
Elektr zanjiridagi jarayonlarning xarakteri (uning rejimi) 
e
(
t
) va 
j
(
t
) energiya 
manbalarining parametrlariga ham, passiv elementlarning (
R,L,C
) parametrlariga 
ham bog`liq. Ko`rsatilgan kattaliklar qiymatlarining har qanday o`zgarishida 
zanjirdagi tok va kuchlanishlar, ular bilan birga elementlarda to`planayotgan 
energiya miqdorlari ham o`zgaradi. Agar chiziqli zanjirlarni ko`radigan bo`lsak, 
ma’lumki, 
ularda 
rezistorning 
qarshiligi, 
g`altakning 
induktivligi 
va 
kondensatorning sig`imi o`zgarmas bo`ladi, bunday zanjirlarda tok va 
kuchlanishlarning o`zgarishi faqat energiya manbalarining tok va kuchlanishlari 
o`zgarganda ro`y beradi (bu zanjirning strukturasi va passiv elementlarning 
o`zgarishi hollarini ham o`z ichiga oladi. Faqat tahlil qilinayotgan zanjirni har bir 
etapda alohida ko`rish lozim). Bunda zanjirdagi o`rtacha energiyaning qiymati 
printsipial rol o`ynaydi. Agar o`rtacha energiya miqdori o`zgarmas qolayotgan 
bo`lsa, zanjirda turg`unmas (o`tish) rejimi kuzatilayotgan bo`ladi.
Yuqoridagi ta’rif bo`yicha o`zgarmas EYuK va toklarning yetarli darajadagi 
davomiylikdagi ta’siri ostida rejim turg`un bo`ladi. Bunday holat EYuK 
manbalarining kuchlanishlari va tok manbalarining toklari xohlangan miqdorda 
tez, biroq davriy o`zgarayotgan va zanjirdagi o`rtacha energiya miqdori o`zgarmas 
qolayotganda ham bo`ladi. Shu sababli bunday ta’sirlar ostidagi zanjirlardagi 
jarayonlar ham turg`unlar qatoriga kiritiladi (masalan, garmonik ta’sirlar ostidagi 
jarayonlar ham turg`un hisoblanadi). Biroq, agar aniq qilib aytiladigan bo`lsa, 
rejim faqat cheksiz davom etayotgan bo`lsa, turg`un bo`ladi. Amalda har qanday 
haqiqiy jarayon hamma vaqt, masalan, energiya manbasining ulanishi va 
o`chirilishi, boshlanishga va yakuniga ega. Shuning uchun jarayonlarni faqat 
qat’iy aniqlangan vaqt intervallari uchun turg`un hisoblash mumkin. 
Shunday qilib, turg`un rejim turg`unmas rejimning xususiy holi hisoblanadi. 
Masalaga jiddiy qaralganda har qanday real qurilmada jarayonlar hamma vaqt 
turg`un jarayonlardan farq qiladi va baozan ularga yaqinlashadi. Shu sababli o`tish 
jarayonlarining tahlili katta qiziqish uyg`otadi, buning ustiga bir qator 
radioelektron va elektrotexnik qurilmalar (masalan, impulps qurilmalar) uchun 
o`tish rejimi ish rejimi bo`lib xizmat qiladi. Zanjirlar nazariyasida energiya 
manbalarining har qanday ulanishlari va topologiya parametrlarining to`satdan 
o`zgarishlarini, EYuK va toklarning sakrab o`zgarishlarini kommutatsiyalar deb 
atash qabul qilingan. Umumiy holda har bir kommutatsiya ikkita turg`un rejim 
o`rtasida oraliq bo`ladigan o`tish jarayoniga olib keladi. Real zanjirlarda bunday 
o`tish birdaniga sodir bo`lmaydi, chunki bu zanjir energetik holatining o`zgarishini 
talab qiladi. U esa o`z navbatida zanjir maydonlari elektromagnit energiyasining 
o`sishi yoki kamayishi bilan bog`langan. Quvvat energiyaning vaqt bo`yicha 
hosilasi bo`lgani sababli energiyaning sakrab o`zgarishi energiya manbasining 
fizik nuqtai-nazardan mumkin bo`lmagan cheksiz quvvatga ega bo`lishini talab 


qiladi. Energiya manbalarining cheklangan quvvati o`tish jarayoni nazariy
jihatdan cheksiz davom etishidan darak beradi. Amalda, qisqa vaqt, sekundning 
bo`laklari bilan o`lchanadigan davr ichida tok va kuchlanishlarning qiymatlari 
turg`un qiymatlarga shunchalik yaqinlashadiki, o`tish jarayonlarini tugallangan deb 
hisoblash mumkin.
O`tish 
jarayonlarining 
tahlili 
turg`un 
jarayonlarnikidan 
ancha 
murakkabroqdir. Turg`un rejimda tok va kuchlanishlarni aniqlash uchun tahlil 
qilinayotgan zanjir sxemasidagi jarayonlarni ifodalovchi algebraik tenglamalarni 
yechish yoki differentsial tenglamalarning xususiy yechimini topish kifoyadir. 
O`tish rejimida esa tok va kuchlanishlarni topish uchun boshlang`ich shartlarni 
bilgan holda, differentsial tenglamalarning to`la yechimlarini aniqlash lozim 
bo`ladi. O`tish jarayonlarini (turg`un rejimdagi kabi) tahlil qilish ikki bosqichda 
o`tkaziladi, avvalo, o`rinbosuvchi sxema quriladi, so`ngra esa bu sxemadagi 
jarayonlarni ifodalovchi differentsial tenglamalar tuziladi va yechiladi. Sxemani 
qurishda ikkita soddalashtirishga yo`l qo`yiladi. Ularning birinchisi rezistorlarning 
qarshiliklari, kondensatorlarning sig`imlari va g`altaklarning induktivliklari, 
muammoga jiddiy qaralganda, kommutatsiya paytida tok va kuchlanishlarning 
keskin o`zgarganligi sababli tok va kuchlanishlarning funktsiyasi ekanligi bilan 
bog`liq. Shu sababli, o`tish jarayonini aniq ifodalash uchun egri chiziqli 
differentsial tenglamalarni ishlatish lozim. Lekin passiv elementlarning egri 
chiziqliligini hisobga olish tahlilni haddan tashqari murakkablashtirib tashlaydi va 
shuning uchun o`tish jarayonlarini tadqiq qilishda hamma passiv elementlarning 
parametrlari o`zgarmas deb qabul qilinadi, ya’ni tahlil masalasi chiziqliliga 
keltiriladi. 
Ikkinchi soddalashtirish kommutatsiya jarayonining o`zi bilan bog`langan. 
Kommutatsiyaning amaldagi jarayoni har doim cheklangan vaqt oralig`i 

Download 396,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish