Polimer moddalar kimyosi rivoji tarixi. Respublikada tabiiy polimerlar kimyosi yo‘nalishining shakllanishi va rivojiga O‘zR FA akademigi H.U. Usmonov (1916-1994-yy.)ning tabiiy sellyuloza va uning birikmalari xossalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlari asos bo‘ldi. Olim rahbarligida 1950-yilda tabiiy polimerlar laboratoriyasi tashkil etildi, 1959-yilda O‘zR FA polimerlar kimyosi instituti ochildi va paxta lintidan turli sellyuloza birikmalari olish texnologiyalari yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.
Neft mahsulotlarini qayta ishlash.Bugungi kunda Vatanimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan neft-gaz xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar O‘zR FA akademigi A.S. Sultonov (1913-1983-yy.) rahbarligida O‘zR FA kimyo instituti organik kataliz laboratoriyasida 1947-yildan olib borilgan. 1964-1978-yillarda O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash va neft kimyosi ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlagan olim o‘z shogirdlari bilan nikelli katalizatorlar faolligi mexanizmini o‘rgandi, neft distillyatlarini krekinglash uchun zarur alyumosilikat katalizatorlari olish texnologiyasi ishlab chiqdi, Al-Ni-Mo va Al-Zn-Mo katalizatorlar ishlab chiqildi va yirik neftni qayta ishlash korxonalarida samarali qo‘llandi.
Neft mahsulotlarini qayta ishlash. Bugungi kunda Vatanimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan neft-gaz xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar O‘zR FA akademigi A.S. Sultonov (1913-1983-yy.) rahbarligida O‘zR FA kimyo instituti organik kataliz laboratoriyasida 1947-yildan olib borilgan. 1964-1978-yillarda O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash va neft kimyosi ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlagan olim o‘z shogirdlari bilan nikelli katalizatorlar faolligi mexanizmini o‘rgandi, neft distillyatlarini krekinglash uchun zarur alyumosilikat katalizatorlari olish texnologiyasi ishlab chiqdi, Al-Ni-Mo va Al-Zn-Mo katalizatorlar ishlab chiqildi va yirik neftni qayta ishlash korxonalarida samarali qo‘llandi.
Xotima o‘rnida.Akademik S.Y. Yunusov organik kimyo va alkaloidlar kimyosi, akademik O.S. Sodiqov bioorganik kimyo va tabiiy moddalar, akademik H.U. Usmonov polimerlar kimyosi, akademik M.A. Askarov sintetik polimerlar kimyosi fanlariga asos solgan va mamlakatimizda bu fanning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek kimyogarlari chet elda nashr etilgan ”Dunyoning taniqli kimyogarlari” kitobidan munosib o‘rin olganlar.