5. Modda tarkibiga kiruvchi atomlarning kimyoviy tabiati (boshqacha aytganda, moddaning reaksiyaga kirishish xususiyati) shu atomlar bilan boshqa atomlarning qanday bog‘langanligiga qarab o‘zgaradi. Atomlar kimyoviy xususiyatining bunday o‘zgarishi bevosita bog‘langan atomlarning o‘zaro ta’sirlashishidan kelib chiqadi. Bilvosita bog‘langan atomlarning o‘zaro ta’sirlashishi kuchsiz bo‘ladi.
3. О‘zbekistonda “Organik kimyo” fani va organik mahsulotlarishlab chiqarish
“Organik kimyo” fanining vujudga kelishi va taraqqiy etishida jahon kimyogar olimlari – Y. Berselius, Y. Libix, M. Bertlo, Y. Vant-Goff, J. Le Bel, F. Vyoler, A. Vilyamson, A. Bayer, A. Gofman, V. Grinyar, A. Kekule, A. Kuper, S. Kannitssaro, K. Ingold, E. Mitcherlix, L. Paster, L. Poling, V. Prelog, A. Vyurs, R. Vudvord, V. Reppe, J. Natta, shuningdek, rus kimyogarlari – N.N. Zinin, A.M. Butlerov, V.V. Markovnikov, E.E. Vagner, N.D. Zelinskiy, A.E. Favorskiy, A.E. Chichibabin, A.N. Nesmeyanov kabilar (bu olimlarning ishlari bilan kitobning tegishli mavzularida tanishib borasiz) bilan bir qatorda o‘zbekistonlik olimlarning ham munosib hissalari bor. Jumladan, akademiklar S.Y. Yunusov, O.S. Sodiqov, I.P. Sukervanik, H.U. Usmonov, N.Q. Abubakirov, M.S. Yunusov, S.I. Iskandarov, S.Sh. Rashidova singari o‘zbek kimyogarlarining organik birikmalarni o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlari va ulardagi yangiliklar nafaqat respublikamizda, balki jahon soha mutaxassislariga ham ma’lum.
Organik kimyo fani rivoji. Bu sohadagi dastlabki ishlar Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) va kimyo fakulteti tashkilotchilaridan biri professor S.N. Naumov (1874-1933-yy.) rahbarligida boshlangan. Keyinchalik bu ilmiy-tadqiqot ishlarini quyidagi olimlarimiz rivojlantirdilar. Akademik I.P. Sukervanik (1901-1968-yy.) Respublikada organik kimyo fani va ta’limi asoschilaridan biri, 1933-1968-yillar davomida O‘zMU organik kimyo kafedrasi mudiri, ko‘plab taniqli kimyogarlar ustozi. Ilmiy yo‘nalishlari: aromatik uglevodorodlarni katalitik alkillash va atsillash reaksiyalari, organik birikmalarning karbonillanish reaksiyalari asosida turli gerbitsidlar, defoliantlar va o‘simliklarni himoyalash vositalari olish, paxta zararkunandalariga qarshi preparatlar sintez qilish. - Organik kimyo fani rivoji. Bu sohadagi dastlabki ishlar Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) va kimyo fakulteti tashkilotchilaridan biri professor S.N. Naumov (1874-1933-yy.) rahbarligida boshlangan. Keyinchalik bu ilmiy-tadqiqot ishlarini quyidagi olimlarimiz rivojlantirdilar. Akademik I.P. Sukervanik (1901-1968-yy.) Respublikada organik kimyo fani va ta’limi asoschilaridan biri, 1933-1968-yillar davomida O‘zMU organik kimyo kafedrasi mudiri, ko‘plab taniqli kimyogarlar ustozi. Ilmiy yo‘nalishlari: aromatik uglevodorodlarni katalitik alkillash va atsillash reaksiyalari, organik birikmalarning karbonillanish reaksiyalari asosida turli gerbitsidlar, defoliantlar va o‘simliklarni himoyalash vositalari olish, paxta zararkunandalariga qarshi preparatlar sintez qilish.
- O‘simlik moddalari kimyosi rivoji. Respublikamizda ushbu ilmiy yo‘nalishning shakllanishi va rivoji akademiklar S.Y. Yunusov va O.S. Sodiqov ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Soha bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar Respublikamizda 1935-yildan boshlangan bo‘lib, uning shakllanishida va ilmiy kadrlar bilan ta’minlashda O‘zR FA akademigi, Mehnat qahramoni Yunusov Sobir Yunusovich (1909-1996-yy.), o‘simlik moddalar kimyosi bo‘yicha jahonga taniqli olim, “Alkaloidlar” monografiyasi ko‘plab chet tillariga tarjima qilingan, 1500 dan ortiq alkaloidlarni ajratib olgan, ulardan 700dan ortig‘ining kimyoviy tuzilishini, 100dan ortiq alkaloidlarning yangi manbalari aniqlagan, o‘nlab preparatlari tibbiyot amaliyotiga kiritilgan. Uning shogirdi, akademik N.Q. Abubakirov rahbarligida glikozidlar kimyosi chuqur o‘rganildi va ilmiy maktabi jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 1956-yilda S.Y. Yunusov bevosita ishtiroki va rahbarligida tashkil etilgan O‘zR FA O‘simlik moddalar kimyosi instituti 1999-yilda uning nomi bilan ataldi.
O‘zR FA akademigi, Mehnat qahramoni O.S. Sodiqov (1913-1987-yy.) Respublikada kimyo fani va ta’limini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan fan va davlat arbobi, o‘z shogirdlari bilan 300dan ortiq dipiridil, xinozolin, izoxinolin alkaloidlarini ajratib olgan va kimyoviy tuzilishini aniqlagan, gossipol va anabazin gidroxloridlarni sanoatda olish texnologiyasini yaratgan. 1956-yilda mikrobiologik usulda itakon kislota ishlab chiqarishni joriy qildi, go‘za bargidan limon va olma kislotalari ishlab chiqarishni sanoat usulida yo‘lga qo‘ygan. Ustoz bioorganik kimyo sohasiga zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarini kiritdi, uning “Химия алкалоидов A. aphylla” monografiyasi soha mutaxassislarining kundalik ishchi qo‘llanmasiga aylandi. O‘zR FA Bioorganik kimyo institutiga 1988-yilda akademik O.S. Sodiqov nomi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |