Aromatik uglevodorodlarning alohida vakillari. Benzol -80,10C da qaynaydigan, 5,40C suyuqlanadigan rangsiz suyuqlik, suv bilan azeotrop hosil qiladi. Sanoatda malein angidridi, xlorbenzol, nirtobenzol, sintetik yuvuvchi vositalar, bo’yoqlar va boshqa qimmatbaho birikmalar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Toluol-110,50C da qaynaydigan, -920C suyuqlanadigan rangsiz suyuqlik. Sanoatda asosan benzoy kislota, trinitrotoluol, benzolxlorid va boshqalar olishda ishlatiladi.
Ksilollar. Ksilollar asosan neft tarkibidan ajratib olinadi. Ftal kislotalar va ular asosida lak-bo’yoqlar, sintetik tolalar (lavsan) olishda ishlatiladi.
Etilbenzol 136,10C da qaynaydigan suyuqlik. Sanoatda benzolni suvli alyuminiy xlorid ishtirokida etilen bilan alkillab olinadi va asosan vinilbenzol (stirol) olish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |