Birikish reaksiyalari.
V
odorodning birikishi. Alkenlar vodorodni foqat Pt, Pd, Ni kabi katalizatorlar ishtirokida biriktirib oladilar:
B
unda etilen uglevodorodi katalizator yuzasida yutilib -bog’larning uzilshi osonlashadi. Vodorod ham katalizator yuzasida yutiladi, natijada H–H orasidagi bog’lanish bo’shashadi.
Etilenning gomologlari etilenga qaraganda vodorodni oson biriktirib oladilar.
Galogenlash. Olefinlar galogenlarni oson biriktirib oladilar:
Galogenlash jarayonining tezligi galogenning tabiatiga bog’liq, galogenlash reaksiyasi ftor bilan olib borilganda jarayon portlash, yonish bilan boradi. Galogenlar olefinlarga radikal yoki ionli mexanizm bo’yicha birikishi mumkin.
Etilen uglevodorodlariga galogenlarning birikish reaksiyasi qo’shbog’ borligini ko’rsatuvchi sifat reaksiyasi bo’lib xizmat qiladi.
Galogenlarni etilen uglevodorodlariga ionli mexanizm bo’yicha birikishi elektrofil birikish mexanizmi bo’yicha boradi.
Dastlab etilen uglevodorodi elektrofil agent bilan -kompleks hosil qiladi, so’ngra -kompleks orqali mahsulot hosil bo’ladi:
Etilen uglevodorodiga Br+ ni birikish bosqichining tezligi eng kichik bo’lganligi uchun bu reaksiyani elektrofil birikish bilan boruvchi reaksiya deyiladi.
Gidrogalogenlash. (galoid vodorodlarning birikishi). Etilen uglevodorodlari galoid vodorodlarni biriktirib olib, galoid alkillarni hosil qiladilar. Reaksiya vodorod yodid bilan juda oson boradi.
Nosimmetrik olefinlarga galoid vodorodlarning birikishi V.V. Markovnikov qoidasiga muvofiq boradi. Bunda vodorod ko’p vodorod tutgan uglerod atomiga borib birikadi:
I
kationning hosil bo’lishi II kationining hosil bo’lishiga qaraganda oson, chunki nosimmetrik tuzilishga ega bo’lgan etilen uglevodorodlarida elektron bulutining zichligi quyidagi ko’rinishda siljigan bo’ladi:
Shuning uchun dastlab vodorod kationlari elektron bulutiga nisbatan zich bo’lgan chekkadagi uglerod atomlariga borib birikadi.
Agar reaksiya peroksidlar ishtirokida olib borilsa, birikish Markovnikov qoidasiga teskari tartibda boradi (Karashning peroksid effekti). Peroksid birikmalar ta’sirida galoid vodorodlardan galogenlarning radikallari hosil bo’ladi:
Bu radikal chekkadagi uglerod atomiga borib birikadi, chunki bunda nisbatan barqaror oraliq modda hosil bo’ladi:
B
u oraliq modda reaksiyani davom ettirib oxirigi moddani hosil qiladi:
Gipogalogenlash. Olefinlarga gipogalogenlarning birikishi ham Markovnikov qoidasiga nisbatan boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |