Omixta yem ishlab chiqashaing tarkibiy sxemasi.
Omixta yem zavodtari un va yorma zavodlaridan farqli o‘laroq ko‘p turdagi xomashyo qayta ishlanadi, buning ustiga xomashyo don, kichik maydalangan mahsulotlar, katta bo‘lakli, suyuq holda, taraga o‘ralgan ko'rinishda bo‘ladi.
Omixta yem ishlab chiqansh texnologik jarayoni quyidagi asosiy jarayonlardan tashkil topgan: xomashyoni qabul qilish, joylashtirish; saqlash va uni qayta ishlashga uzatish; xomashyoni ajratish; metallomaghit aralashmalardan tozalash; ba’zi turdagi omixta yemni ishlab chiqarishda qobiqli don ekinlarini qobig‘idan ajratish; komponentlami maydalash; maydalangan mahsulotni elash (nazorat qilish); komponentlami o‘lchash va aralashtirish; donadorlash; tayyor omixta yem mahsulotlami qadoqlash va uzatish. Bunday sxema asosida alohida xomashyo turlariga ishlov be- rish qiyin kechib, samaradorlik kam boMadi, chunki xomashyoga navbat bilan ishlov berish ko‘p vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari, tozalash uchun bir necha turdagi tozalash mashinalari kerak (masalan, bo‘r uchun — Al-DSM, don uchun — havo- g'alvirli ajratgich va boshq.).
Vaqtni iloji boricha qisqartirish uchun har bir xomashyoni tayyorlashda kerakli uskunalami to‘g‘ri tanlash lozim, qaysiki ular barcha xomashyolarga bir vaqtning o'zida ishlov berib, dozator osti bunkerlarini to‘ldirib turing. Bunda ishlab chiqarish jarayoni nisbatan tezlashadi, biroq uskunalardan foydalanish koeffitsiyfenti kamayadi, chunki retseptga alohida xomashyo tur- larini kiritish keng oraliqda o‘zgaradi. Bundan tashqari, ko‘p sonli uskunalami joylashtirish uchun ishlab chiqarish binolari may- donini oshirish hamda xodimlar sonini ko‘paytirish lozim. Amal- da quyidagi tarzda ish ko6riladi: fizik-mexanik xossalari bir-biriga yaqin xomashyolar va uni tayyorlash uchun kerakli uskunalar oldindan tanlab olinadi, bunda xomashyoni tayyorlashning bir necha oqimlari hosil qilinadi. Bu oqimlar texnologik liniyalar deb yuritiladi.
Omixta yem zavodlaridagi texnologik liniyalar yaqin texnologik xossali xomashyolami qayta ishlash uchun, tozalash, maydalash va boshqa ishlov berishning bir xil usullarini qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Turli xomashyolar texnologik liniyalarda navbat bilan ishlov berilib, tayyorlangandan so‘ng dozator osti bunker- lariga yuboriladi. Dozalash va aralashtirish jarayonlarini, granulalash jarayoni bitta texnologik liniyaga ajiatiladi.
Xomashyo tayyorlashning texnologik liniyalari soni zavod quwatiga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish talabiaridan ham kelib chiqadi. Standartlarda belgilangan, o‘matilgan sifat me’yorlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ularning soni beshtadan kam bo'lmasligi kerak. Har bir korxona uchun zaruriy tarzda quyidagi liniyalar bo'lishi lozim: donli, unli mahsulotlar, presslangan va yirik bo‘lakli mahsulotlar, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, mineral kelib chiqishli xomashyolar. Alohida texnologik liniyalarning quvvati minimal xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishtirokida ishning uzluksizligini ta’minlashi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |