P1 tekislikni mos ravishda A1, B1, C1 nuqtalarda kesib o’tadi.
Bu nuqtalar A, B, S nuqtalarning
markaziy proeksiyalari hisoblanadi. 1-rasm Demak, S - nuqta proeksiyalash markazi, P1 - proeksiyalar
tekisligi va SA, SB, SC - proeksiyalovchi nurlar deyiladi.1 Shakldan ko’rinib
turibdiki, markaziy
proeksiyalashda shaklning geometrik xossalari saqlanib, uning o’lchamlarigina o’zgaradi xolos. Ya’ni
fazodagi ABC uchburchakning P1 tekislikdagi markaziy proeksiyasi A1 B1 C1 uchburchak-dan iborat,
lekin o’lchamlari o’ziga teng bo’lmaydi.
1.1-rasm
Markaziy proyeksiyalashning xossalari. Markaziy proyeksiyalashda
geometrik shakllar
quyidagicha tasvirlanadi.
1-xossa. Nuqtaning markaziy proyeksiyasi nuqta bo'ladi.
2-xossa. SA nurda yotuvchi A, A1, A2, A3,... nuqtalarning markaziy proyeksiyalari Ap nuqta bilan
ustma-ust tushadi.
3-xossa. Proyeksiyalash markazidan o'tmaydigan to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi kesma
bo'ladi.
1.2-rasm.
Parallel proyeksiyalash usuli.
Proyeksiyalar markazi S cheksizlikda joylashgan deb qaralsa, u
holda proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar o’zaro parallel vaziyatni egallaydi. Shu yo’sinda
qurilgan
proyeksiyalarga parallel proyeksiyalar deyiladi. Yuqorida, ya’ni, markaziy
proyeksiyalarda aytib
o’tilgan xossalar parallel proyeksiyalarda ham saqlanib qoladi. Fazodagi har qanday nuqta faqat bitta
parallel proyeksiyaga ega bo’ladi.
Parallel proyeksiyalarda ham xuddi markaziy proyeksiyalardagidek, nuqtaning bitta proyeksiyasi
uning fazodagi vaziyatini to’liq aniqlay olmaydi.
1.3-rasm.
1.3-rasmda S yo„nalishga parallel bo’lgan AA1, BB1, CC1 proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar P1
tekislik bilan kesishib fazodagi A, B, C nuqtalarning A1, B1, C1 geometrik o„rinlarini, ya’ni parallel
proyeksiyalari hosil qiladi.n A1, B1, C1proyeksiyalar A, B, C nuqtalarning fazodagi vaziyatini to’liq
aniqlay olmaydi. Parallel proyeksiyalarda ham nuqtaning fazodagi vaziyatini uning ikki yoki undan ortiq
proyeksiyalari yordamida aniqlanadi. Masalan, 3-rasmda fazodagi A, B nuqtalarning fazodagi vaziyati
ularning A1, A2, B1, B2 proyeksiyalari orqali berilgan. Parallel proyeksiyalarda proyeksiyalash
yo’nalishining proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan burchagiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli
proyeksiyalar arqlanadi. Agar proyeksiyalash yo’nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan o’tkir burchakni
tashkil etsa, qiyshiq
burchakli proyeksiyalar, to’g’ri burchakni tashkil etsa, to’g’ri
burchakli yoki
ortogonal proyeksiyalar hosil bo’ladi. Ortogonal proyeksiyalar parallel proyeksiyalarning xususiy xoli
hisoblanadi.
1.4-rasm.
1.4-rasm Qiyshiq burchakli proyeksiyalar asosida aksonometrik proyeksiyalar quriladi, to’g’ri
burchakli proyeksiyalar asosida esa texnik chizmalar tuziladi.
Parallel proyeksiyalashning xossalari.Agar ob’ekt elementlari istalgan proyeksiyalash usuli bilan
tekislikka
proyeksiyalansa, ular asliga nisbatan ma’lum darajada o’zgarib proyeksiyalanadi. Lekin,
proyeksiyalanayotgan ob’ektning o’zi bilan uning proyeksiyalari orasidagi o’zaro bog’liqlik hamda
ularning asosiy eometric xossalari saqlanib qoladi. Quyida parallel
proyeksiyalarning asosiy
xossalarini ko’rib chiqamiz.
1.5-rasm.
1-xossa
Do'stlaringiz bilan baham: