Bor nazariyasining kamchiliklari. Bor nazariyasi atom fizikasi rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib, kvant mexanikasining yaratilishi-da muhim qadam bo’lib xizmat qildi. U vodorod va vodorodsimon atomlarning spektrlari va spektral chiziqlarning chastotalarini hisoblashga imkon bergan boisa-da, bu chiziqlarning intensivligini aniqlashga va u yoki bu o’tishlarning ro’y berishiga sabab nimaligini tushuntirishga ojizlik qildi. Bor nazariyasining jiddiy inqirozi, ayniqsa, eng sodda elementlardan biri, vodoroddan bevosita keyingi element — geliy atomining spektrini tushuntirish yoiidagi urinish-larning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida namoyon bo’ldi. Borning olzi biming asosiy sababi — nazariyaning yarimklassik ekanligida, ya'ni bir tomondan kvant postulatlari qo’llanilsa, ikkinchi tomon-dan klassik fizika qonunlarining qo’llanilishida, deb tan oldi. Atomning ichiga yanada dadilroq nigoh tashlash uchun yangi g’oya, yangi nazariyalarga muhtojlik tug’ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |