1-ma`ruza Mavzu: Tikuv sanoati haqida umumiy ma’lumotlar. Reja


Mashinalar puxtaligi va ish unumdorligi. Tikuv mashinalarini ishlatish va



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana27.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#413710
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma`ruza

 


Mashinalar puxtaligi va ish unumdorligi. Tikuv mashinalarini ishlatish va 
sozlash yo`llari 
Mashina sifati uning belgilangan vazifani bajarishdagi ishlash darajasini 
bildiradi. Mashina sifati haqida fikr yuritilganda, uning puxtaligi, inkorsiz 
ishlashligi, umrboqiyligi va ta’sirga loyiqligi tushuniladi. 
Puxtalik – bu mashinani belgilab berilgan funksiyasi bo‘yicha o‘rnatilgan 
muddat davomida to‘xtovsiz ishlashidir. Inkorsiz ishlatish deganda mashinaning 
o‘rnatilgan vaqt mobaynida o‘zining ishlash qobiliyatini saqlab qolishligi 
tushuniladi. 
Umrboqiylik – mashinaning ta’mirlash muddatlari oralig‘ida o‘zining ishlash 
va ish qobiliyatini saqlab qolishligidir. Ishga qobiliyatli mashina deganda, 
belgilangan funksiyani bajarish davomida texnik talablarga javob berishligi 
tushuniladi. 
Masalan, tikuv mashinalarida ularning sifatli baxya hosil qilishligi, texnologik 
jarayonning to‘g‘ri bajarilishi, moki iplari uzilmasligi va hokazo. 
Inkorlar sodir bo‘lishi esa mashinaning konstruktiv ishlab chiqarish va 
ekspluatatsion kamchiliklarga olib keladi. Misol tariqasida ishchi organlarning 
o‘zaro ishdagi hamkorligi buzilishi, igna o‘tmasligi yoki egriligi, reyka tishlari 
yeyilishini keltirish mumkin. Mashinaning barqaror ishlashini ta’minlash uchun 
texnik talablar va ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish hamda o‘z vaqtida moylash, joriy 
ta’mirlashlarni bajarib borish lozim. Tikuvchilik sanoatiga qarashli mashina, 
avtomat va avtomatik qatorlarni yaratishda, asosan, ularning tashqi ko‘rinishiga, 
shakliga, rangiga, boshqarish va foydalanishga qulayligiga e’tibor beriladi. 
Shu sababli ham loyihalanayotgan jihozni estetik qoidalarga binoan tashqi 
ko‘rinishi ishlab chiqiladi. Zamonaviy tikuv mashinalarni yaratish mobaynida 
konstruktorlar bilan birgalikda rassom-dizaynerlar ishtirok etadilar. Ular 
yaratilayotgan mashina yoki avtomatning tuzilishini, boshqarish sistemasini, 
bajariladigan texnologik jarayonni o‘rganib chiqqan holda tashqi ko‘rinishini 
tasvirlaydilar. 
Hozirga qadar tikuv sanoati jihozlari estetik ko‘rinishi hamisha iste’molchilar 
e’tiborida bo‘lgan. Masalan, «Zinger» firmasida hozirgi paytgacha ishlab 
chiqarilayotgan tikuv mashinalari zamon talabiga qarab turli xil dekorativ 
ornamentlar bilan bezatilib tayyorlanmoqda.
«Futura» elektron boshqaruvli mashinalarda esa ishlashga qulayligi e’tiborga 
olinib estetik ko‘rinish berilgan. «Rimoldi» va «Juki» firmalari rassom-dizaynerlari 
yo‘rmab tikish mashinalari ustki qismiga snos qo‘llaganlari uchun ko‘rinishi va 
yengilligi bilan ajralib turgan. 


Hozirgi paytda rassom-dizaynerlar konstruktorlar bilan loyihalash jarayonida 
yangi mashina maketiga turli xil ranglarni qo‘llab ko‘radilar. Barcha davlatlardagi 
rassom-dizaynerlar jihozlarni, sexlarni bo‘yashda ochiq ranglar ishlatilganda ish 
unumdorligi ancha oshishi mumkinligini ta’kidlaganlar. Bundan tashqari, 
mashinalar har bir qismi turli rangda bo‘lganda boshqarishga qulayroq bo‘lishini 
aniqlaganlar. 
Tikuvchilik sanoatiga qarashli mashina, avtomat va avtomatik qatorlarni 
yaratish va takomillashtirishda ergonomika talablariga ham e’tibor qilinadi. Bu 
talablar mashinani boshqarish, qurilma yoki elektron apparatlarni tanlash, ishlatish 
va ta’mirlashda qulaylikni, informatik yozuvlar bilan belgilash va tayyorlashni 
ta’minlashdan iborat. 
Mashinaning texnik shartlarida ko’rsatilgan oxirgi holatga kelgunga qadar 
bajargan ishi uning resursi deb aytiladi. Mashinaning tamirlashga yaroqliligi-uning 
texnik xizmsat ko’rsatish va tamirlash yo’li bilan ishlamay qolishi hamda 
nuqsonlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat 
bo’lgan xususiyatidir. 
Puxtalikning ko’rsatib o’tilgan har bir tarkibi mashinaning sifatiga o’zgacha 
tasir qiladi. SHubhasiz, mashinalarning putaligi oshirish ishlatiladigan mashinalar 
sonini oshirishga olib keladi. 
Mashinaning saqlanuvchanligi - uning o’z ish ko’rsatkichlarini saqlashi va 
saqlanish muddati davomida hamda bu muddat tugagandan so’ng ham texnik 
shartlarda ko’rsatilgan qiymatlarda saqlanib turish xususiyatidir. 
Tikuv mashinalarining puxtaligi qisman joriy inkorlar bilan, shuningdek, 
detallar yeyilishi natijasida yuzaga keladigan to’liq inkorlar bilan aniqlanadi. 
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishning elementlardan biri joriy inkorlarni 
bartaraf etish hisoblanadi. To’liq inkorlar mashina ish qobiliyatining yo’qolishiga 
olib keladi va kapital tamir o’tkazish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tasodifiy 
inkorlar, ayniqsa, yangi mashina va avtomatlarda kamdan-kam uchraydi. 
Foydalanishga 
kiritilgan 
yangi 
jihozlarning 
birinchi 
inkori 
ularning 
konstruktsiyalari sifati va tayyorlanish texnologiyasini tavsiflaydi. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish