Qirqimlarni ichki chok bilan tikish uchun, detallarni ostki de- talning qirqimi
ustki detal qirqimidan chok kengligi bilan ishlov haqqini kengligiga teng miqdorda
chiqib turadigan qilib taxlanadi. SHunday taxlangan materiallarni buklagich tepkiga
kiritiladi, bunda ostki detalning bukilgan qirqimi tepkining chap uchidan o’tib,
tepkining tagiga kirishi kerak.
CHokni bostirib tikishda tikilgan detal yozib yuboriladi-da, chokni chap
tomonga bukib, buklagich tepki tagiga joylanadi. Ich kiyim tikishda buklagich tepki
chokning kengligi 0,5-0,6 sm bo’lganda,maxsus kiyimlar tikishda esa chokning
kengligi 0,6-0,8 sm bo’lganda ishlatiladi.
Burma hosil qiladigan tepkilar ayollar va qiz bolalar ko’y- laklarini bezashda
ishlatiladi.Tepki bikr qilib ishlangan bo’lib, uning qisqa qilib ishlangan tagining
chap tomonida gorizontal kesigi bor.
Bunday tepkilar gazlamani bir tekisda burib, buyumni bezashda va ostki
qavatni bir yo’la burib ikki qavat materialni bir-biriga qo’shib tikishda ishlatishi
mumkin.
SHakllantiruvchi yo’naltirgichlar ipak va ip gazlamalardan ti- kiladigan
detallar yoki buyumlar qirqimlarini ochiq yoki yopiq bukib tikishga mo’ljallangan.
SHakllantiruvchi yo’naltirgich mashina platformasiga mahkamlanadi. Uning
chig’anoqsimon buklagichi gazlamaning bukilgan ziyini igna sanchiladigan
markazdan 1-1,5 mm chaproqqa o’tkazib turadigan qilib tepkidan oldinga
o’rnatilgan.
SHakllantiruvchi yo’naltirgichni ishlatishda gazlama qirqimini buklagichning
spirali ichiga to’ldirib kiritiladi-da, igna tagiga yo’naltiriladi.
Mag’izlagich lineykalar kiyim ilgaklari va shunga o’xshash de- tallarning
chetiga mag’iz qo’yib tikishda ishlatiladi. Mag’izlagich li- neyka tepki oldida
mashina platformasiga mahkamlanadi. Bir-biri ustiga joylashgan ikkita spirali bor
kronshteyndan iborat ustki va ostki spirallar orasidagi tirqishsimon o’yiqqa buyum
detallarining qirqimi kiritiladi.
Tikuv mashinalarida ishlatiladigan oddiygina moslamalarni ko’rib chiqib,
moslamalarni ishlab chiqishga va joriy etishga maxsus tikuv mashinalari ishlab
chiqarishga nisbatan ancha kam vaqt ketadi, degan xulosaga kelish mumkin. Bundan
tashqari, moslamalarni ish- latish yoki ishlatmaslik holatiga o’tkazish mumkinligi
oddiy tikuv mashinasini maxsus mashina sifatida ishlatish imkonini beradi.
Ushbu moslamalar ip gazlamadan erkaklar shimi, maxsus ish ki- yimlari,
ayollar ko’ylagi va o’quvchilar maktab kiyimlarini tikishga ixtisoslashgan
korxonalarda qo’llanilganda yaxshi natijalarga eri- shish mumkin. Ilmiy tadqiqot
institutlarining ma’lumotlariga ko’ra, bunday korxonalarda ko’pchilik texnologik
jarayonlar tegishli moslamalar bilan kompleks jihozlansa, mehnat unumdorligi 20–
30 % ga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: