1 – jadval
Sovitish agenti
|
Belgilanishi
|
Ximiyaviy formulasi
|
Molekulyar massasi
|
Normal bosimda qaynash harorati
|
Kritik harorati
|
Kritik bosim, bar
|
Qotish harorati
|
Suv
|
R 718
|
H2O
|
18,016
|
+100
|
374,15
|
221,1
|
+0,1
|
Ammiak
|
R 717
|
NH3
|
17,03
|
-33,3
|
132,4
|
118,9
|
-77,7
|
SO2 karbonat angidrid
|
R 744
|
CO2
|
44,01
|
-78,9
|
31,0
|
73,5
|
-56,6
|
Freon–11
|
R 11
|
CHFCl3
|
137,39
|
+23,7
|
198,0
|
43,7
|
-111,0
|
Freon–12
|
R 12
|
CHFCl2
|
120,92
|
-29,8
|
111,5
|
40,0
|
-155,0
|
Freon–22
|
R 22
|
CHF3Cl
|
86,48
|
-40,8
|
96,0
|
49,3
|
-160,0
|
Bu xildagi sovitish agentlari qaynayotganda issiqlik yutilishi sodir bo’ladi.
Sovitish mashinalari (qurilmalari) ish jismining turiga qarab ikkita asosiy guruxga bo’linadi:
1. Havoli (gazli) sovitish mashinalari (ish jismi–agent havo, bunda ish jismi o’z agregat holatini o’zgartirmaydi)
2. Bug’li sovitish mashinalari: bunda xladoagent (ish jismi) sifatida past haroratlarda qaynaydigan moddalarning bug’laridan foydalaniladi.
Bug’li sovitish mashinalari o’z navbatida sarf qilinadigan energiyaning turiga asosan 2 xil guruxga bo’linadi:
1 gurux: 1) Bug’li–kompressorli sovitish mashinalari. (mexaniq energiya sarflanadi).
2) Bug’ – ejektorli – Sovitish mashinalari.
II – gurux: 4) (issiqlik energiyasi sarflari)
3) Absorbtsion sovitish mashinalari
14.3. Havoli kompressorli sovitish mashinasiningtermodinamik tsikli
4 - rasm
1–sovitiladigan xona, B – bug’latgich, 2 – kompressor, 3 – kondensator (sovutgich), 4 – kengayish tsilindri (detander)
5 – rasm
Havoli kompressorli sovutish mashinasida juda qulay, xavfsiz va tekin bo’lgan atmosfera havosidan ish jismi sifatida foydalaniladi. Havo sovutish qurilmasi quyidagicha ishlaydi. Sovutiladigan xonani 1 sovitib, qizigan havo kompressor 2 orqali siqiladi, natijada uning harorati ortadi. Siqilgan havo o’zgarmas bosimda 3 kondensatorga uzatiladi. Bu yerda havo sovuq suv orqali atrof–muhit haroratigacha soviydi. Shundan so’ng havo kengayish tsilindri yoki detanderga 4. o’tadi va boshlang’ich bosimigacha kengayadi. Kengayish jarayonida havoning harorati - 60С yoki - 70С ga qadar pasayadi. Sovigan havo yana sovitiladigan xonadagi bug’latgichga kelib qiziydi va kompressorga uzatiladi.
Havoli sovutish mashinasining ideal tsikli rv va T–S diagrammalarda ko’rsatilgan.
Havo 1–2 jarayon bo’yicha adiabatik ravishda Р1 dan Р2 qadar siqiladi. (kompressorda).
2–3–izobarik jarayonda havodan q1 issiqlik olib keladi va harorati Т2 dan Т3 ga qadar pasayadi. 3–4–adiabatik kengayish jarayonida esa havo yana qo’shimcha ravishda sovitiladi va harorati Т3 dan Т4 ga qadar pasayadi.
So’ngra 4–1–izobarik jarayonda havo q2 issiqlik olib qiziydi va harorati Т4 dan Т1 ga ortadi.
Tsiklni amalga oshirish uchun sarf bo’ladigan ish q1 va q2 issiqliklarning ayirmasiga teng bo’ladi. Agar havoning issiqlik sig’imini o’zgarmas deb qarasak:
q1 = Ср (Т1 –Т3); q2 = Ср (Т1 –Т3);
l=q1 – q2 = Ср(T2–T3) –Ср(T1–T4); u xolda sovutish koeffitsienti quyidagiga teng bo’ladi:
1 – 2 va 3 – 4 – adiabatik jarayonlardan:
u xolda yoki proportsiya xossasidan
(8)
bunda: Т1 – Sovutilayotgan muhit harorati yoki kompressorga surilayotgan havo harorati;
Т2 – Siqilgan havoning harorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |