Absorbtsion sovutish qurilmalari
SM – sovutiladigan muhit; B – bug’latgich; D – drossellash ventili;
А1 – kipyatilnik (bug’ generatori); А2 – absorber:
Н – nasos: к – kondensator;
7 – rasm.
Absorbtsion sovutish qurilmalarida ish jismining tsirkulyatsiya kilishi absorbtsiya jarayoniga asoslangan. [Absorbtsiya–xladoagent bug’larining suyuq erituvchi tomonidan (absorbent tomonidan) yuritilishi. Shuning uchun bunday qurilmada kompressorli qurilmadan farqli ravishda teskari aylanma jarayon bitta ish jismi orqali emas, bir xil bosimda turli–turli qaynash haroratiga ega bo’lgan ikkita modda aralashmasi–binar aralashma orqali amalga oshiriladi. Ko’pincha suv–ammiakli sovitish qurilmalaridan foydalaniladi. Bunda ammiak–xladoagent, suv–absorbent rolini bajaradi. Qurilma quyidagicha ishlaydi:
А1 bug’ generatoridagi suv–amiakli eritmaga q0 issiqlik berilish sababli, р2=const bosimda ammiakning bug’lanishi sodir bo’ladi. Aralashmadan ajratib olingan ammiak bug’lari kondensatorga o’tadi va q1 issiqlikni suvga berib kondensatsiyalanadi. (р2=const). Ammiak kondensati D drossellash ventilidan o’tib, bosimi Р2 dan Р1 ga pasayadi. Shu bilan bir vaqtda qisman bug’lanishi tufayli harorati pasayadi. Drosssellanishdan so’ng ammiak qisman bug’-suyuqlik aralashmasi bug’latgichga o’tib qaynash boshlaydi (р2=const Т=const) va muhitdan q2 issiqlik yutiladi. Natijada sovitiladigan xonada harorat soviydi. Ya‘ni sun‘iy sovuqlik xosil qilinadi. Bug’latgichdan ammiak bug’lari А2 absorberga o’tadi va suvli eritma orqali yutiladi. (absorbtsiya qilinadi).
Natijada xosil bo’lgan suv-ammiakli aralashma nasos orqali bug’ generatori А1 ga uzatiladi. Shunday tarzda tsikl takrorlanadi. Bu mashinani kompressorli sovutish qurilmasi bilan taqqoslasak, absorber А2- kompressorning suruvchi klapani, generator А1 esa porshenli kompressorning xaydovchi klapani vazifasini o’taydi. (almashtiradi).
Demak, absorbtsion sovitish qurilmasida sarf qilinadigan energiya–q0 issiqlik ko’rinishida bo’ladi, ya‘ni issiqlik sarf qilinadi.
Shuning uchun sovitish effekti issiqlikning ishlatilish koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
(16)
Ya‘ni, sovitiladigan muhitdan olingan q2 issiqlikning sarf qilingan q0 issiqlikka nisbatiga issiqlikning ishlatilish (foydalanish) koeffitsienti deyiladi.
Keyingi vaqtlarda bromlitiyli (LiBr+H2O) absorbtsion sovutish qurilmalari ko’proq ishlatilmokda. Bunda suv–xladoagent, brom-litiy aralashmasi absorbent rolini bajaradi. Xladoagent-suv bo’lgani tufayli (suv n. f. sh. 0С da muzlaydi), havoni kondentsionerlash sistemalarida harorati 1,5С 7С li suv olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |