10.4. Gaz yoqilg‘isi. Tabiiy gaz yer kurrasining juda ko‘p joylarida uchraydi. U faqat maxsus gaz quduqlaridangina emas, balki Neft qazib chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ham olinadi. Neft bilan birga chiqadigan tabiiy gaz yo‘lakay gaz deyiladi. Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini metan СN4 (98% gacha) tashkil etadi.
Bundan tashqari uning tarkibida etan С2H6, propan С3H8, butan С4H10, etilen С2H4 va propilen С3H8 bo‘ladi. O2 va N2 lar odatda oz miqdorni tashkil etadi. Gaz sanoati – yoqilg‘i – energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 % ni tashkil etadi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli Neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1995 yili Respublika gaz sanoatida 48,6 mlrd m3 tabiiy gaz, 7600,6 ming tonna Neft va gaz kondensati olishga erishildi, 3053, 7 ming tonna ko‘mir qazib olindi.
9–Mа’ruzа.
Mavzu: Sovitish mashinalari
Reja:
1. Sovitish mashinalari haqida umumiy ma’lumot
2. Sovitish mashinalarining ishlash uslubi.
3. Sovitish mashinalarining sikillari.
4. Sovitish mashinalarining asosiy xaraktiristikalari.
14.1. Jismlarni atrof – muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish teskari issiqlik sikli bo‘yicha ishlaydigan sovitish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Siqish ishi kengaytish ishidan ortiq bo‘lgan va keltirilgan ish hisobidan issiqlik past temperaturali manbadan yuqori temperaturali manbaga uzatiladigan sikl teskari sikl deb atalishini eslatib o‘tamiz. Past temperaturalar turli usullar bilan hosil qilinadi. Ba’zi moddalar fazaviy o‘tish (erish, bug‘lanish, sublimatsiya) paytida past temperaturalarda ham ko‘p miqdorda issiqlik yutadi. Bu esa ulardan sovuq olish uchun foydalanish imkonini beradi. Muzni eritish usulidan, t>0 0S temperaturalarda sovitishda foydalaniladi. Yana ham pastroq temperaturalar olish uchun muz yoki qorga tuz qo‘shiladi. Masalan, muz bilan natriy xlor aralashmasi (-21,2 0S gacha) va muz bilan kalptsiy xlor aralashmasi (- 55 0S gacha) sovitish uchun keng qo‘llanilmoqda. Ma’lumki, bug‘ hosil bo‘lishi jarayoni suyuqlikka issiqlik keltirilganda ro‘y beradi.
Sovitish uchun atmosfera bosimida qaynash temperaturasi va bug‘ hosil qilish issiqligi yuqori bo‘lgan suyuqliklardan foydalaniladi. Suyuqlikni bug‘lanish jarayoni bug‘li sovitish mashinalarida keng qo‘llaniladi. Moddalarni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatiga o‘tishi sublimatsiya deyiladi.
Sovitish uchun sublimatsiyalanadigan qattiq CO2 yoki «quruq muz» qo‘llaniladi. Quruq muzning sublimatsiya temperaturasi Pat da – 78,9 0S ga teng. Ma’lumki, siqilgan gaz izobarik kengayganda uning temperaturasi pasayadi, chunki tashqi ish ichki energiyaning kamayishi hisobiga bajariladi. Bunday past temperaturalar olish usuli havoli sovitish mashinalarida qo‘llaniladi. Real gazlar drossellanganda temperaturasi pasayadi (Joul – Tomson effekti) .Ushbu usul ham past temperaturalar olishda keng qo‘llanilib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari frantsuz muhandisi ixtiro qilgan «uyurmali ta’sir» va Pelptpe ixtiro qilgan termoelektrik sovitish usullari sovitish texnikasida qo‘llanilib kelinmoqda. Sovitish qurilmalarida ish jismi sifatida oson qaynaydigan suyuqliklar: ammiak, freon, karbonat angidrid, sulpfat angidrid va boshqalar ishlatiladi. Ular sovuq elitgichlar deyiladi. Sovuq elitgichlarga qo‘yiladigan talablar to‘rt guruhga bo‘linadi: termodinamik, fizik – kimyoviy, fiziologik va iqtisodiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |