1-ma’ruza mavzu: statikaning asosiy tushunchalari va aksiomalari. Bog’lanish va uning reaksiyalari. Kuchlar sistemasi


Muvozanat sharti tekshirilayotgan jismni (yoki jismlarni) aniqlash



Download 3,75 Mb.
bet8/11
Sana25.04.2022
Hajmi3,75 Mb.
#581390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-маъруза

1. Muvozanat sharti tekshirilayotgan jismni (yoki jismlarni) aniqlash. Masalalarni yechishdan oldin berilgan yoki izlanayotgan noma’lum kuchlar qaysi jismga qo‘yilayotganligi aniqlanadi. (Masalan, agar tayanchga tushayotgan bosim kuchini aniqlash zarur bo‘lsa, shu tayanchga ta’sir qilayotgan jismning muvozanat shartlarini aniqlash lozim bo‘ladi).
Agar berilgan kuchlar jismning bir qismiga ta’sir etib, izlanayotgan noma’lum kuchlar jismning boshqa qismida bo‘lsa, yoki berilgan kuchlar va izlanayotgan noma’lum kuchlar bir necha qismlardan tashkil topgan jismga ta’sir etayotgan bo‘lsa, jismni bir necha qismlarga ajratish yoki ularning muvozanat shartlarini birin-ketin tekshirish lozim bo‘ladi.
2. Ta’sir etuvchi kuchlarni shaklda tasvirlash. Qaysi jismning muvozanat shartini tekshirish kerakligini aniqlab olganimizdan keyin (faqat shundan keyin), shu jismga qo‘yilgan barcha tashqi kuchlarni va bog‘lanishlarning noma’lum reaksiya kuchlarini vektor shaklida tegishli nuqtalarga qo‘yilgan holda tasvirlash kerak. Bog‘lanish reaksiyalarini tasvirlashda 1-ma’ruzada aytilgan qoidalarga rioya qilish lozim.
3. Muvozanat shartlari tenglamalarini tuzish. Muvozanatlik shartlari tekshirilayotgan jismning, unga qo‘yilgan kuchlar va noma’lum reaksiya kuchlaridan iborat sistema uchun muvozanat tenglamalari tuziladi. Muvozanat tenglamalar sistemasi, jismlarning muvozanat holatlariga bog‘liq ravishda turlicha tuziladi, shu sababli ularni qanday tuzish lozimligi haqida, darslikning tegishli joylarida ko‘rsatib o‘tiladi.
4. Noma’lumlarni aniqlash, masalaning echimini tekshirish. Masalalarni yechishda, jismlarning va ularga qo‘yilgan kuchlar sistemasining chizmasini sifatli chizilishi katta ahamiyatga ega. Yaxshi chizilgan chizma muvozanat tenglamalarini tuzishda sodir bo‘ladigan xatoliklarni kamayishiga va yechimni to‘g‘ri yo‘ldan borishligiga katta yordam beradi.
Barcha hisoblash ishlarini algebraik tenglamalar orqali olib borishlik tavsiya etiladi. Umumiy holda olib borilgan hisoblar, keyinchalik tenglamalarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tezda aniqlash uchun katta yordam beradi (tenglamalardagi qiymatlar bir xil o‘lchovli bo‘lishlari shart). Kuchlarning son qiymatlarini faqat masalani yechib bo‘lgandan keyingina qo‘yishlik tavsiya etiladi.
Ushbu ma’ruzada faqat kesishuvchi kuchlar qo‘yilgan jismlarning muvozanatiga oid masalalarni ko‘ramiz. Ularni yechish uchun geometrik yoki analitik usuldan foydalanamiz.

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish