DEFORMATSIYALANADIGAN ALYUMINIY QOTISHMALARI.
Ikki guruxga bo’linadi: a) termik ishlash natijasida puxtaladigan; b) puxtalanmaydigan.
Termik ishlash natijasida puxtalanadigan Al qotishlari 1) o’rtacha puxtalikdagi, 2) yuqori puxtalikdagi, 3) utga bardosh, 4) bolg’alanuvchi va shtamplanuvchi qotishmalarga bo’linadi.
Duralyumin – bu puxtalikdagi qotishma, D harfi bilan belgilanadi. Sistemasi - Al-Cu-Mg. Masalan: D1; D16; D18. Qo’shilgan Mg korroziya bardoshligini oshiradi, qayta kristallanish haroratini ko’taradi, mexanik xossalarini yaxshilaydi.
Toblash: qizdirish 415-505oS (D1, D18) yoki 490-500oS (D16), so’ng suvda sovutish. So’ng tabiiy va sun’iy chiniqish.
Korroziya bardoshligini oshirish uchun sirtqi yuzasi texnikaviy alyuminiy bilan «plakirovka» qilinadi (qoplanadi).
Duralyumindan samolyot detallari yasaladi: D1 dan samolyot charxpalagi; D18 dan zaklepkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |