1-ma’ruza mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari. Reja


Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi



Download 2,31 Mb.
bet54/73
Sana09.02.2023
Hajmi2,31 Mb.
#909441
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
KaTT

Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi 
Bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalarning qanday taqsimlanganligiga bog’liq ravishda ular uchta turli xil vazifalarni bajarishi mumkin:

  • - faqat boshqa kompyuterlarning so’rovlariga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan kompyuter tarmog’ining ajratilgan serveri vazifasini o’taydi;

  • boshqa mashinaning resurslariga so’rovlar bilan murojaat qiladigan kompyuter mijozli bog’lama vazifasini bajaradi;

  • mijoz va server vazifasini birgalikda bajaruvchi kompyuter bir rutbali bog’lama hisoblanadi.

Ko’rinib turibdiki, tarmoq faqat mijoz yoki server tugunlaridan iborat bo’la olmaydi. Kompyuterlarning o’zaro ishlashini ta’minlaydigan tarmoq quyidagi sxemalarning biri bo’yicha qurilishi mumkin:

  • bir rutbali bog’lamalar asosidagi tarmoq bir rutbali tarmoqdir;

  • mijozlar va serverlar asosidagi tarmoq ajratilgan serverli tarmoq bo’ladi;

  • barcha turdagi bog’lamalarni ichiga oladigan tarmoq aralash tarmoq hisoblanadi. 

Bu sxemalarning har biri qo’llanish sohasini belgilaydigan o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Bir rutbali tarmoqlarda (1-rasm) barcha kompyuterlar bir-birlarining resurslariga ruxsat etish imkoniyati nuqtai nazaridan teng. Har bir foydalanuvchi o’z xohishi bo’yicha o’z kompyuterining qandaydir resursini ajratilgan deb e’lon qilishi mumkin, bundan keyin boshqa foydalanuvchilar bu resurslarga murojaat qilishlari va ularni ishlatishlari mumkin. Bir rutbali tarmoqlarda barcha kompyuterlarga tarmoqdagi barcha kompyuterdagi potensial teng imkniyatlar beradigan operatsion tizim o’rnatiladi.
Ajratilgan serverli tarmoqlarda (2-rasm) tarmoq operatsion tizimlarning maxsus variantlari ishlatiladi. Ular server vazifasida ishlash uchun optimallashtirilgan va server operatsion tizimlari deyiladi. Bu tarmoqlarda foydalanuchi kompyuterlari mijozning operatsion tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydi.
Ajratilgan serverli tarmoqlarda mijoz operatsion tizimlari odatda, server vazifalaridan ozod qilinadi, bu ularning tuzilishini sezilarli soddalashtiradi. Mijoz operatsion tizimlarini ishlab chiqaruvchilar asosiy eʻtiborni tarmoq xizmatlarining foydalanuvchi interfeysi va mijoz qismlariga qaratadilar. Soddaroq mijoz operatsion tizimlari faqat asosiy tarmoq xizmatlari bo’lgan, odatdagi faylli xizmatni va chop etish xizmatini quvvatlaydi. Shu bilan bir vaqtda ularga deyarli imkon beradigan mijoz qismlarining keng to’plamini quvvatlaydigan universal mijozlar ham mavjud.
Katta tarmoqlarda mijoz-server munosabatlari bilan bir qatorda bir rutbali aloqalardan ham saqlanadi. Bu ayniqsa, ko’plab komponentlar tuzilmasi o’zgartirilmasdan tarmoqning umumiy tarkibiga kiritiladigan korporativ tizimlar uchun dolzarbdir.
Har qanday tizim tushunarli va ratsional tuzilmaga ega bo’lishi va aniq qo’yilgan o’zaro ishlash qoidali tayinlangan funksional qo’llanishga ega bo’lgan modullarga bo’linishi mumkin. Har bir alohida modulning vazifasini yaqqol tushunish, tizimni rivojlantirishda ishni sezilarli soddalashtiradi. Operatsion tizimning funksional murakkabligi uning arxitekturasining murakkablashishiga olib keladi. Arxitektura - bu turli dasturiy modullar asosida operatsion tizimlarni tarkibiy tashkil etishidir. Odatda, operatsion tizim tarkibiga standart o’lchamlarda bajariladigan va obyekt modullar, har xil turdagi kutubxonalar, dasturlarning dastlabki matnli modullari, maxsus o’lchamli dasturiy modullar (masalan, operatsion tizimni xotiraga yuklovchi moduli, kiritish-chiqarish drayverlari), hujjatlashtirish fayllari, ma’lumot tizimining modullari kiradi.
Operatsion tizimning qandaydir yagona arxitekturasi mavjud emas, lekin operatsion tizimni tashkillashtirishga universal yondashuvlar mavjud.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish