Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EXM) - ishonchli, uncha qimmat bо‘lmagan, foydalanishda qulay kompyuterlar, meynfreymlarga qaraganda bir muncha kam imkoniyatlarga ega. Mini-kompyuterlar (ulardan eng quvvatlilari supermini-kompyuterlar) quyidagi kо‘rsatgichlarga ega bо‘ladi:
unumdorligi – 1000 MIPS gachan;
asosiy xotira sig‘imi – 8000 Mbayt gachan;
diskli xotira sig‘imi – 1000 Gbayt gachan;
qо‘llanadigan foydalanuvchilarning soni – 16 – 1024.
Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 – razryadli mikroprotsessorlar tо‘plamlari asosida loyixalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari:
aniq tadbiq soxasidan kelib chiqqan xolda unumdorlikning keng oralig‘i;
axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining kо‘pchiligini apparatli joriy etilishi;
kо‘p protsessorli va kо‘p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi;
uzulishlarga ishlov berishning yuqori tezligi;
turli uzunlikdagi axborotlar о‘lchami bilan ishlash imkoniyati;
Mini-kompyuterlarning afzalliklariga quydagilar kiradi:
yuqori modulli о‘ziga xos arxitekturasi;
meynfreymlarga qaraganda unumdorlik/narx nisbatining yaxshiligi;
xisoblashlarning yuuqori aniqligi.
1.5-chizma. Katta xisoblash mashinasining tashqi kо‘rinishi.
Mini-kompyuterlar boshqaruvchi xisoblash majmua sifatida ishlatilishga mо‘ljallangan. Ushbu majmualarga xos bо‘lgan tashqi qurilmalarning kо‘p turliligi protsessorlar aro aloqa bloklari bilan tо‘ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi о‘zgaruvchan xisoblash tizimlarini joriy etilishi ta’minlanadi. Mini-kompyuterlarning texnologik jaroyonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ularni kо‘p foydalanuvchilar uchun mо‘ljallangan xisoblash tizimlarda, avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarida, murakkab bо‘lmagan obyektlarni modellashtirish tizimlarida va suniy intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Xozirgi zamonaviy mini-kompyuterlarning avlodini boshlovchisi bо‘lib DEC firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuterlari xisoblanadi va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM - EXM Kichik Tizimi) : SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va xokazo. Xozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasiga kо‘p sonli modellarni о‘z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gachan; mini-kompyuterlarning quvvatli gurux modellariga 8000 (VAX-8250, -8820); supermini-kompyuterlarning gurux modellariga 9000 (VAX-9410, -9430) kiradilar va xokazo.
VAX modellari keng oraliqdagi kо‘rsatgichlarga ega:
protsessorlar soni – 1 dan 32 tagachan;
unumdorligi – 10 dan 1000 MIPS gachan;
asosiy xotira sig‘imi – 512 Mbayt dan 2 Gbayt gachan;
diskli xotira xajmi – 50 Mbayt dan 500 Gbayt gachan;
kiritish-chiqarish kanallar soni – 64 tagachan.
VAX mini-kompyuterlari shu gurux kompyuterlarining kо‘rsatgichlarining tо‘liq oralig‘ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani xamda meynfreymlar о‘rtasidaga chegarani yuuvib yuboradi.
Boshqa mini-kompyuterlardan quydagilarni qayd qilib о‘tishimiz kerak:
bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;
kо‘p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000;
supermini-kompyuterlar: HS 4000, kо‘rsatgichlari bо‘yicha meynfreymlardan qolishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |