Gidrometallurgiyada qo‘llaniladigan asosiy jarayonlar
Metallarni xomashyodan gidrometallurgiya usullarida ajratib olishda turli jarayonlar quyidagi tartibda olib boriladi:
- tanlab eritishga yuboriladgan mineral zarrachalarini qisman yoki to‘liq ochish maqsadida, rudaga dastlabki mexanik ishlov berish jarayonlari - maydalash, yanchish, sinflash;
- suvli eritmalarda qiyin eruvchi minerallarni eruvchan holatgacha o‘tqazish jarayonlari - sulfatlovchi, xlorlovchi, oksidlovchi kuydirish, avtoklavlarda oksidlash, kimyoviy birikmalar bilan parchalash;
- tanlab eritish jarayoni - metallni ertimaga o‘tqazish: chanlarda tanlab eritish, avtoklavlarda tanlab eritish, uyumda va yer osti tanlab eritish usullari;
- tarkibida metall saqlovchi eritmalarni bo‘sh jins qoldiqlardan ajratish maqsadida suvsizlantirish va yuvish jarayonlari - quyuqlashtirish, filtrlash;
- metall saqlovchi eritmalardan metallni ajratib olishga tayyorlash jarayonlari - kislorodsizlantirsh;
- metall va uning birikmalarini eritmalardan ajratib olish jarayonlari - elektrcho‘ktirish (oltin, kumush, mis, rux), kam eruvchi birikmalar holatida cho‘ktirish, ionalmashuvchi smolalar yordamida sorbsiyalash, ekstraksiya, sementatsiya, durlanish va h.k. usullar.
Quyida namunali gidrometallurgik sxemalarini qo‘rib chiqamiz:
1-sxema:
Sulfidli rux boyitmasini qayta ishlash. Dastlab sulfidli rux boyitmasi kuydiriladi va so‘ngra hosil bo‘lgan kuyindi sulfat kislota eritmasida tanlab eritiladi. Rux eritmadan so‘ngra elektroliz usulida metallik holda cho‘ktiriladi (1-rasm).
Sulfidli rux boyitmasi
Kuydirish
Gaz va changlar
Kuydirilgan boyitma
H2SO4
Чангларни ушлар
Чангларни ушлар
Chang
Gazlar
Rux keki
ZnSO4 eritmasi
H2SO4 ishlab chiqarish
Tanlab eritish
Qo’shimcha qayta ishlashga
Fe, Cu, Cd, As, As, Sb, Co, Cl dan tozalash
Elektroliz
Рух катоди
Ishlatilgan elektrolit
1.1-rasm. Sulfidli rux boyitmasini gidrometallurgik usulda qayta ishlashning prinsipial texnologik sxemasi
Oltin saqlovchi kvars rudalarini qayta ishlash. Dastlab rudalar maydalanadi va yangiladi, tanlab eritish jarayoniga yuboriladi. So‘ngi eritma filtrlanadi va eritmada oltin va rux metallik holda cho‘ktiriladi (2-rasm).
Ruda
Maydalash va yanchish
Tanlab eritish
Quyuqlashtirish va filtrlash
Suyuq
chiqindilar
chiqindixonaga
Au, Ag eritma
Sementatsiya usulida cho’ktirish
Sement cho’kma
(Au, Ag)
CaO
Havo
Aylanma eritma
1.2-rasm. Oltin tarkibli rudalarni gidrometallurgik usulda qayta ishlashning prinsipial texnologik sxemasi
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kon mahsulotlaridan metallarni gidrometallurgiya usuli bilan ajratib olish ko‘p bosqichli murakkab jarayondir. Har bir bosqich esa o‘z navbatida turli tarmoqlarga bo‘linadi va ma'lum fizik va kimyoviy qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonuniyatlarning amaliy tadbiqini o‘rganish va ularni rivojlantirish gidrometallurgiya jarayonlari fanining vazifasiga kiradi.
Nazorat savollari:
1. Gidrometallurgik jarayonlarning metallurgiyadagi o‘rni qanday?
2. Gidrometallurgiyada qo‘llaniladigan asosiy jarayonlarтш bering.
3. Qanday gidrometallurgik texnologik sxemalani bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |