1-ma’ruza. Mavzu: Gidrotexnika inshootlari qurilishning qisqacha tarixi va suv xo‘jaligida gidrotexnika inshootlarining roli. Reja


-jadval Respublikadagi asosiy yirik kanallar



Download 49,34 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi49,34 Kb.
#465266
1   2
Bog'liq
1-ma'ruza

1.1-jadval
Respublikadagi asosiy yirik kanallar

Kanallar nomi

Suv olish manbai

Kanal boshidagi suv sarfi, m3/sek

Uzunligi, km

Foydala-nish bosh-langan yil

Maydoni (ming.ga)

Shahrixon

Qoradaryo

115

114,8

1987

141,0

Andijon

Qoradaryo

45

81,9

1903

46,7

Savvoy

Qoradaryo

25

47,8

1926

18,0

Paxtaobod

Qoradaryo

30

40,9

1936

17,4

Yuqori Ulug‘nor

Qoradaryo

30

190,4

1960

9,7

Janubiy Farg‘ona

Shaxrixon kanali

100

57,0

1939

75,8

Katta Namangan

Norin daryosi

61

90,0

1974

24,0

Katta Farg‘ona

Norin va Qoradaryo

150/2134

249,0

1939

263,4

Katta Andijon

Norin daryosi

200

102,0

1970

70,2

Shimoliy Farg‘ona

Norin daryosi

113

165,0

1940

74,0

Oxunboboev nomli

Sirdaryo

80

48,4

1949

36,0

Janubiy Mirzacho‘l

Sirdaryo

300

124,0

1960

290,5

Chap qirg‘oq qorasuv

Chirchiq daryosi

160

594,0

1922

150,0

Parkent

Chirchiq daryosi

57

58,0

1979

40,0

Bo‘zsuv

Chirchiq daryosi

290

138,0

1900

99,0

Yuqori Chirchiq

Chirchiq daryosi

87

35,0

1943

6,0

Eski Tuyaortar

Zarafshon daryosi

32

108,3

1912

32,0

O‘ng qirg‘oq

Zarafshon daryosi

117

71,4

1930

82,8

Darg‘om

Zarafshon daryosi

120

10,2

1930

9,0

Eski Anhor

Zarafshon daryosi

60

88,0

1973

49,0

Zang

Surxondaryo

85

88,0

1955

49,3

Sherobod mashina kanali

Surxondaryo

150

12,7

1970

52,6

Amuzang kanali

Amudaryo

50

56,0

1973

143,0

Qarshi bosh kanali

Amudaryo

220

86,0

1972

260,0

Amu-Buxoro mashina kanalining

Amudaryo

300

186,0

1965

250,0

Toshsoqa

Amudaryo

480

100,0

1939

300,0

Urgancharna

Amudaryo

35

53,5

1937

9,7

Oktabrarna

Amudaryo

133

54,0

1933

14,0

Kattag‘or

Amudaryo

75

16,6

1979

9,0

Raushan

Amudaryo

150

43,4

1975

7,9

Amu – Buxoro ma-shina kanali Shox-rud shaxobchasi

Amu–Buxoro mashina kanali

100

11,0

1937

91,7

1.2-jadval
Respublikadagi asosiy suv omborlari

Suv omborlarining nomlari

Suv olish manbai

Joylashgan o‘rni (viloyat)

Suv omborini turi

Loyihaviy hajmi, mln. m3

Andijon

Qoradaryo

Andijon

O‘zanli

1900,0

Sho‘rko‘l

Zarafshon daryosi

Buxoro

Quyilma

450,0

Jizzax

Sangzor daryosi

Jizzax

Quyilma

87,5

Zomin

Zomin daryosi

Jizzax

O‘zanli

35,0

Qorovultepa

Eski tuyaortar kanali

Jizzax

Quyilma

53,0

Quyimozor

Amu-Buxoro kanali

Navoiy

Quyilma

350,0

To‘dako‘l

Amu-Buxoro kanali

Navoiy

Quyilma

1000,0

Tallimarjon

Qarshi bosh kanali

Qashqadaryo

Quyilma

1525,0

Pachkamar

G‘uzor daryosi

Qashqadaryo

O‘zanli

260,0

Chimqo‘rg‘on

Qashqadaryo

Qashqadaryo

O‘zanli

500,0

Hisorak

Oqsuv daryosi

Qashqadaryo

O‘zanli

170,0

Dehqonobod

Kichik O‘ra daryosi

Qashqadaryo

O‘zanli

18,4

Qamashi

Langardaryo

Qashqadaryo

Quyilma

25,0

Oq daryo

Oqdaryo

Samarqand

O‘zanli

130,0

Qattaqo‘rg‘on

Zarafshon daryosi

Samarqand

Quyilma

900,0

Janubiy Surxon

Surxondaryo

Surxondaryo

O‘zanli

800,0

To‘polang

To‘polang daryosi

Surxondaryo

O‘zanli

500,0

Uchqizil

Zang kanali

Surxondaryo

Quyilma

160,0

Ohangaron

Ohangaron daryosi

Toshkent

O‘zanli

200,0

Tuya bo‘ta

Ohangaron daryosi

Toshkent

O‘zanli

250,0

Chorvoq

Chirchiq daryosi

Toshkent

O‘zanli

2000,0

Karkidon

Quvasoy daryosi

Farg‘ona

Quyilma

218,0

Tuyabo‘yin

Amudaryo

Xorazm

Quyilma

7800,0

XIX asr o‘rtalarida, hozirgi O‘zbekiston hududida Buxoro amirligi. qo‘qon va Xiva xonliklari, ularga tegishli yarim mustaqil ma’muriy hududlar mavjud bo‘lgan, bu hududlarda 3,5 mln.ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Aholining 90% qishloq xo‘jaligi – dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan va sug‘oriladigan yerlar maydoni 1,6 – 1,8 mln.ga bo‘lganligi taxmin qilinadi. Demak, o‘sha davrda jon boshiga o‘rtacha 0,45 – 0,5 ga sug‘oriladigan yer to‘g‘ri kelgan. Sug‘oriladigan yerlar, jumladan, bog‘lar, uzumzorlar va dehqon qo‘rg‘on-tomorqalari, asta-sekin o‘lik yerlar (suv chiqarib hali o‘zlashtirilmagan yerlar) ni o‘zlashtirish, lalmikor yerlarga suv chiqarish natijasida yuzaga kelgan.


XIX asr o‘rtalarida va undan keyinroq ham dehqonchilikda yetishtirilgan ekinlarning ustuvor joylashishi qo‘yidagicha bo‘lgan: birinchi o‘rinda don ekinlari, ikkinchi o‘rinda bog‘dorchilik va uzumchilik, uchinchi o‘rinda sabzavot va poliz, to‘rtinchi o‘rinda chorvaga kerakli bo‘lgan beda va boshqa ekinlar, beshinchi o‘rinda paxta ekini bo‘lgan.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligi va melioratsiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida kirishilgan, bu soha o‘tgan asrning 60-yillariga kelib o‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan. Ayni paytda respublikamizda sug‘orish uchun yaroqli yerlar 15,9 mln. gektarga teng bo‘lib, sug‘oriladigan maydon 4,3 mln gektarni yoki umumiy maydonning 9,3% ini tashkil etadi. qishloq xo‘jaligida olinadigan mahsulotlarning 95% dan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi paytda respublikamiz qudratli suv xo‘jaligi majmuasiga ega, uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m3 bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo‘jaliklararo sug‘orish tizimida 117 mingdan ortiq gidrotexnika inshootlari, 32,4 ming km xo‘jaliklararo kanallar, 176,4 ming km ichki sug‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo, 106,3 ming km xo‘jalik ichki zovur tarmoqlari, 13 mingga yaqin nasos agregatlari, 2 mingdan oshiq sug‘orish quduqlari, 4800 dan oshiq tik zovur quduqlari mavjud. Mamlakatimizdagi asosiy yirik kanallar va suv omborlari haqidagi ma’lumotlar 1.1, 1.2 – jadvallarda keltirilgan.
Suv xo‘jaligi-qishloq xo‘jaligi, aholi va sanoatni suv bilan ta’minlash, gidroenergetika, suv transporti, baliqchilik kabi xalq xo‘jaligining barcha sohalari ehtiyojini qondirish maqsadida suv resurslaridan oqilona va kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi. Suv xo‘jaligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib, suvni muhofaza qilish chora-tadbirlari, daryo oqimini rostlash va qayta taqsimlash, suvning (salbiy) zararli ta’siri (suv toshqini, sel kelish, tuproq eroziyasi va h.k.) ga qarshi kurash, dam olish zonalarini bunyod etish ham hisoblanadi.
Daryolardagi suv oqimini va oqish vaqtini rostlash, daryoni yuvilib ketishdan saqlash, yer osti suvlarini rostlash va undan foydalanish usullari, gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini nazariy hisoblash, loyihalash, qurish va ishlatish usullarini gidrotexnika fani o‘rgatadi.
Hozirgi zamon suv xo‘jaligi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi:
1.Meliorativ gidrotexnika: 1) irrigatsiya; 2) toshqin suvlarning zararli oqibatlariga qarshi kurash; 3) botqoqlanishga qarshi kurash va uning oldini olish; 4) jarliklar paydo bo‘lishga qarshi kurash va shu kabilar bo‘yicha ish olib boriladi.
2.Suv energiyasidan foydalanish gidrotexnikasi daryo, ko‘l, dengiz suvlari harakatidan hosil bo‘lgan energiyani mexanik va elektr energiyasiga aylantirish bilan shug‘ullanadi.
3.Sanitariya gidrotexnikasida aholini va ishlab chiqarish korxonalarini suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya; davolash maqsadida shifobaxsh suvlardan foydalanishini yo‘lga qo‘yish kabilar bo‘yichaishlar amalga oshiriladi.
4.Suv transporti gidrotexnikasining vazifasi qo‘yidagilardan iborat: 1) suv havzalarida kemalar yurishi va yog‘och oqizish uchun shart-sharoit yaratish; 2) kemalar yuradigan kanallar qurish va kemalar to‘xtaydigan va boshqa suv transportlariga oid inshootlar barpo etish.
5.Suv osti boyliklaridan foydalanish gidrotexnikasi suvda yashovchi jonivor va turli o‘simliklardan foydalanish bilan shug‘ullanadi.
6.Harbiy gidrotexnika - harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan gidrotexnika tadbirlar tizimini amalga oshiradi.
7.Toshqinga qarshi kurash gidrotexnikasi suv havzalari qirg‘oqlarini yuvilib ketish, suv toshishidan saqlash singari ishlarni bajaradi.
Suv xo‘jaligining yuqorida aytib o‘tilgan tarmoqlari hozirgi paytda takomillashib har biri mustaqil fanga aylangan.
Suv xo‘jaligining barcha tarmoqlari ham suv oqimini boshqarishga asoslanadi va buning uchun esa gidrotexnik inshootning qanday sharoitda va tabiatning qanday ob’ektiv qonunlari ta’siri ostida ishlashini yaxshi bilish lozim. Bu borada gidrotexnika fanini-gidrologiya, gidrogeologiya, gidravlika, gidromexanika, gidrometriya, qurilish mexanikasi, gidrotexnikaviy melioratsiya va boshqa fanlarga asoslanadi deb hisoblash kerak.
Nazorat savollari.

  1. Zarafshon daryosidan suv oluvchi qadimiy va hozirgi paytda ham saqlanib qolgan kanallarni nomini ayting?

  2. Xon to‘g‘oni haqida ma’lumot bering.

  3. Abdullaxon to‘g‘oni haqida ma’lumot bering.

  4. Respublikamizda joylashgan qanday kanallarni bilasiz?

  5. Respublikamizdagi asosiy suv omborlardan qaysilarini bilasiz va ular qaerlarda joylashgan?

  6. Hozirgi zamon suv xo‘jaligi qaysi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi?

Download 49,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish