1– Rasml. Elektron taxeometrning tuzilishini umumlashgan sxemasi
1 – antenna; 2 – vertikal doira; 3 – hisoblanuvchi (sanoq oluvchi) golovka; 4 – radiomodul; 5 – markazlashtirgich; 6 – akkumlyatorlar; 7 – gorizontal doira; 8 – qiyalik datchigi; 9 – vertikal o‘q; 10 – motor; 11 – gorizontal o‘q; 12 – mikro EHM; 13 – nishonga to‘g‘rilash qurilmasi; 14 – svetodalnomerli blok; 15 – reyka turgan joyini ko‘rsatuvchi qurilma.
Topografo-geodezik ishlarni bajarishga yangicha yondoshish 1997 yili bozorda paydo bo‘lgan, nishonga avtomatik to‘g‘rilanuvchi va nishonni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan motorlashgan taxeometrlardan foydalanish bilan erishildi. Bularga TSA 1100 – TSA 1800 (Leica Geosystems AG), Elta S(Carl Zeiss), Geodimeter 600 (Spectra Precision), Trimble 5600 Total Station seriyasidagi asboblar kiradi. Bu taxeometrlar nafaqat topo-geodezik ishlarni bajarishda va ko‘plab boshqa sohalarida qo‘llaniladi, masalan, yer siljishini kuzatishda, mashina va kemalar harakatini boshqarishda, robot texnikalarini kalibrovkalashda ishlatiladi.
Ko‘plab zamonaviy taxeometrlardan, masalan TRS 1100 (Leica Geosystems AG) va PowerSet (Sokkia)qaytaruvchi plyonkagacha masofa o‘lchash imkoniyatiga ega.
Geodimeter 468 DR (Spectra Precision), Set 4110 R Sokkia, Trimble 3600 tipida qaytargichsiz masofa o‘lchovchi elektron taxeometrlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi geodezik ishlar texnologiyasini takomillashishiga olib keldi. Bu asboblar bilan qaytargichlarsiz yoki qaytargichli plyonkalarsiz beton, tosh yoki po‘lat yuzalargacha 80-100 metrgacha bo‘lgan masofani o‘lchash mumkin. Baland inshootlarni syomka qilishda, tunellarni profillashda, xususiy egalikdagi ob’yektlargacha o‘lchashlarda yoki magistrallarda transport oqimi ko‘p bo‘lganda qaytargichlarsiz masofa o‘lchash usulini qo‘llash juda ham qo‘l keladi.
Topografik-geodezik ishlarni bajarishga yangicha yondoshish, 1997 yil bozorda paydo bo‘lgan, nishonga avtomatik to‘g’irlanuvchi va nishonni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan, motorlashgan taxeometrlardan foydalanish bilan erishildi. Bularga TSA 1100 - TSA 1800 (Leica Geosystems AG), Elta S (Carl Zeiss), Geodimeter 600 (Spectra Precision), Trimble 5600 Total Station seriyasidagi asboblar kiradi. Bu taxeometrlar nafaqat topo-geodezik ishlarni bajarishda va ko‘plab boshqa sohalarida qo‘llaniladi, masalan, yer siljishini kuzatishda, mashina va kemalar harakatini boshqarishda, robot texnikalarini kalibrovkalashda ishlatiladi.
Ko‘plab zamonaviy taheometrlar, masalan TRS 1100 (Leica Geosystems AG) va PowerSet (Sokkia) qaytaruvchi plyonkagacha masofa o‘lchash imkoniyatiga ega.
Geodimeter 468 DR (Spectra Precision), Set 4110 R Sokkia, Trimble 3600 tipida qaytargichsiz masofa o‘lchovchi elektron taxeometrlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi geodezik ishlar texnologiyasini takomillashishiga olib keldi. Bu asboblar bilan qaytargichlarsiz yoki qaytargichli plyonkalarsiz beton, tosh yoki po‘lat yuzalargacha 80-100 metrgacha bo‘lgan masofani o‘lchash mumkin. Baland inshootlarni s'yomka qilishda, tunellarni profillashda, hususiy egalikdagi ob'ektlargacha o‘lchashlarda yoki magistrallarda transport oqimi ko‘p bo‘lganda qaytargichlarsiz masofa o‘lchash usulini qo‘llash juda ham qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |