1-ma’ruza. Matematika va informatika o’qitish uslublari fani, predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni



Download 337,93 Kb.
bet34/37
Sana31.12.2021
Hajmi337,93 Kb.
#254124
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
1-ma’ruza. Matematika va informatika o’qitish uslublari fani, pr







Ma'ruza-15


15-ma’ruza. Operatsion tizim mavzusini o’qitish uslubiyoti

Reja:

1.        Informatika asosiy tushunchalari.

2.        Yangi operasion sistemalar va ularni o’rganish xususiyatlari.

3.        Informatika darslarida o’quvchilarda kompyuter bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.

 

Tayanch iboralar: informatika, informatika tushunchalari, dasturlash, operasion sistemalar, texnologiyalar, ularning qo’llanilishi, EHM lar bilan muloqot qila olish ko’nikmalarini shakllantirish.\

 

1. Maktabda o’rganiladigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanini o’qitishda asosiy tushunchalar: dastur, dasturlash., algoritm, operasion sistema, texnologiya. Bu tushunchalarni shakllantirishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi mumkin:



1)    o’quvchilarga algoritm va uning xossalari haqida bilimlar berish;

2)    o’quvchilarga dastur va dasturlash tillari va ularning tuzilishi haqida tegishli ma’lumotlar berish;

3)    o’quvchilarni dasturlash amaliy ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;

4)    kompyuterlar va ulardan turli axborot manbalari va ularning tuzilishi haqida mos tushuncha va qoidalarni bayon etish;

5)    yangi operasion sistemalar va ularning qo’llanilishi haqida ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

Bundan tashqari, informatika asosiy tushunchalarini egallashda nazariya va amaliyotning uzviyligi bo’lishi asosiy mezon bo’lishi lozim. Bunga sabab hozirgi zamon axborot texnologiyalarini egallash va ularni qo’llash yoshlardan uning nazariy asoslari bilan birga kompyuter texnologiyasi ma’lumotlari bilan amaliy jihatdan qurollanishni talab etadi. Shu sababdan maktab informatika darslarida dastur va uni tuza olish, kompyuterda ishlay olish ko’nikmalarini egallash uchun uning tillari, asosiy tushunchalari, qoidalari bilan yaqindan tanishishni talab etadi.

Eng asosiy tushunchalar qatoriga axborot, algoritm, dastur, dasturlash tillari, operasion sistemalar, yangi texnologiyalar bo’lib, ularni o’quvchilarga o’rgatishda asosiy diqqat-e’tibor tushunchalar mazmuni, xossalari, qo’llanilishi sohalari, informatika fanida tutgan o’rnini aniqlab berishdan iborat. Bunda o’qituvchi quyidagi o’qitish uslublaridan foydalanishi mumkin:

- tushunchalar mazmuni va kullanilish soxalarini namoyon etuvchi misollar keltirish va ularni kompyuter asosida mustaxkamlash va shu asosda amaliy kunikmalarni shakllantirish;

- asosiy tushunchalar va ularning o’quv qo’llanmalaridagi tavsifi asosida o’quvchilarga uslubiy yordam berish va bunga taaluqli mashq va masalalarni taklif etish;

- o’quvchilarga informatika asosiy tushunchalari mohiyatini ko’rsatuvchi zarur tushuntirishlar va amaliy ishlarni sistemali yangi kompyuterlarda olib borish imkoniyatlarini topish;

-informatika va hisoblash texnikasi fani tadbiqlarini asosiy tushunchalar misolida ko’rsatib berish va buning uchun test, mashq-savollar va amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishlaridan keng foydalanish.

2. Informatika darslarida yangi operasion sistemalarni o’qitish hozirgi davr talabidir. Shuning uchun har bir darsda bu sistemalarning moxiyati, mazmuni va qo’llanilishi sohalari to’g’risida zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish va shu asosda kompyuter texnologiyasi tadbiqlarini ko’rsatish imkoniyatlari mavjud

Hozirgi imkoniyatlar va o’quv moddiy bazani hisobga olgan holda bu sistemalarni o’rganish xususiyatlari quyidagilardan iborat: umuman operasion sistema tushunchasi, uning mohiyati, qo’llanilishi ochib berilishi lozim; yangi operasion sistemalarning turmushda qo’llanilishi imkoniyatlarini tavsiflab berish; sistemalarning imkoniyatlari yordamida turli xil masalalarni hal kilish usullarini o’rgatish.

Bunda asosiy xususiyatlardan biri operasion sistemalar qo’llanilishi misollar asosida va kompyuter asosida ko’rib chiqish o’quvchilarning bu sistemalar mohiyatini o’rganishga imkon beradi.

3. O’quvchilarni informatika darslarida kompyuter bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar asosiy ahamiyat kasb etadi:

- o’quvchilarni kompyuter bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun nazariy bilimlar bilan yetarlicha qurollantirish;

- kompyuter bilan muloqot va undan turli o’quv masalalarini yecha olishga ko’llay olishga o’rgatish;  

-o’quvchilarning kompyuterdan turli maqsadlarda foydalana olishlari uchun imkoniyatlar yaratish, masalan, grafik, matn muxarirlaridan, zarur hollarda qo’llay olishga o’rgatish;

Xulosa qilib aytganda, informatika darslarida o’quvchilarni ham nazariy, ham amaliy ko’nikmalarni tarkib toptirish, bunda asosiy tushunchalar bilan birga amaliy tayyorgarlik, operasion sistemalarni qo’llash xususiyatlarini bilishlari va ularni kompyuter bilan ishlash ko’nikmalarini egallashlari o’qitishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi har bir darsni tashkil etishda mana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda o’quv jarayonini tashkil qilishi talab etiladi.


Download 337,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish