1-Ma’ruza mashg‘uloti Mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta‘rifi Reja



Download 32,08 Kb.
bet3/3
Sana21.05.2022
Hajmi32,08 Kb.
#606484
1   2   3
Bog'liq
1 Biotexnologiyaga kirish

O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi. Bio­texnologiya O‘zbekistonda eng kenja fanlardan bo‘lib, uning ta­rixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologlar: non yopish, qattiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). Bu fan asosan O‘zbekiston Fan­lar Akademiyasining mikrobiologiya institutida hamda Respub­lika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G’.Xolmurodov (1939-1996) fuzarim avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-koferment va vitaminlar kompleksi (V guruhga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larini tahlil qilib, ularni nonvoy­chilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus hamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
Professor Q.D.Davronov sobiq ittifoqda birinchilardan bo‘lib yog‘ parchalovchi ferment-lipazani tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shaklliligi sabablarini tahlil qila turib, har bir biotexnologiya jarayoni uchun o‘ziga xos spetsifik­likka ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotga tasdiqlab berdi. Q.Davronov yaratgan "Yer malxami" biopreparati, azot yutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamalakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari Q.D.Davronov raxbarligida sellyulozaligini biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop poyasi, apelka va boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy sellyulozaligini birikmalari parchalanishini amaliyotda ko‘rsatib berildi.
B.f.d. J.Toshpulatov, somon va g‘o‘zapoya parchalashda "traxo­derma xarzianum" deb atalmish zamburug‘ fermentlaridan foyda­lanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani amaliyotga qo‘llash taklif va mulohozalarini chop etdi. J.Toshpulatov yaratgan bu texnologiya qo‘llanilganda somonda sha­kar miqdori 6-7 % ga yetgani, unda vitaminlar, aminokislotalar bo‘lganligi va shu tufayli samonni oziqa birligi oshganligi is­botlab berilgan. O‘zbek olimlaridan M.M.Murodov, T.Yu.Yusupov, T.G’G’ulomova, A.Ergashev, A.I.Nuriddinov, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboyeva, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda bio­texnologiyaning rivoj­lantirish ustida chuqur ilmiy va amaliy ishlar olib bormoqdalar. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yirik izlanishlar olib borayotgan kompaniyalar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasining asosiy yo‘nalishlari







Asosiy yo‘nalishlar

Qishloq xo‘jaligida ishla­tiladigan mahsulot

Biomahsulot

Yirik kompaniya va davlatlar

1

Transgenli o‘simliklar olish

Yuqori sifatli xususiyatlarga ega (yuqori oqsilli, ta’mi yaxshi), ka­sallik, zararku­nandalarga bar­doshli, yaxshi saqlanuvchan, tashi­luvchan va mahsulot sifati buzilmay­digan

Tashqi muhit noqulayliklariga (issiqqa, sovuqqa, qurg‘oqchilikka, sho‘rga va boshq.) bardoshli bo‘lishi

AQSh (Stine, Mo­gen, USD, Du­Pont., UCB). Fi­llippin (IRRI). Hindiston (IC­RISAT), Meksika (CIMMYT), Ka­nada (Alberta Re­search, NRC)

2

Tuproq unum­dorligini oshirish

Azot to‘plovchi bak­teriyali shtamm­larni ishlab chiqarish

Rekombinant bakte­riya shtammlarini olish. Tuproqni ortiqcha moddalar­dan (gerbetsid, pes­titsid, o‘g‘itlar qoldiqlaridan) to­zalash.

AQSh (DuPont, Genenteck, Gen­set), Angliya (Am­ersham, Shmith Kine, Beecham), Germaniya (Merk-co)

3

Transgenli o‘rmon daraxt o‘simliklari olish

-

Tez o‘suvchan, mus­tahkam, sifatli transgenli daraxt o‘simliklari olish (katta hajmli, yen­gil)

AQSh (Agouron, Schering – Plough cor.), Human Ge­nome Sciences, Biochem, Pharma Inc, Texas AcM

4

Hayvonlar infeksion kasallikla­riga diagno­stika qo‘yish va profilak­tika sikli

Qishloq xo‘jalik hayvonlarining bakterial, virus, parazit kasallik­lariga vaksina ish­lab chiqarish, diag­nostika qilish

Kasalliklarga vak­sina ishlab chiqarish, DNK aso­sida diagnostika qilish. DNKli vak­sina ishlab chiqarish

AQSh (Agen, Pfizer, UCD, USPA, LSU, Ap­polon), Shvetsiya (Hoffmann La Roch) Angliya (Smith Kine Beech mon)

Muhokama uchun savollar



  1. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi fanining maqsadi, vazi­fasi?

  2. Biotexnologiyaning yuzaga kelishi?

  3. Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlari?

  4. O‘zbekistonda va jahonda tashkil etilgan yirik biotexnolo­gik laboratoriyalar?

  5. Biotexnologiyaning istiqbollari?

Download 32,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish