3. Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari.
Tarmoq topologiyasi – bu kompyuterlarni tarmoqqa ulash usuli. Uchta asosiy tarmoq topologiyalari mavjud: shina, xalqa, yulduzsimon.
Shina topologiyasida barcha kompyuterlar bir qancha umumiy kabellarga (shinaga, magistrallarga) bog’lanadi (1.5-rasm). Shina eski topologiyalardan biri bo’lib, uning afzalligi oddiyligi va tarmoqning qimmat emasligida, kamchiligi esa – yagona ajratilgan muhitga birgalikda murojaat qilishda muammolarning mavjudligi va ishonchliligining pastligi.
1.5-rasm. “Shina” topologiyasi
Xalqa topologiyasida har bir kompyuter ikkita kompyuterga ulanadi: bittasidan faqat ma’lumot oladi, boshqasiga esa faqat yuboradi (1.6-rasm). Xalqa topologiyasining afzalligi oddiyligi va tarmoqning qimmat emasligi, taqsimlangan muhitga kirishda muammolarning yo’qligi, kamchiligi esa – past ishonchlilik (istalgan kompyuetrning buzilishi tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi).
1.6-rasm. “Xalqa” topologiyasi
“Xalqa” topologiyasining modifikatsiyasi ikkita – asosiy va zaxira aloqa chizig’iga ega boo’lgan “juft xalqa” (1.7-rasm) topologiyasi hisoblanadi. Kompyuter tarmog’ining bironta tuguni ishdan chiqqan taqdirda yoki asosiy aloqa chizig’ining istalgan kabelli segmenti zaxira bilan birlashishi natijasida tarmoq o’z vazifasini davom ettiraveradi.
1.7-rasm. Normal ish rejimidagi, shuningdek, ikki kompyuter o’rtasidagi kabelli segmentning ishdan chiqqan holatdagi “juft xalqa” topologiyasi.
Eslatib o’tish joiz, juft xalqa topologiyasi “yulduzsimon” topologiya asosida qurilgan tarmoqlarga qaraganda ancha ishinchli hisoblanadi. “Yulduz” topologiyali tarmoqlar ham yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadi, lekin markaziy tugunning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi.
”Yulduzsimon” topologiya boshqa topologiyalardan farqli ravishda barcha kompyuterlarni bog’laydigan qo’shimcha aloqa qurilmasiga (konsentrator, kommutator) ega bo’lishini talab etadi (1.8-rasm).
“Yulduzsimon” topologiya asosida qurilgan tarmoqlar uzilishlarga bardoshliligi va yuqori samaradorliligi bilan ajralib turadi. Markazlashgan boshqarish imkoniyati hisobiga tarmoqqa kirishni cheklash va yuqori varajadagi xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Foydalanuvchi qurilmalarining tarmoqqa erkin ulanishi va bir nechta aloqa qurilmalarini ulash imkoniyati hisobiga bunday tarmoqlar oson kengaytiriladi.
Tarmoqning kamchiligi sifatida ancha qimmatligi (qo’shimcha qurilmaninh sotib olinishi, kabellarga harajatning ko’pligi), shuningdek, tarmoqning nozik jihati aloqa qurilmasining ishdan chiqishini ko’rsatish mumkin.
1.8-rasm. “Yulduzsimon” topologiya
Yuqorida aytilganidek, bir nechta aloqa qurilmalarini ulash imkoniyati mavjud, demak, “yulduzsimon” topologiyali kompyuter tarmoqlarini ham ulash mumkin. Agar bunday ulanish xalqa ko’rinishida bo’lmasa “daraxtsimon” nomli topologiya kelib chiqadi.
Ba’zi hollarda bunday tarmoqlar “shina” topologiyasi kabi tarmoqning eski segmentlarini ham o’z ichiga olishi mumkin. Bu holda gibrid (aralash) topologiyali tarmoq kelib chiqadi (1.9-rasm).
1.9-rasm. Gibrid (aralash) ttopologiyali tarmoqqa misol.
Shuningdek, to’liq bog’lanishli topologiya ham mavjud. Bu topologiyada tarmoqning har bir tuguni qolgan barchasi bilan bog’lanadi. Bunday tarmoqning afzalligi yuqori ishonchlilik, tezlik va uzellar orasida ma’lumotlar almashishning xavfsizligi, kamchiligi esa – kompyuterlar soni oshirishning murakkabligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |